32-г. i >
25 bo'Iganda,
0. i = 32 bo ‘Iganda,
Demak, shifrlashda kalitning tanlanish tartibi quyidagi ko‘ri- nishda bo‘ladi:
К0Д1, K2) K3, K4, K5) K6, K7, Ко, Ki, K2, K3, К,, K5, K6, К7, Ko,Ki, К2, К3, К4, К5, Кб, К7, К7, Кб, К5, К4, К3, К2, Ki, К0).
Rasshifrovka qilishda kalitlar teskari tartibda ishlatiladi.
ко
ко
Fj operatori
Kj
Almashtirish
Siklik siljitish;
i Y !
5.14-rasm. Oddiy almashtirish algoritmida shifrlash jarayonining
blok-sxemasi.
Almashtirish bloki ketma-ket tanlanuvchi 8 ta almashtirish uzellaridan iborat. Almashtirish uzeli har birida almashtirish vektori (4 bit) joylashgan 16 qatorli jadvaldan iborat. Kirish yo‘li vektori jadvaldagi qator adresini aniqlasa, qatordagi son almashtirishning chiqish yo‘li vektori hisoblanadi. Almashtirish jadvaliga axborot oldindan yoziladi va kamdan-kam o‘zgartiriladi.
Gammalash algoritmida dastlabki bitlaming ketma-ketligi gammaning bitlari ketma-ketligi bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. Gamma oddiy almashtirish algoritmiga binoan hosil qilinadi. Gammani shakllantirishda ikkita maxsus doimiylardan hamda 64- xonali ikkili ketina-ketlik sinxroposilkadan foydalaniladi. Axborotni faqat sinxroposilka borligida rasshifrovka qilish mumkin.
Sinxroposilka maxfiy bo‘lmaydi va ochiq holda kompyuter xotirasida saqlanishi yoki aloqa kanali orqali uzatilishi mumkin.
Teskari bog ‘lanishli gammalash algoritmi gammalash algo- ritmidan faqat shifrlash jarayonining birinchi qadamidagi harakatlar bilan farqlanadi.
Imitovstavka noto‘g‘ri axborotni zo‘rlab kiritilishidan himoya- lashda ishlatiladi Imitovstavka dastlabki axborot va maxfiy kalitni o‘zgartirish funksiyasi hisoblanadi. U
к bit uzunlikdagi ikkili ketma- ketlikdan iborat bo‘lib,
к ning qiymati noto‘g‘ri axborotning zo‘rlab kiritilishi ehtimolligi
R-k bilan quyidagi munosabat asosida bog‘- langan.
Rzk=2^
Imitovstavkani shakllantirish algoritmi quyidagi harakatlaming ketma-ketligidan iborat. Ochiq axborot 64 bitli
T{i) (i=l,2,3,....,m) bloklarga ajratiladi, bu yerda m-shifrlanuvchi axborot hajmi orqali aniqlanadi. Birinchi blok
T{ 1) oddiy almashtirish algoritmining birinchi 16 iteratsiyalariga binoan o‘zgartiriladi. Kalit sifatida dastlabki axborot shifrlanishda ishlatiladigan kalit olinadi. Olingan 64 bitli ikkili so‘z ikkinchi blok
T{2) bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. 7(1) blok ustida qanday iteratsiya o‘zgartirishlari bajarilgan bo‘lsa, jamlash natijasi ustida ham shunday o'zgartirishlar amalga oshi- riladi va oxirida 7(3) blok bilan mod 2 bo‘yicha jamlanadi. Bunday harakatlar dastlabki axborotning
m-1 bloki bo‘yicha takrorlanadi.
Agar oxirgi T(m) blok to‘liq bo‘lmasa, u 64 xonagacha nollar bilan to‘ldiradi. Bu blok T(m-1) blok ishlanish natijasi bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi va oddiy almashtirish algoritmining birmchi 16 iteratsiyalari bo‘yicha o‘zgartiriladi. Hosil bo'lgan 64 xonali blok- dan к bit uzunlikdagi so‘z ajratib olinadi va bu so‘z imitovstavka hisoblanadi.
Imitovstavka shifrlangan axborotning oxiriga joylashtiriladi. Bu axborot olingandan so'ng, u rasshifrovka qilinadi. Rasshifrovka qilingan axborot bo‘yicha imitovstavka aniqlanadi va olingani bilan solishtiriladi. Agar imitovstavkalar mos kelmasa, rasshifrovka qilingan axborot noto‘g‘ri deb hisoblanadi.
0‘zbekistonning ma’lumotlarni shifrlash standard. 0‘z DSt 1105-2009 ma’lumotlami shifrlash algoritmi diamatritsaviy funk- siyalami qo‘llagan holda 256 bit uzunlikdagi ma’lumotlar blokini shifrmatnga o‘girish va shifrmatnni dastlabki matnga o‘girish uchun 256 yoki 512 bit uzunlikdagi kriptografik kalitlardan foydalanishga mo‘ljallangan.
Ushbu standartda 0‘z DSt 1109 bo'yicha atamalar hamda quyidagi atamalar mos ta’riflari bilan qoMlanilgan:
initsializatsiyalash vektori: JCriptografik algoritm doirasida kriptografik jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun ishla- tiladigan vektor;
seam kaliti: Shifrlash kaliti va funksional kalit asosida shakl- lanadigan maxfiy kalitlaming ikki o'lchamli massivi;
shifrlash vositalari: Axborot almashtirishning kriptografik al- goritmlarini amalga oshiruvchi va ulami qayta ishlashda, saqlashda va telekommunikatsiya kanallari bo‘ylab uzatishda axborotni ruxsat etilmagan foydalana olishdan muhofaza qilish uchun moijallangan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;
shifrmatn bloklarini ilaktirish rejimi: Har bir shifrlangan (dastlabki matnga o‘girilgan) kriptografik blok oldingi shifrlangan (dastlabki matnga o‘girilgan) blokka bog‘liq bo‘lgan shifrlash rejimi. Birinchi blok uchun shifrmatnning oldingi bloki sifatida initsializatsiyalash vektoridan foydalaniladi. Ochiq matnning oxirgi bloki to‘liq bo‘lmagan holatda, u zarur uzunlikkacha to‘Idiriladi;