Baday – ko'chmanchi o'zbeklar tarkibidagi urug'. Asosan Amudaryoning quyi
oqimida, Xorazm viloyatining Urganch, Qoraqalpog'istonning Beruniy tumanlarida
dashtlariga tarqalgan. Amudaryoning o'ng sohilidagi Badayto'qay qo'riqxonasi shu
Bayot – qadimgi turk-o'g'uz qabilalaridan biri. O'zbek, turkman, ozarbayjon
tavorix» asarida ―baxtli va marhamatlisi‖ deb, Abulg'ozi Bahodirxonning «Shajarai
turk» asarida «baxtli va boy» deb izohlagan. 20-yillarda bayotlar Buxoro shahri va
Qorako'l tumani atroflarida, Xorazm viloyatining ayrim joylarida yashagan. Xorazm
viloyati Yangiariq tumanida Bayot degan qishloq bor.
Baydoqchi – harbiy bayroqni ko'tarib yuruvchi askar, Baydoq -bayroq so'zining
qadimiy talaffuzi. Baydaqchi degan urug' ham bo'lgan. Muborak, Kasbi tumanlarida
Baydoqchi degan qishloqlar bor.
Baymoqli, boymoqli – qo'ng'irotlar tarkibidagi urug'lardan biri. Baymoq – egri
oyoq yoki oyoq kafti, maymoq. Boysun, Jarqo'rg'on, Qumqo’rg'on tumanlarida
Baymoqli qishloqlari bor.
Baliq (balig') - qadimiy turkiy tilda «shahar» ma'nosini beradi. Turkiy runik
yozuvlarda, «Devonu lug'otit turk»da qayd qilingan. Qadimiy joy nomlari tarkibida
ko'p uchraydi; Beshballq (Sharqiy Turkiston), Xonbaliq (Pekin shahrining qadimiy
turkiy nomi). Qozoq, qirg'izlarda baliq urug'i qayd etilgan.
Band – O'zbekiston va Tojikistonda joy nomlari tarkibida uchraydigan atama.
Bir necha ma'noda keladi: 1) bandi ob – to'g'on (Abdullaxon bandi, Xonbandi): 2)
bandi reg – qum to'sig'i, ko'chma qum yo'lidagi har xil to'siqlar; 3)
bandi mufsidon –
fitnachilar, qo'zg'olonchilardan saqlanish uchun qurilgan g'ov, devor.
Baraq – o'zbeklarning qatag'on, qo'ng'irot, turkman qabilalari tarkibidagi urug'.
Qozoqlarning jaloyir, jetiruv, alimuli qabilalari, turkmanlarning go'klen, yo'mut
qabilalari, qirg'izlarning adigine, sayaq qabilalari tarkibida ham baraq urug'i qayd
qilingan. Nurota, Xatirchi tumanlarida Baraq, Ishtixon tumanida Baraqqishloq
qishloqlari bor.
Barlos – o'zbek qabilalaridan biri. Barloslar Respublika hududida ko'chmanchi
o'zbeklardan (XV-XVI asrlardan) oldin yashab kelgan qabilalardan biridir. Hozirgi
paytda barloslarning avlodlari Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand,
Surxondaryo viloyatlarida yashaydi. Barlos so'zi Xiva xoni Abulg'ozi Bahodirxon
fikricha «qo'mondon», Alisher Navoiy asarlariga yozilgan «Badoye ul-lug'at»ga ko'ra
«bahodir» degan ma'noni bildiradi.
Batash, batosh – o'zbek qabilalaridan biri. Ular Qashqadaryo viloyatining
Qarshi, G'uzor, Surxondaryo viloyatining Sho'rchi, Oltinsoy tumanlarida,
shuningdek, Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yashagan. Yakkabog', Qarshi,
Sho'rchi, G'uzor tumanlarida Batasb (Batosh), Odokbatash, Bevabatash, Bo'ribatash,
Sariqbatosli nomli qishloqlar, Qamashi tumanida Batashariq degan ariq bor.
Bekat – temiryo'l stansiyasi, pochta stansiyasi (fransuzcha piket – «harbiy
post», «qorovul»). Fransuzcha piquet ruschaga beket shaklida o'tgan. Beketov degan
familiya shundan kelib chiqqan. Chor Rossiyasi davrida O'rta Osiyoda o'rmonlarni
qo'riqlash harbiylar qo'lida bo'lgan va o'rmon qorovulining uyi bekat deyilgan.
Temiryo'l stansiyasi ham rus harbiylari tomonidan qo'riqlangani uchun bekat deb
atala boshlagan. Jizzax viloyati Forish tumanida, Samarqand viloyati Samarqand
tumanida, Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida Bekat, Samarqand viloyati Bulung'ur
tumanida Chuqurbekat degan toponimlar bor.
Biyobon – suvsiz cho'l, sahro. Forscha-tojikcha be- (old qo'shhficha) biron
narsaning mavjud emasligini bildiradi, ob – suv, -on toponim hosil qiluvchi
qo'shimcha; biyobon (beobon) «suvsiz (joy)» degani. Bu atamadan tarkib topgan
toponimlar O'zbekistonda, Tojikistonda, Eronda, Hindistonda, Afg'onistonda va
Kavkazda uchraydi.
Bektemir – kenagas qabilasining kichik bir urug'i. Tashkent shahrining bir
qismi, tuman markazi, Kitob tumanidagi bir necha qishloq Bektemir deb ataladi.
Turkmanlarning chovdur qabilasi tarkibida ham bektemir degan urug' bopR,
Buloq – «chashma», «jilg'a», «ariq» ma'nolarida Sibirdan Mo'g'uliston orqali
Qozog'iston, Qirg'izston, O'zbekistongacha, g'arbda Kavkazgacha, shimolda
Tatariston va Boshqirdiston Avtonom Respublikalarigacha, sharqda XXR Shinjan
Do'stlaringiz bilan baham: