Bevosita chastota o’zgartgichlarning asosiy sxemalari, strukturalari



Download 0,74 Mb.
bet1/3
Sana19.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#458681
  1   2   3
Bog'liq
doimiy


Bevosita chastota o’zgartgichlarning asosiy sxemalari, strukturalari.
Bir chastotali o’zgaruvchan tok energiyasini boshqa chastotali o’zgaruvchan tok energiyasiga aylantirishni amalga oshiruvchi yarim o’tkazgichli o’zgartgich ─ chastota o’zgartgich deb ataladi. CHastota o’zgartgichlar quvvat bo’yicha, kuchlanish bo’yicha, kirish va chiqish kuchlanishlari fazalari bo’yicha, o’zgartirish sxemasi va boshqalar bo’yicha klassifikatsiya qilinadi.
CHastota o’zgartgichning ishi va uning texnik-iqtisodiy xarakteristikalari asosan o’zgartirish sxemasiga qarab aniqlanadi. O’zgartirish sxemasiga bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar:
a) chiqish kuchlanishi parametrlari;
b) o’zgartgichning kirish va chiqish bo’yicha quvvat koeffitsientlari;
v) tarmoqdan iste’mol qilinayotgan o’zgaruvchan tok egri chizig’ining formasi;
g) o’zgartgichning tashqi (yuklamaning) xarakteristikasi;
d) FIK.
CHastota o’zgartgichlar ko’pincha kirish va chiqish chastotalarining o’zgarmas nisbati bilan va ularning o’zgaruvchan nisbati bilan yoki boshqariladigan chastota bilan tayyorlanadi. Boshqariladigan chastotali o’zgartgichlar asinxron dvigatellar tezligini rostlash uchun elektr yuritmalar sohasida keng tarqalgan.





1-rasm. Bevosita aloqali chastota o’zgartgich. a) sxema; b) I va II guruhlar kommutatsiyalari orasi pauzasiz aktiv yuklamada chiqish kuchlanish diagrammasi

CHastota o’zgartgichlar klassifikatsiyasida ikkita asosiy sinf alohida ajratiladi:
1) o’zgarmas tok oraliq zvenoli o’zgartgichlar;
2) oziqlantiruvchi tarmoq va yuklama zanjiri bevosita bog’langan o’zgartgichlar. Bu o’zgartgichlar adabiyotda ba’zan ayon ifodalanmagan o’zgarmas tok zvenoli o’zgartgichlar deb ham ataladi.
Bevosita bog’lanishli o’zgartgichlar ikkita guruhga bo’linadi:
─ tabiiy kommutatsiyalanuvchi (oziqlantiruvchi tarmoq kuchlanishi ta’siri ostida) tiristorli o’zgartgichlar, tsiklokonvertorlar deb ham ataladi.
─ sun’iy (majburiy) kommutatsiyalanuvchi tiristorli o’zgartgichlar.
Bevosita o’zgartgichlarning asosini ro’para-parallelь ulangan tiristorlar guruhlari tashkil etadi, har bir tiristorlar guruhi to’g’rilagich rejimida ham, invertor rejimida ham ishlashi mumkin. Ko’pincha bunday o’zgartgichlar tiristorlarning tabiiy kommutatsiyasi bilan ishlab chiqariladi va shuning uchun oziqlantiruvchi tarmoqning chastotasiga qaraganda kichik chastotaga ega bo’lgan chiqish kuchlanishiga ega bo’ladi. Mazkur holat ularning elektroyuritmalar sohasida past chastotalar diapazoni (sanoat chastotasi f=50 Gts-dan past)da chiqish kuchlanishining chastotasini o’zgartirish yo’li bilan dvigatellar tezligini chastotali rostlash uchun keng qo’llanilishiga olib keldi.
O’zgaruvchan kuchlanish bir chastota (tarmoq chastotasi) bilan to’g’rilagichning kirishiga beriladi, to’g’rilangan kuchlanish oraliq zanjirda Filtrlanadi, silliqlanadi va invertorga uzatiladi. Invertorning chiqishidan belgilangan chastotali kuchlanish iste’molchiga uzatiladi. Bu tipdagi o’zgartgichlarda chiqish kuchlanishi chastotasi oziqlantiruvchi tarmoq kuchlanishi chastotasiga bog’liq bo’lmaydi, undan katta ham, kichik ham bo’lishi mumkin.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish