113
Bunday
betonlardan biri bu
arbolit
bo‘lib, unda to‘ldiruvchi sifatida
maydalangan
yog‘och chiqindilari ishlatiladi. Arbolit sement organik
to‘ldirgichlar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv aralashmasidan tayyorlanadi.
Organik to‘ldiruvchilar sifatida yog‘och navlarning maydalangan chiqindilaridan,
maydalangan qamish, kanop yoki zig‘ir o‘zagi va shu kabilardan foydalaniladi.
Arbolitdan buyumlar tayyorlash texnologiyasi juda oddiy va organik to‘ldirgichlar
tayyorlash operatsiyalarini, masalan, yog‘och navlarining chiqindilarini maydalash
(maydalangan yog‘och uzunligi 40mm gacha, eni va qalinligi 2-5 mm bo‘lgan
bo‘laklardan iborat bo‘ladi.), to‘ldirgichni sement
qorishmasi bilan aralashtirish,
hosil bo‘lgan aralashmani qoliplarga quyish va uni zichlash, qoliplangan
buyumlarni qotirishni o‘z ichiga oladi. Arbolit zichligining uncha yuqori
bo‘lmasligi bilan xususiyatlanadi - zichligi 600-700 kg/m
3
dan kam,
siqilishda
mustahkamligi chegarasi 2,5-3,5 MPa va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,18Vt/(m·
0
S).
U qator qimmatbaho qurilish xususiyatlariga ega: biochidamli, qiyin yonadi,
sovuqqa chidamli, yaxshi arralanadi va parmalanadi.
Arbolitdan plitalar va
panellar ko‘rinishida qilingan buyumlar osma va o‘zi ko‘tarib turadigan devorlar
va to‘siqlarni qurish uchun shuningdek asosan turli maqsadlarga mo‘ljallangan
qishloq binolarining ora yopmalari va yopmalarida ishlatiladi.
Fibrolit plitalar
yog‘och juni va sement xamiridan iborat massani presslash
usulida bajariladi. YOg‘och juni uskunalarida yog‘och
chiqindilaridan
tayyorlanadi. U uzunligi 400-500 va eni 4-7 mm yupqa lentalar ko‘rinishiga ega.
Sementli fibrolitda yog‘och juni armatura bo‘lib xizmat qiladi. Fibrolit plitalarni
ishlab chiqarish jarayoni murakkab emas va qo‘yidagi bosqichlardan iborat:
portlandsementni suvda qorish, sement xamirini yog‘och juni bilan aralashtirish ,
massani qoliplarda presslash, kameralarda plitalarni bug‘latish, opalubkasini olish
va plitalarni quritish va hokazo. Fibrolit plitalarning uzunligi 2400 va 3000, eni
600 va 1200 hamda qalinligi 30-150 mm . Zichligi bo‘yicha fibrolit plitalar 250
dan 500 kg/m
3
gacha markalarga bo‘linadi, bunda
egilishdagi mustahkamlik
chegarasi tegishlicha 0,15 dan 1,8 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,08 dan
114
0,1 Vt /(m
0
S) gacha. Sement-fibrolit plitalardan pardevorlar qilish uchun, devorlar
va chordoq orayopmalarini isitish uchun foydalaniladi.
SHu bilan birga qipiqli betonlar ham qurilishda keng ishlatiladi, bunda
to‘ldiruvchi sifatida yog‘och qipiqlari va ba’zan
tabiiy qum aralashmasi
qo‘llaniladi. Zig‘irpoya asosidagi beton ham keng ishlatiladi.
YUqorida keltirilgan barcha turdagi mineral to‘ldiruvchilardan farqli o‘laroq,
yog‘och chiqindilari va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash
chiqindilari organik to‘ldiruvchilar hisoblanadi.
Bunday to‘ldiruvchilarni sementli betonda qo‘llashda sementning qotishi va
gidrotatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish zarur.
Ular tarkibidagi vaqt o‘tishi bilan yuzaga keluvchi organik kislotalar va
qandli moddalar betonning
qotishini sekinlashtiradi, sement toshini emirilishiga
olib keladi.
SHu sababli bunday to‘ldiruvchilarni qo‘llashdan oldin maxsus qayta ishlash
kerak. Ayniqsa yog‘och chiqindilarini suvga solish, ohakda ekstrakt moddalarni
neytrallash, kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘llash yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: