S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, ica. Tashev



Download 1,64 Mb.
bet95/267
Sana28.09.2021
Hajmi1,64 Mb.
#187525
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   267
Bog'liq
AXBOROT Хавфсизлиги new

Axborot eltuvchining fizik tabiati bo yicha quyidagi axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar farqlanadi:

  • radioelektron;

  • akustik;

  • optik;

  • moddiy.

Axborot sirqib chiqadigan radioelektron kanalda eltuvchi sifa- tida radiodiapazondagi elektrik, magnit va elektromagnit maydonlar hamda metall o‘tkazuvchilar bo'yicha tarqaluvchi elektr toki (elekt- ronlar oqimi) ishlatiladi. Radioelektron kanalning chastotalar diapa- zoni quyidagicha:

  • past chastotali 10-1 km (30-300 KGs);

  • o‘rta chastotali 1 km-100 m (300 KGs-3MGs);

  • yuqori chastotali 100-10 m (3-30 MGs);

  • ultra yuqori chastotali 10-lm (30-300 MGs);

  • o‘ta yuqori chastotali 10-1 sm (3-30 GGs).







  1. rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning
    turkumlanishi.

Akustik kanalda axborot eltuvchisi sifatida muhitda tarqaluv- chi akustik toiqinlar ishlatiladi. Akustik kanalning chastotalar dia- pazoni quyidagicha:

  • infratovush 1500-75 m(l-20Gs);

  • pastkitovush 150-5m (l-300Gs);

  • tovush 5-0,2m (300-16000Gs);

  • ultratovush -16000 Gsdan 4 MGs gacha.

Optik kanaldagi axborot eltuvchisi - elektromagnit maydon (fotonlar). Optik diapazon quyidagilarga bo‘linadi:

  • uzoq infraqizil qism. Diapazon lOO-lOmkm (3-300TGs);

  • o‘rta va yaqin infraqizil 400 TGs);

• ko‘rinadigan diapazon (ko‘k-yashil-qizil). Diapazon 0,76-0,4 mkm (400-750 TGs). ' ’

Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi himoyalanuvchi axborotli eltuvchilaming nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsat- siz tarqalishi hisobiga ro‘y beradi. Eltuvchi sifatida ko‘pincha huj- jatlar qocl yozmasi va ishlatilgan nusxalash qog‘ozlari ishlatiladi.

Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar in- formativ, informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Ka- nal informativligi kanal bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali baholanadi.

Faollik vaqti bo yicha kanallar doimiy, davriy va tasodifiylar- ga bo‘linadi. Doimiy kanalda axborot sirqib chiqishi yetarlicha muntazam xarakterga ega. Tasodifiy kanallarga axborot sirqib chi­qishi tasodifiy, bir martalik xarakterga ega bo'lgan kanallar tegishli.

Axborot sirqib chiqadigan kanallaming amalga oshirilishi natijasida quyidagi xavflar paydo bo‘lishi mumkin:



  • akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi;

  • tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi,

  • axborotning qo‘shimcha elektromagnit nurlanishlar va na- vodkalar bo'yicha sirqib chiqishi xavfi.

Stnikturalari bo yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar bir kanalli va ko‘p kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot sirqib chiqishi bir qancha ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha bo‘ladi.

Nazorat savollari:



  1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar tushunchasi.

  2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasini tushun- tirib bering.

  3. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming turkumlani- shi.

  1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash usullari va vositalari

Elektromagnit nurlanish indikatorlari qo'shimcha elektromag­nit nurlanishlarni aniqlash va nazoratlash uchun ishlatiladi. Indika- toming soddalashtirilgan sxemasi 10.4-rasmda keltirilgan.








  1. Yuqori cliaatcta kucha/tirgjchi

    Bo‘sag‘a

    qunimasi

    Indikator

    Amplitude

    detektori


    Past chasiota kuchaytirgichi

    i ' i 5


    rasm. Elektromagnit nurlanish indikatorining sxemasi.

Asbob fazoning ma’lum nuqtasidagi elektromagnit nurlanish- lami qaydlaydi. Agar ushbu nurlanishlaming sathi bo‘sag‘a nurla- nishdan oshib ketsa, tovush yoki nur yordamida ishlovchi ogohlanti- ruvchi qurilma ishga tushadi. Demak, ushbu joyda yashirincha o‘r- natilgan radio qurilmasi (radiozakladka) mavjud.

Indikatoming ishlash prinsipi quyidagicha. Indikator sxemasi- da tashqi signallar fonida test akustik signalini ajratishga imkon be- mvchi past chastota kuchaytirgichi va radiokarnay mavjud. Test akustik signal bilan modulyatsiyalangan nurlanishni indikator anten- nasi qabul qiladi va kuchaytirilgandan so‘ng radiokamayga uzati- ladi. Radiozakladka mikrofoni bilan indikator radiokamayi orasida xushtakni eslatuvchi tovush signali ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi musbat teskari bogTanish o‘matiladi. Bu akustik teskari bogTanish yoki "akustik bogTanish" rejimi deb ataladi.

Elektromagnit maydon indikatorlari quyidagi ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi:


  • chastotaning ishchi diapazoni;

  • sezuvchanlik;

  • zakladkani topish radiusi;

  • ta'minot manbai xili;

  • zakladkani qidirish rejimida avtonom ishlash vaqti;

  • indikatsiya xili.

Zamonaviy indikator D-008 ning ko‘rimshi 10.5-rasmda kelti- rilgan. Asbob ishlashining ikkita rejimi mavjud:

  • radionurlantiruvchi zakladkani qidirishga mo'ljallangan maydonni aniqlash;

  • yashirincha tinglovchi qurilmalarni qidirishga mo‘ljallangan simli liniyalarni tahlillash.

Ushbu asbob modulyatsiya xiliga bog'liq bo‘lmagan ho Ida zakladkalarni aniqlaydi. Aniqlash radiusi nurlanish quvvatiga, zak- ladka ishlashi chastolasiga, tekshiriluvchi xonadagi elektromagnit ahvolga bog'liq. Zakladka quwati 5 mVt bo‘lganida, aniqlash radi­usi taxminan lm ga teng bo‘ladi.







  1. rasm. D-008 indikatori.

Akustik teskari bog‘lanish rejimi qunlmaning lokal elektro- magnit maydon ta’sirida yanglish ishlashini bartaraf etish va o‘ziga xos tovush signali bo‘yicha zakladkani aniqlash imkoniyatini beradi. Qurilma 50-1500 mGs chastota diapazonida ishlaydi.

Radiochastotomerlar elektromagnit nurlanishmng chastota bo‘- yicha bo‘sag'aning oshib ketishini qaydlaydi. Zakladkani qidirish xonani reja asosida radiochastotomer bilan aylanish yo‘li orqali amalga oshiriladi va zakladka bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy tekshiri- layotgan xonaning ma’lum nuqtasidagi signalning maksimal sathi bo‘yicha aniqlanadi. Nurlanish aniqlanganda, displeyda olingan signal chastotasi ko‘rsatiladi, tovush yoki yorug‘lik orqali xabar beriladi.

Radiochastotomerlarning ba'zi xillari axborotni yuqori chas- totada liniya orqali uzatuvchi zakladkalami aniqlashda qo‘llaniladi. Niyati buzuqning texnik vositasining uzatish chastotasi 40-600 KGs (ba’zida 7 MGs gacha) diapazonda bo‘ladi.

RJCh-3 chastotomerning (10.6-rasm) ishlash prinsipi radiosig- nallarni keng polosali detektirlashga asoslangan. Bu esa ixtiyoriy modulyatsiyali radiouzatuvchi qurilmalami aniqlash imkoniyatini beradi.

Asbob ikkita rejimda ishlaydi: qidirish va qo‘riqlash.

Qidirish rejimi radiomikrofonlar, telefon radiotranslyatorlar, radiostetoskoplar, yashirin videokameralar o‘rnatilgan joylami aniq­lashda ishlatiladi. Undan tashqari radiostansiyalar va radiotelefon- lami ruxsatsiz ishga tushirilganligini aniqlaydi.









  1. rasm. RlCh-3 chastotomeri.

QoTiqlash rejimi begona radionurlanish manbasini paydo bo‘- lish onini qaydlashga va trevoga signalini uzatishga imkon beradi.

RICh-3 asbobi chastota o‘lchanishining yuqori aniqliglda (0,002%), chastotaning 100-3000 MGs diapazonida ishlaydi.

Skanerlovchi priyomniklar transportda tashiladigan va qo‘lda olib yuriladiganlarga bo'linadi. Maydon indikatori va radiochasto- tomerlarga o'xshab, skanerlovchi priyomniklar axborot sirqib chi- quvchi kanallami aniqlashda qo‘llanilishi mumkin.


  1. rasmda Winradio skanerlovchi priyomnikning tashqi ko‘- rinishi keltirilgan. Ushbu priyomnik kompyuteming 16-bitli slotiga o'matiladigan karta ko‘rinishida yasalgan (10.8-rasm), bu esa uning ketma-ket portlar orqali ulanadiganlariga nisbatan imkoniyatlarini orttiradi.

Winradio 1000 model i 500 kGs dan 1300 mGs gacha chasto- talarda ishlaydi va turli modulyatsiyali signalni qabul qilishi mum- kin. Dasturiy boshqarish sichqoncha va klaviatura yordamida quril- ma resurslarini operativ boshqarishga imkon beradi. Boshqarish pa- neli monitor ekranida akslantiriladi. Tezligi - 50 kanal/s, chastota bo‘yicha o‘zgartirish qadami 1 kGs dan to 1 mGs gacha.







  1. rasm. Winradio skanerlaydigan qabul qiluvchi qurilma.







  1. rasm. Winradio skanerlovchi priyomnikni kompyuterga

o‘rnatish.

Winradio Communication firmasi radiopriyomniklari komp- lekti tarkibiga boshqarishning quyidagi dasturiy vositalari kiradi:

• bazaviy dasturiy ta’minot;

246


  • qo^shimcha dasturiy ta’minot;

  • skanerlash rejimini amalga oshirishiga imkon beruvchi das­turiy ta’minot.

Bazaviy dasturiy ta’minot priyomnik ishlashini boshqaruvchi asosiy boshqarish dasturi bo‘lib, quyidagi masalalarni hal etadi: pri- yomnikni ish chastotasiga va ishlash rejimiga o’matish, skanerlash parametrlarini belgilash va natijalarini akslantirish, ish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Qo‘shimcha dasturiy ta’minot priyomnikning funksional imko- niyatlarini kengaytirishga imkon beradi:



  • Digital Suite dasturi signalning vaqt va chastota xarakte- ristikalarini tahlillashga, turli standartlardagi signallarini ishlashga hamda audio - signallarini WAV - formatda qattiq diskka yozishga imkon beradi. Signallami tahlillash va ishlash muolajalarini amalga oshirishda kompyuteming standart tovush kaitasidan foydalaniladi.

  • Datebase dasturi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllanishini ta’minlaydi. Dastur tarkibiga butun dunyo bo’yicha uch yuz mingdan ortiq qaydlangan chastotalarini, manzil mamlakati, geografik koordinatlari ko‘rsatilgan radiostansiyalar xususidagi axborotli ma’lumotlar bazasi kiradi.

Skanerlashning ko‘ pgina algoritmlari mavjud. Ulaming asosiy vazifalari quyidagilar:

  • agar qabul qilinadigan signal sathi berilgan bo‘sag‘adan osh- sa, skanerlash to‘xtatiladi. Operator tovush yoki nur orqali ogoh- lantiriladi.

  • signal aniqlanganida skanerlash to‘xtatiladi va signal yo‘qol- ganida skanerlash qaytadan boshlanadi;

  • signalni tahlillash vaqtida skanerlash to‘xtatib turiladi va skanerlash rejimi ishga tushirilganida davom ettiriladi;

  • qo'l yordamida skanerlash - priyomnikni sozlash operator vordamida amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha dasturiy ta’minot chastotalari ma’lum radiozak- ladkalarni qidirishda ishlatiladi. Bunda ba’zi skanerlovchi priyom- niklarda modulyatsiyaning berilgan xili va ustivor kanallar bo‘yicha skanerlash ko‘zda tutilgan.

Yuqorida aytib o’tilganidek, shaxsiy kompyuterlaming aniq- lash qurilmalari bilan komplekscia ishlatilishi, signallami aniqlash va tahlillash bo’yicha imkoniyatlami jiddiy kengaytiradi. "Skaner- lovchi priyomnik + shaxsiy kompyuter" komplekti avtomatlashtiril- gan qidiiuv kompleksining oddiy misoli hisoblanadi. Yanada mu- rakkab tizimlar ham shaxsiy kompyuter va skanerlovchi priyomnik asosida quriladi, ammo ular kompleksning tezkorligini hamda funk- sional imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘shimcha bloklarga ega.

Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qi- diruv kompleksi ishlashini "Nelk" firmasining "KRONA" va "KRONA Pro" komplekslari misoli da ko‘ramiz.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish