S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish 
Agar mavjud qum koni donadorlik tarkibiga ko‘ra yoki xavfli 
qo‘shimchalar miqdoriga ko‘ra standart talablariga to‘g‘ri kelmasa va sifatli qumni 
olib kelish katta sarf xarajatlarni talab etsa, u xolda qumni boyitish iqtisodiy 
samara beradi.
Qumni boyitish bu 5mm dan yirik donalarni olib tashlash, changsimon va 
gilsimon zarralarni yuvib tozalash va donadorlik tarkibini yaxshilashdan iborat. 
Qumdan changsimon gilsimon va loyqa qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun turli 
konstruksiyali qum yuvgichlar va klassifikatorlar ishlatiladi. 
Rasm 2.5. Spiralsimon klassifikatorning sxemasi: 
1- qumni ortish; 2- ifloslangan suvni to‘kish; 3- aylanuvchi spiral; 4- suvni 
uzatish; 5- yuvib tozalangan qumni bo‘shatish. 


63 
Rasm 2.6.Qum yuvish apparati: 
1- suvni uzatish; 2-yuvilgan qumni bo‘shatish; 3- xalqali elevator;4-
konussimon baraban; 5-qumni ortish; 6-ifloslangan suvni to‘kish. 
Bunday 2ta mashinaning sxemasi rasm.2.5 va rasm.2.5 da keltirilgan. Qumni 
suvda yuvish uni suvli muxitda aralashtirishni va tozalashdan iborat bo‘lib, bunda 
qum donasi sirtini qoplab turgan gilli qo‘shimchalar va parda suv bilan birikib 
changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo‘shishda oqiziladi.
Qum yuvgichlar shu taxlidda ishlaydi. Tabiiy qum-shag‘alli aralashmadan 
qumni navlarga ajratishda elaklar qo‘llaniladi va bu elaklarning o‘zida qumlar 
yuviladi va ifloslangan suv chiqarilib yuboriladi. Biroq bunda yuvishlari
ishlarining sifati maxsus qumyuvgichlar ishlatganga nisbatan pastroq. Qumni 
yuvgandan so‘ng uni qayta qayta quritish shart bo‘lib, bu ayniqsa qishki 
mavsumda texnologik jarayonni murakkablashtiradi.
SHu sababli qumni quruq usullarga boyitishga xam e’tibor beriladi, masalan 
xavoga uloqtirilgan qumni xavo oqimida tozalash. Bunday usulda tabiiy qum 
donasi sirtidagi gil pardasini yo‘qotib bo‘lmaydi, biroq tosh maydalash chiqindilari
asosidagi va maydalangan qum tarkibida mavjud chang bo‘laklariniolib tashlash 
mumkin. Qumni boyitishdan asosiy maqsad qumning talab etilgan donadorlik 
tarkibini ta’minlash xisoblanadi. Respublikamizning ko‘pgina tumanlarida mavjud 
konlardagi qum o‘ta maydadir. Ularni betonda qo‘llagan sement sarfini 20-30% va 


64 
ba’zan 50%gacha oshiradi. Bunday qumlarni tashib keltiruvchi tabiiy qum yoki 
maydalangan qum qo‘shib boyitish maqsadga muvofiq. 
O‘zRST 728-96 bo‘yicha mayda tabiiy qumni boyitishda yirik 
fraksiyalar sifatida maydalangan qum ko‘pincha maydalash chiqindilari ishlatiladi. 
Noruda materiallar sanoatida istiqbolli yo‘nalishlardan biri bu qumni fraksiyalash 
bo‘lib, qumni dona yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish xisoblanadi.
Keyinchalik beton tayyorlashda fraksiyalarni aloxida – aloxida miqdorlashda 
tayyorlangan qorishma qum tarkibini doimiyligini ta’minlaydi. Bunday ishlarning 
bajarilishi standartda ko‘zda tutilgan. Qumni fraksiyalashning zarurligi shundan 
iboratki, ko‘pgina qum pechlaridagi qum donadorlik tarkibi bo‘yicha bir jinsliligi 
etarli emas. Ba’zida agar qumning donadorlik tarkibi standart talablariga javob 
bersa xamki, ular bir jinsli bo‘lmasligi mumkin. Masalan 0.63mm li elakda qolgan 
to‘la qoldiq 20dan 70% gacha bo‘lishi mumkin, bunday qum yirikligi bo‘yicha 
turli guruxlarga mansub bo‘lishi mumkin, kam miqdorda bo‘shliqligi va 
solishtirma yuzasi bilan fraksiyalanadi. Beton tayyorlashda esa sementning 
qo‘shimcha saralanishiga olib keladi.
Qumni fraksiyalashda qum ikkita mayda va yirik fraksiyaga ajratiladi, 
bunda nazorta elaklar 1.25 yoki 0.63mm ga mos keluvchi donalarga bo‘linadi. 
SHunday qilib yirikligi 0-5mm li oddiy qum o‘rniga istemolchi talabiga ko‘ra 
aloxida yirik qum (1.25-5 yoki 0.63-5mm) va mayda qum (1.25 yoki 0.63mm 
gacha) ishlab chiqarish mumkin. Konlarda qumni fraksiyalashda mayda va yirik 
fraksiyali qumlarning chiqishi tabiiy bo‘lib, u etarli chegarada o‘zgarishi mumkin, 
chunki qum kelib chiqishida bir jinsli bo‘lmaydi.
Biroq beton tayyorlashda 0.63mm dan kichik fraksiyali qumni 0.63-5mm li 
fraksiyali qumga aralashtirganda masalan, 1:1 proporsiyada (massa bo‘yicha), 
xosil bo‘lgan aralashma bir jinsli bo‘ladi. SHunday qilib qumni fraksiyalash beton 
sifatini oshiradi va sement sarfini kamaytiradi. Biroq 2ta muammo mavjud: 
birinchi fraksiyalash texnologiyasini tanlash; ikkinchi 2ta fraksiyadagi bo‘lingan 
qumdan foydalanishning samarali sharoitini ta’minlash. Biroq ko‘pgina beton va 
temir beton konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonalarida, beton qorish sexlarida 


65 
qumning ikki fraksiyasini miqdorlash, qabul qilish va omborga joylash kabi 
sharoitlar yaratilmagan.
Amaliy jixatdan fraksiyalangan qumni talab etilgan nisbatdagi va donadorli 
tarkibdagi fraksiyali aralashma shaklida etkazish mumkin. Biroq buni bajarish o‘ta 
qiyin . agar qumni 2ta fraksiyaga bo‘lish oson kechmas ekan, demak ular asosida 
bir jinsli aralashma qurilmalari talab etiladi va qumning tannarxi oshadi. SHu 
sababli korxonalarda beton ishlab chiqarishning eng to‘g‘ri yo‘li bu qumning ikki 
fraksiyasini ishlatish va omborga aloxida saqlash, so‘ngra beton qorishmasi 
tayyorlashda ularni bonus komponentlar bilan birga aralashtirish. Bu asosan yangi 
korxonalarni loyixalashda va qurishda, xamda mavjudlarini qayta tamirlashda 
nazarda tutiladi.
Ko‘p fraksiyali qum aralashmasi to‘kish jarayonida bunkerlardan tushirishda 
shtabellar yoki konuslardan bo‘shatganda, lenta konveyrlarda uzatishda 
qavatlanish yuzaga keladi, donalar yirikligi bo‘yicha ajralib qoladi, natijada
donadorlik tarkibini optimallashtirishda qiyinchilik yuzaga keladi. SHu sababli 
qumlarning fraksiyalash va istemolchi talabiga ko‘ra bo‘lgan xolda etkazish 
maqsadga muvofiqdir. 
Qumni ishlab chiqarish sharoitida boyitish, fraksiyalash gidravlik 
klassifikatsiyalashda 
bajariladi. 
Donadorli 
materiallarni 
gidravlik 
klassifikatsiyalash standartda keltirilgan bo‘lib, turli zichlikdagi va yiriklikdagi 
donalarni suvli muhitda turli tezlikda cho‘ktirish bilan aniqlanadi. 
Qum donalari zichligi deyarli bir xil bo‘lib, gidravlik klassifikatsiyalashda 
qumni donador yirikligi bo‘yicha ajratish imkonini beradi. 
Turli gidravlik klassifikatsiyalar mavjud: gravitatsion (turli og‘irlik kuchi 
hisobiga donalarning ajratilishi sodir bo‘ladi) va markazdan qochma (oqimning 
aylanishi hisobiga markazdan qochma tezlashtirgich ta’sirida ajratish intensivligi 
oshiriladi). 
Gidromexanizatsiyalashgan 
konlarda 
qo‘llanilayotgan 
gidravlik 
klassifikatorlarning sxemasi rasm-2.7 da ko‘rsatilgan. 


66 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish