S matyakupov, H. Allambergenov navoiyshunoslik



Download 169 Kb.
bet6/10
Sana03.07.2022
Hajmi169 Kb.
#734174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
S. matyakupov, H. Allambergenov navoiyshunoslik

"So'z ichra Navoiyki jahongir turur,
Munisg’a maoniy yo'lida pir turur",-
deb uni o'zining ustozi hisoblaydi. Shoir Ogahiy esa:
"Ogahiy, kim topg'ay erdi sozi nazmingdin navo,
Bahra gar yo'qtur Navoiyning navosidan sengo",-
deydi.
Navoiyning asarlariga nazira bitish, g'azallariga muxammas bog'lash bir odat bo`lib qoladi.
Biroq bularning barchasi uzoq tarix uchun, XVI-XIX asrlarni o'z ichiga olgan 400 yillik davr uchun nihoyatda oz edi, chunki xalq ommasining ko'pchilik qismi Navoiy asarlarini bevosita o'qish va o'rganish imkoniyatidan mahrum edi. Xalq qattiq ekspluatatsiya va jaholat zulmi ostida ezilgan, maorif va madaniyat boyliklaridan mahrum qilingan edi. Navoiyning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi ilmiy asosda o`rganilmagan edi. Navoiy asarlarining davrdan-davrga, kitobdan-kitobga o`tgan matniga o`rinsiz o'zgarishlar, xatolar va "tuzatishlar" kirib borar, lekin matnshunoslik ishlari olib borilmas edi. Reaksiya feodal-klerikal doirlar bo'lsa Navoiy asarlarining kitobxonlar orasida tarqalishi va o'rganilishiga qarshi tish-tirnoqlari bilan kurash olib borar, ba'zilari Navoiy ijodiyotini soxtalashtirib uni "shohning ixlosmand vaziri", "ilohiy sevgi kuychisi" sifatida tasvirlar, ulug' shoirning asarlarini buzib talqin qilar edilar, feodal saroyining Ado (XIX asr) kabi xushomadgo'y shoirlari bema'ni maqtanchoqlik bilan:
"Gar Navoiydin Ado so'zini o'tkarsa ne tong,
Shoh Umar afzalmu yo Sulton Husayni Boyqaro",-
deb Navoiyni kamsitishga, uning ijodini Sulton Husayn Boyqaroga bog'lashga intilar edilar.
Navoiyning asarlari Sharq xalqlariga yaqindan tanish va manzur bo`lib boradi. Navoiy ko'p xalqlarning klassiklari qatoridan o'rin oladi, xalqlarning ehtiromi va muhabbatiga sazovor bo'ladi, ko'p shoirlar Navoiyni o'zlariga ustoz hisoblaydilar, undan ta'lim oladilar. Ko'pgina tojik shoirlari, Fuzuliy, Kishvariy, Mirzo Fatali Oxundov, Ali Akbar Sobir kabi ozarbayjon yozuvchilari, Maxtumquli va Zelili kabi turkman shoirlari, qozoq yozuvchisi Abay, qoraqalpoq shoiri Berdaq, tatar shoirlari Abdulla To'qay, Qayum-Nosiriy va boshq-boshqalar Navoiyni hurmat bilan tilga olib, unga yuksak baho beradilar, asarlaridan ta'lim oladilar va ayrim asarlariga naziralar bitadilar.
Navoiydan ta'lim olgan va ilhomlangan ulug' ozarbayjon shoiri Fuzuliy:
Turku Ajamu Araba ayyom,
Har shoira vermishdi bir kom,
O'lmishdi Navoiyni suxandon,
Manzuri shahanshahi Xuroson,-
degan bo'lsa, Kishvariy (XVI asr) "Navoiy himmatidan Kishvariy ahli nazar bo'ldi"-deydi. Xuddi shuningdek, qozoq adabiyotining Navoiydan ta'lim olgan klassigi Abay:
"Fizuli, Shamsi, Sayxali,
Navoiy, Saadi, Ferdausi,
Xoja-Xafiz bu ammasi
Madat ber ya shagiri faryad",
va qoraqalpoq adabiyotining klassigi Berdaq esa:
"Chor kitobdan tura qochdim,
Navoiydan savod ochtim.
Fuzuliydan durlar sochtim,
Dilbarlarni izlar edim",-
deydi.

Alisher Navoiyning faoliyati va ijodiyoti xalqlari o'rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Xalqlar do'stligi g'oyasini kuylagan ulug' shoir tojik, eron, ozarbayjon, hind, arab va boshqa xalqlarning adabiyotini muhabbat bilan o'rgandi va o'z navbatida boy ijodiyoti bilan Sharq xalqlari adabiyotining taraqqiyotiga samarali ta'sir etdi.





Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish