atamasi O'zbekistonda, Tojikistonda, Eronda, Hindistonda joy nomlari tarkibida
Jilg'a, yilg'a – jildirab oqadigan soy. Deyarli barcha turkiy tillarda
jilg'a, yilg'a,
ilg'a, yelg'a, jalg'a kabi fonetik shakllarda «soy», «sayoz jarlik» singari ma'nolarda
ishlatiladi va ko'plab joy nomlari tarkibida uchraydi.
Jo'ybor, jobber – ariq-kanallar, soy-jilg'alar serob joy; soy-jilg'alardan hosil
bo'lgan daryo, ariq, daryo sohili. Buxorodan g’arbroqdagi sersuv joy Jo'ybor deb
atalgan. U erda «Jo'ybor shayxlari, ya'ni «Jo'ybor xo'jalari» deb atalgan badavlat
sulola yashagan. Zarafshon vodiysida Jo'ybor degan aholi punkti ko'p edi. Buxoro,
Nasaf (Qarshi), Toshkent shaharlarida Jo'ybor nomli guzar va ko’chalar bo'lgan.
Zax – sernam, zaxkash (yer, tuproq), tojik tilida zah – «sernam», Eronda
(zahob) «buloq» ma'nosini anglatadi. Bu atamaning zak, zey (Xorazm), siza
variantlari ham bor. q., Zaxkash, Zag'orkash, Zovur.
Irmoq – katta daryo yoki soyga kelib qo'shiladigan kichik soy, jilg'a. Usmonli
turk tilida irmaq (daryo) deyiladi. Bu so'zning «oqar suv», «jilg'a», «qo'ltiq», chuvash
tilida «jar» ma'nolari bor. Atama yirmoq «kuch bilan orasini ochmoq», «ikki yoqqa
ajratmoq» fe'li negizi (yir-, yo'r)ga -moq qo'shimchasi bog'lanib yasalgan degan fikr
bor. Bu atama Turkiyada bir qancha gidronimlar hosil qilgan: Irmaq, Yeshilirmaq,
Qizilirmaq.
Kapa – chayla hamda urug' nomi (masalan, kapasaroy). Kapa komponentli
toponimlar Farg'ona vodiysida ko'p uchraydi. Xatirchi, Payariq, Jalaquduq, Beshariq
tumanlarida Kapa, Yangiqo'rg'on, Urgut, Beshariq, Uchqo'rg'on, Asaka tumanlarida
Beshakapa qishloqlari bor.
Kat so'zi asli sug'diycha.
Kat yoki
kata qadimiy eroncha atamashunoslikda urug'
vakillari bir bo'lagi yashagan va devor bilan ajratib olingan katta hovlini bildirar edi.
O'rta Osiyoda keng tarqalgan va «qishloq» ma'nosini anglatgan kat (kad) atamasi,
shubhasiz, ibtidoiy kad, kat yoki kata so'zidan kelib chiqqan. Kadxudo «kat hokimi»
atamasi esa bizning zamonamizgacha saqlanib qolgan va ma'lum bir jamoa doirasida
boshchilik qiluvchi kishini, hatto oila boshlig'ini anglatadi.
Kent – «shahar», «aholi punkti». Kend (kent) atamasi asli kat (qarang) so'zining
dialektal shaklidir. V.V. Bartold kend so'zi eroniy aholidan turkiy xalqlarga o'tgan
deydi. Ana shuning uchun ham Mahmud Qoshg'ariy bu so'zni turkiy so'z deb biladi:
«Kend – o'g'uzlar va ularga yaqin turuvchilar tilida «qishloq» shaklida» deya
izohlaydi.
Kesak – turkiy xalqlarda keng tarqalgan etnonim. Qirg'izlarda kesek, jo'o'kesek,
qozoqlarda qorakesak degan urug', o'zbeklarda mullakesak va mirzokesak,
boshqirdlarda kese urug'lari bo'lgan. Kesak so'zi «uruglarning bo'lingan, kesilgan
parchasi» demakdir. Xo'jaobod, Jalaquduq tumanlarida Kesak, Qorakol tumanida
Kesakli, Bulung'ur, Jomboy, Payariq tumanlarida Qorakesak qishloqlari bor.
Koriz – yerosti suvlarni yer yuzasiga chiqarish uchun qazilgan murakkab
inshoot, yer ostida qazilgan ariq, yopiq kanal. Koriz qazishda ko'plab quduqlar lahm
(tunnel) bilan birlashtiriladi. Korizdan chiqqan tuproqni olib tashlash va keyinchalik
korizni tozalash maqsadida har 7-10 metrda quduq qaziladi. Korizlaming uzunligi bir
necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha bo'lgan. Korizlar Turkmanistonning
Kopetdog' tog'lari etaklarida, O'zbekistonda asosan Nurota tog'lari etaklarida,
Ozarbayjon, Afg'oniston, Eron, Xitoy, Afrika (Sahroi Kabir) uchraydi. Koriz ba'zi
joylarda koxrez, kariz, qanat (arabcha, ko'pligi qanavot) ham deyiladi.