S. P. Allayorov


-rasm. Axborot texnologiyalarining ishlov berilayotgan axborot turiga



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/80
Sana03.02.2023
Hajmi1,68 Mb.
#907514
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

2.2-rasm. Axborot texnologiyalarining ishlov berilayotgan axborot turiga 
bogʻliq tasnifi. 
Shunday qilib, axborot texnologiyalari tushunchasi u amalga oshirilgan 
muhitning oʻziga xos xususiyatidan, ya’ni texnikaviy va dasturiy muhitdan 
ajralmasdir. Axborot texnologiyasi juda umumiy tushuncha boʻlib, undan 
kompyuter sohasida mutaxassismas foydalanuvchilar ham, yangi axborot 
texnologiyasini ishlab chiqaruvchi mutaxassislar ham foydalanadilar. 
Axborot texnologiyalar ishlov berilayotgan axborot turi boʻyicha bir-biridan 
farq qilishi mumkin, ammo ular integratsiyalashgan texnologiyaga birlashishi ham 
mumkin. Ma’lumki axborot texnologiyalari tushunchasini tashkil etuvchi 
elementlarini oʻzgartirish turli kompyuterlar muhitida ularning paydo boʻlish 
sonining koʻpayishiga olib keladi. Hozirgi paytda ta’minlovchi axborot 
texnologiya va funktsional axborot texnologiya xaqida gapirish mumkin. 


39 
Ta’minlovchi axborot texnologiya - bu axborotlarga ishlov berish texnologiyasi 
boʻlib, undan hap xil predmet sohasidagi turli masalalarni echish uchun qurol 
sifatida foydalanish mumkin. Ta’minlovchi tipdagi axborot texnologiya ular 
qaratilgan masalalarning sinfiga nisbatan guruhlanishi mumkin. Ta’minlovchi 
axborot texnologiya mutlaqo turli platformalarga asoslangan boʻlib, turli 
koʻrinishda kompyuter va dasturiy muhit bilan hapakterlanadi va shuning uchun 
ularni predmet texnologiyasi asosida birlashtirishda tizimli integratsiya muammosi 
paydo boʻladi. Bu esa turli axborot texnologiyalarni yagona andoza interfeysiga 
keltirish zaruriyatidan iborat. 
Funktsional axborot texnologiya - bu predmet texnologiyalaridan birini 
amalga oshirishda ta’minlovchi axborot texnologiyani unga moslashtirish uchun 
kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻzida ifodalaydi. Masalan, bankni kredit boʻlimidagi 
kompyuterdan foydalanib ishlovchi xodimning oʻz funktsiyalarini bajarishda 
albatta ssuda (qarz) oluvchining kreditga layoqatligini baxolash, kredit 
shartnomasini shakllantirish, toʻlovlar grafigini hisoblash va xokazolar kabi bank 
texnologiyalari toʻplamini qoʻllanishini nazarda tutadi. Bu texnologiyalar 
qandaydir axborot texnologiyasidan, ya’ni MBBT, matn protsessori va boshqalarda 
amalga oshiriladi. Ta’minlovchi axborot texnologiyasining funktsional koʻrinishga 
transformatsiyalanishi (qandaydir umumiy ishlatiladigan qurolni maxsusga 
oʻzgartilishi) loyixalashtiruvchi mutaxassis yoki foydalanuvchining oʻzi tomonidan 
bajarilishi mumkin_ Bu jarayon transformatsiyaning qanchalik murakkabligiga, 
hamda foydalanadigan iqtisodchining oʻz imkoniyatlariga bogʻliq. Bu imkoniyatlar 
yildan yilga kengayib bormoqda, chunki ta’minlovchi texnologiyaning 
foydalanuvchi bilan doʻstona ishlash imkoniyati tinimsiz rivojlanib bormoqda 
(albatta bunda axborot texnologiyalari sohasida mehnat qilayotgan olimlar va 
mutaxassislarning xizmati katta). Shunday qilib kredit boʻlimi xodimlarining qoʻl 
ostida, u hap doim ishlatadigan matn va elektron jadval protsessori kabi 
ta’minlovchi texnologiya bilan bir qatorda, texnik qurilmalar bilan ish koʻradigan 
aralash texnologiyani amalga oshiruvchi elektron protsessori, MBBT, ekspert 
tizimlari kabi maxsus funktsional texnologiyalar ham boʻlishi mumkin. 


40 
Aralash texnologiya va axborot texnologiyasi oʻzaro bir-biriga ta’sir 
oʻtkazadi. Masalan, moliyaviy axborotlarni tashuvchisi sifatida plastik 
kartochkalarning ishlatilishi aralash texnologiyani tubdan oʻzgartiradi, chunki 
oldingi texnologiyada bunday imkoniyat nazarda tutilmagan. Ikkinchi tomondan
aralash texnologiya axborot texnologiyasining oʻziga xos mazmuni bilan 
toʻldirilib, ularning ma’lum bir funktsiyalariga e’tiborini qaratadi. Bunday 
texnologiyalar, bu funktsiyalarning bajarilish texnologiyasini bir xil shaklga 
keltirish darajasiga bogʻliq ravishda, namunali yoki noyoblik hapakteriga ega 
boʻlishi mumkin. 
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bogʻlangan boʻlib, 
ular uchun axborot texnologiyasi acociy muhit hicoblanadi. Bir qaraganda axborot 
texnologiyasi va tizimi tushunchaci bir–biriga oʻxshash koʻrinadi, aslida esa 
bunday emas. 
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar uctidan 
tartiblashgan qoidalar asosida amal harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. 
Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga 
yoʻnaltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yoʻli bilan foydalanuvchiga kerakli
axborotni berishdir. 
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmogʻi, dasturiy mahsulotlar, 
ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda 
boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitlar. Axborot tizimining asosiy maqsadi 
– axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash 
inson – kompyuter tizimidir. 
Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid 
axborot texnologiyasi bilimlarini oʻrganish talab qilinadi. Axborot texnologiyasi 
axborot tizimining muxitidan tashqarida ham faoliyat koʻrsatishi mumkin. 
Shunday qilib, axborot texnologiyasi kengroq tushuncha boʻlib, 
axborotlashgan jamiyatda axborotni zamonaviy qayta ishlash jarayonlarini aks 
ettiradi. 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish