Ozon qatlami atmosferada qaysi balandlikda joylashgan?
Atmosferadagi ozonning umumiy miqdori qanday birhkda o'lchanadi?
Ozonning atmosferadagi umumiy miqdori qancha?
Ozonning nolinchi sikli deganda nima tushiniladi?
Ozon yemirilishining kislorodli sikli nima?
Ozon qatlami qaysi antropogen chiqindilar ta'sirida yemiriladi?
Ozon qatlami yemirilishining azot, vodorod va xlorli sikllari. Reaksiya tenglamalarini keltiring.
«Ozon o'pqoni» nima?
Antarktidadagi «ozon o ‘pqoni»ning hosil holishi sabablari nimada?
Ozon qatlamin: himoyalash borasida qanday xalqaro hujjatlar qabul qilingan ?
3.5. Chiqindilarniiig troposferadagi kimyoviy o‘zgarishlari. Troposferadagi erkin radikallar
Atmosferaning yer qatlamiga eng yaqin joylashgan qavati tropos fera bo'hb, uning havosi bilan insonlar nafas oladi va bu yerda hosil boiayotgan yomg'irlar tirik organizmlarni ichimlik suv bilan ta’-minlaydi.
Troposferada asosiy gazlardan (N, ,0 , ,Ar ) tashqari qo'shimcha moddalar ham aniqlangan bo'lib, ularga inert gazlar, CH 4, H 2, 0 3,
CO, S 0 2, H2S gazlari kiradi. Bu moddalarning miqdori juda kam bo‘lsa ham, ular atmosfera havosining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim gazlar zaharli xususiyatlarga ega, boshqalari esa atmosferaning tiniqligini yomonlashtiradi va yerning issiqlik nurlanishini kamaytiradi.
Barcha yer yuzasidan atmosferaga kelib tushayotgan gazlar qayta-- rilgan holatda yoki oksidlanish darajasi past holatida kelib tushadi, masalan, CH4, N H 3, NO, H 2S gazlari va hokazo. Yomg‘ir bilan yerga qaytib tushayotgan moddalar esa oksidlanish darajasi yuqori bo‘lgan holatda, ya’ni sulfat kislotasi, sulfatlar, azot kislotasi, nitratlar, gidro-karbonatlar va boshqa oksidlangan moddalar shaklida kelib tushadi. Demak, troposfera oksidlantiruvchi rezervuar vazifasini bajarar ekan. Troposferadagi oksidlanish jarayonlarida asosiy rolni erkin radikallar o'ynaydi. Tashqi orbitasida bitta yakka elektron bo‘lganligi sababli ular kuchli oksidlantiruvchi agentlar deb hisoblanadi. Erkin radikallardan asosiysi —bu gidroksil radikalidir.
Gidroksil radikali HO atmosferada 3 yo‘nalish bo'yicha hosil bo‘lishi mumkin:
Stratosferaning yuqori qavatlarida va stratopauzadan yuqorida suvning fotodissotsiatsiyasi jarayoni natijasida hosil bo‘lishi mumkin:
H2O^OH~ +H+
Stratosferada OH radikali faol kislorod atomi 0 ( lD) ishtirokidagi reaksiyalarda hosil boiadi:
Awal 0(*D) hosil bo‘ladi:
o 2 - ^ o ^ d J + o ^ p )
o3 ->O^DJ+Oj
N jO - ^ O ^ d J + Nj
NO2 -» O (1D)+NO
Keyin esa 0 ( ‘D) asosan suv bilan va qo'shimcha metan hamda vodorod bilan reaksiyaga kirishadi:
0 ( iD )+H 20 ^ 2 H O +120,5 kJ
(1D)+CH4->CH 3+HO 0 (’D )+H 2->H‘+HO
Uchta jarayonning ham tezlik konstanialari (1 -4)-10 10 sm3/(molek.s) ga teng.
Troposferaning pastki qavatlarida gidroksil radikali azot kislotala va perekis birikmasini quyosh nuri ta’sirida parchalanishi natijasida ham hosil bo‘ladi:
H20 2— ——>2HO
Gidroksil radikalining tropcsferadagi asosiy reaksiyalariga uglerod oksidi, organik birikmalar va azot oksidi bilan reaksiyalari kiradi:
HO + CO C02+H
HO+RH->R+H20
HO +NO+M-»HONO+M
Gidroksil radikalining miqdori troposferada (0,5-5)-106 va stratosfe rada 107 sm 3ga tengdir.
Uglerod oksidini C 0 2gacha oksidlanishi uglevodorodlaming atmos feradagi parchalamshining oxirgi bosqichidir. Hosil bo‘lgan vodorod atomi 0 2 bilan birikib gidroperoksid radikalini hosil qiladi:
H + 02-> H02
HO? troposferada gidroksil ta'sirida 0 3 va H20 2ning parchalanishi hisobiga ham hosil bo‘ladi:
HO +03->H02+02
HO + H20 2 -> H 02+H20
Gidroperoksid radikali youish jarayonlarida hamda fotokimyoviy smog hosil bo‘lishida oraliq zarra sifatida muliim rol o‘ynaydi. U NO molekulasining oksidlanishida ishtirok etadi yoki ozon bilan reaksiyaga kirishadi:
HO2+NO NO2+HO
H 02+ 03 -> 202+ OH
Gidroperoksid radikali 5—30 km balandlikda 107—10s sm-3 miqdorida bir xil taqsimlangandir.
13-rasmda keltirilgan sxemada tarkibida vodorod bor bo‘lgan zar ralarning troposfera va stratosferada asosiy o‘zgarishlari ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |