39
Ta’minlovchi axborot texnologiya - bu axborotlarga ishlov berish texnologiyasi
boʻlib, undan hap xil predmet sohasidagi turli masalalarni echish uchun qurol
sifatida foydalanish mumkin. Ta’minlovchi tipdagi axborot texnologiya ular
qaratilgan masalalarning sinfiga nisbatan guruhlanishi mumkin. Ta’minlovchi
axborot texnologiya mutlaqo turli platformalarga asoslangan boʻlib,
turli
koʻrinishda kompyuter va dasturiy muhit bilan hapakterlanadi va shuning uchun
ularni predmet texnologiyasi asosida birlashtirishda tizimli integratsiya muammosi
paydo boʻladi. Bu esa turli axborot texnologiyalarni yagona andoza interfeysiga
keltirish zaruriyatidan iborat.
Funktsional axborot texnologiya - bu predmet texnologiyalaridan birini
amalga oshirishda ta’minlovchi axborot texnologiyani unga moslashtirish uchun
kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻzida ifodalaydi. Masalan, bankni kredit boʻlimidagi
kompyuterdan foydalanib ishlovchi xodimning oʻz funktsiyalarini bajarishda
albatta ssuda (qarz) oluvchining kreditga
layoqatligini baxolash, kredit
shartnomasini shakllantirish, toʻlovlar grafigini hisoblash va xokazolar kabi bank
texnologiyalari toʻplamini qoʻllanishini nazarda tutadi. Bu texnologiyalar
qandaydir axborot texnologiyasidan, ya’ni MBBT, matn protsessori va
boshqalarda
amalga oshiriladi. Ta’minlovchi axborot texnologiyasining funktsional koʻrinishga
transformatsiyalanishi (qandaydir umumiy ishlatiladigan qurolni maxsusga
oʻzgartilishi) loyixalashtiruvchi mutaxassis yoki foydalanuvchining oʻzi tomonidan
bajarilishi mumkin_ Bu jarayon transformatsiyaning qanchalik murakkabligiga,
hamda foydalanadigan iqtisodchining oʻz imkoniyatlariga bogʻliq. Bu imkoniyatlar
yildan yilga kengayib bormoqda, chunki ta’minlovchi texnologiyaning
foydalanuvchi bilan doʻstona ishlash imkoniyati tinimsiz rivojlanib bormoqda
(albatta bunda axborot texnologiyalari sohasida mehnat
qilayotgan olimlar va
mutaxassislarning xizmati katta). Shunday qilib kredit boʻlimi xodimlarining qoʻl
ostida, u hap doim ishlatadigan matn va elektron jadval protsessori kabi
ta’minlovchi texnologiya bilan bir qatorda, texnik qurilmalar bilan ish koʻradigan
aralash texnologiyani amalga oshiruvchi elektron protsessori, MBBT, ekspert
tizimlari kabi maxsus funktsional texnologiyalar ham boʻlishi mumkin.
40
Aralash texnologiya va axborot texnologiyasi oʻzaro bir-biriga ta’sir
oʻtkazadi. Masalan, moliyaviy axborotlarni tashuvchisi sifatida plastik
kartochkalarning ishlatilishi aralash texnologiyani tubdan oʻzgartiradi, chunki
oldingi texnologiyada bunday imkoniyat nazarda tutilmagan.
Ikkinchi tomondan,
aralash texnologiya axborot texnologiyasining oʻziga xos mazmuni bilan
toʻldirilib, ularning ma’lum bir funktsiyalariga e’tiborini qaratadi. Bunday
texnologiyalar, bu funktsiyalarning bajarilish texnologiyasini bir xil shaklga
keltirish darajasiga bogʻliq ravishda, namunali yoki noyoblik hapakteriga ega
boʻlishi mumkin.
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bogʻlangan boʻlib,
ular uchun axborot texnologiyasi acociy muhit hicoblanadi. Bir qaraganda axborot
texnologiyasi va tizimi tushunchaci bir–biriga oʻxshash koʻrinadi,
aslida esa
bunday emas.
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar uctidan
tartiblashgan qoidalar asosida amal harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir.
Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga
yoʻnaltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yoʻli bilan foydalanuvchiga kerakli
axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmogʻi, dasturiy mahsulotlar,
ma’lumotlar bazasi,
insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda
boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitlar. Axborot tizimining asosiy maqsadi
– axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash
inson – kompyuter tizimidir.
Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid
axborot texnologiyasi bilimlarini oʻrganish talab qilinadi. Axborot texnologiyasi
axborot tizimining muxitidan tashqarida ham faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Shunday qilib, axborot texnologiyasi kengroq tushuncha boʻlib,
axborotlashgan jamiyatda axborotni zamonaviy qayta ishlash jarayonlarini aks
ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: