S. P. Allayorov



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/80
Sana03.02.2023
Hajmi1,68 Mb.
#907514
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

axborot madaniyatiga
ega 
boʻladi. Axborot madaniyati deganda – jamiyat a’zolarining axborotdan maqsadli 
foydalanish, axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy 
vositalardan va usullaridan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi tushuniladi. 
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon boʻladi: 
· texnik qurilmalardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish; 
· oʻz faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish; 
· turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish; 
· axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash; 
· oʻz faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash. 
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib 
borishini sanoat rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy 
shartlaridan biri deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining 
asosiy sohalari u yoki bu ma’noda axborot bilan bogʻliq boʻlib, ish bilan band 
boʻlganlarning 40-60 % ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy 
mahsulot va milliy daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. Shuning 90 % i 
AQSh, Yaponiya va Gʻarbiy Evropa hissasiga toʻgʻri keladi. 
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini beshta asosiy yoʻnalishga ajratish 
mumkin deb hisoblanadi, jumladan: 
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks 
avtomatlashtirish. 


48 
Ilmiy 
tadqiqotlar, 
loyihalash 
va 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
axborotlashtirish. 
Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish. 
Aholiga xizmat koʻrsatish sohalarini axborotlashtirish. 
Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish. 
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati 
rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni oʻz foydalanuvchilariga 
etkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal 
sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini 
yaratishda oʻz aksini topgan. 
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan 
rivojlanib bormoqda. Shu jumladan yurtimizda ham bu sohaga katta e’tibor bilan 
qaralmoqda. Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonun. Ushbu qonunning maqsadi 
axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
• axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan 
ehtiѐjlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda 
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoityaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiyvailmiy-texnikaviy jarayoni; 
• axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, 
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi; 
• axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori – axborot resurslariga 
yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf 
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
• axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot 
resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar 
doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan 
foydalanuvchiva ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 


49 
• axborot texnologiyasi- axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va 
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
jarayonlar; 
• axborot tizimi- axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda 
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun: 
• Ushbu qonunning asosiy vazifasi axborot erkinligi printsiplari va kafolatlariga 
rioya etilishini, har kimning axborotni erkin izlash, olish, tekshirish, tarqatish, 
foydalanish va saqlash huquqlari roʻyobga chiqarilishini, shuningdek axborotning 
muhofaza qilinishini ta’minlashdan iborat. 
• axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, 
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
• axborot mulkdori- oʻz mablagʻiga yoki boshqa qonuniy yoʻl bilan olingan 
axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik 
yoki jismoniy shaxs; 
• axborotsohasi- sub’ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan 
foydalanish bilan bogʻliq faoliyati sohasi; 
• axborot egasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar 
doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi 
yuridik yoki jismoniy shaxs; 
• maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyiladigan 
hujjatlashtirilgan axborot; 
• ommaviy axborot- cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun moʻljallangan 
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audio vizual hamda boshqa xabarlar va 
materiallar; 
• hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari 
qoʻyilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunning birinchi moddasida shunday 
deyilgan: 


50 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish