3.4.4. Ozon qatlamining himoyalash
borasida xalqaro hamkorlik
0 ‘tgan asrning o'rtalaridan boshlab davom etib kelgan galogen organik birikmalarni ishlab chiqarish va qo'Ilanilishining o ‘sishi atmosferada bu moddalarning miqdorini oshib ketishiga olib keldi. Masalan, 1970-yildan 1980-yiIgacha freon-11 va freon-12 moddalarning stratosferadagi miqdori 3—4 barobar oshdi. Shu bilan birga stratosfe-radagi ozon miqdorining sezilarli darajada kamayishi kuzatildi.
Antarktida ustidagi stratosferada ozonning kamayib ketishi va «ozon o‘pqonini» hosil bo‘lishi asosan xlorftomglevodorodlarga bog'liq bo'lganiigi sababli, barcha davlatlar tomonidan ozonni yemiruvchi moddalarning ishlab chiqarilishini kamaytirishda va atmosferani iflosla-nishining oldini olishda birgalikda harakat qilish zarur ekanligi ta’kidlandi.
Freon va ozonni yemiruvchi boshqa birikmalarning ishlab chiqarili-shini kamaytirishga qaratiigan birinchi xalqaro hujjat Monreal protokoli bo‘ldi. U 1987-yilda 30 ta davlat tomonidan tasdiqlanib, 1989-yilning 1 -yanvaridan kuchga kirdi.
M onreal protokoli bo‘yicha uni tasdiqlagan davlatlar quydagi majburiyatlarni bajarilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo'ydilar:
Freon 11,12, 113,114,115-moddalarini ishlab chiqarishni;
1992-yildan boshlab 1986-yil darajasida muzlatib qo'yish;
-1993-yildan boshlab 1986-yildagi darajasidan 80% ga kamaytirish; - 1998-yildan 1986-yildagi darajasidan 50% ga qisqartirish;
Galon ishlab chiqarishni (o‘t o‘cbirishda ishlatiladigan bromlangan galogen alkanlar) 1986-yil darajasigacha qisqartirish.
1989-yilda Yevropa birlashmasi vazirlar mahkamasi 2000-yilga qadar freonlarni ishlab chiqarilishi toiiq to‘xtatilishi haqida e’lon qildi. AQSh ham shunday majburiyatlarni oldi. Bir yil keyin Monreal protokolini tasdiqlagan davlatlarning barchasi (60 dan ko‘p) bu siyosatni qo‘liab quvatladilar.
1990-yilda Monreal protokoli qayta ko‘rib chiqildi va uni tasdiq lagan davlatlar quyidagi majburiyatlarni o‘z oldilariga qo‘ydi!ar.
1. Freonlarning ishlab chiqarislini
— 1995-yildan boshlab 50% ga qisqartirish;
— 1997-yildan boshlab 15% ga qisqartirish;
— 2000-yil qadar to'liq to‘xtatish.
2.Tetraxlor metan ishlab chiqarishni (erituvchi sifatida ishlatiladigan lo‘rt xlor uglerod) — 1995-yildan boshlab 15% ga qisqartirish;
— 2000 yilga qadar to'liq to ‘xtatish.
Galon ishlab chiqarishni 2000-yilga qadar to‘xtatish (almash tiruvchi modda m a’lum boim agan birikmalardan tashqari).
4.1,1,1-uchxlor etan ishlab chiqarishni (erituvchi sifatida ishlatila digan):
— 1995-yildan boshlab 70% ga qisqartirish;
— 1997-yildan boshlab 30%ga qisqartirish;
— 2005-yilga qadar to'liq to‘xtatish.
Shuni aytib o ‘tish kerakki, Monreal protokoli barcha davlatlar tomonidan to‘liq bajarilib kelmoqda.
Nazorat savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |