55
Oddiy og‘ir beton uchun qumning donadorlik tarkibi QMQ bo‘yicha
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
2.2-
jadval
Nazorat
elaklar
ko‘zi o‘lchami, mm
2,5
1,25
0,63
0,315
0,16
Nazorat
elakdagi
to‘la qoldiq A, %
0 - 20
5 - 45
20 - 70
35 - 90
90 - 100
SHu sababli 0,16 mm ko‘zli elakdan 10% dan ko‘p bo‘lmagan qum
namunasi o‘tishi kerak.
Qumning donadorlik yoki granulometrik
tarkibi unda mavjud turli
yiriklikdagi donalar bilan xarakterlanadi va o‘rtacha qum namunasini standart
elaklardan elab aniqlanadi.
Qumni elash quyidagi ko‘zli
standart elaklarda
amalga oshiriladi: 10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm;
0,16mm.
10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag‘al va chaqiq toshlarni ajratish
uchun ishlatiladi.
10mm dan katta donalar 0,5% ( massa bo‘yicha) gacha ruxsat etiladi, 5mm
dan yirigi esa:
- tabiiy qumda –
10% gacha;
- maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;
-
boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka
solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar
ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi. Qum
namunasini
elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi, natijada elaklarda
qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum namunasining umumiy massasi
56
bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la
qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning
yig‘indisi bilan ifodalanadi.
Qumlarning
donadorlik
tarkibi
5mm
ko‘zli elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi (rasm-2.2).
Rasm-2.2. Standart elaklarda qolgan ayrim va to‘la qoldiq:
a – ayrim qoldiq; b – to‘la qoldiq
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”
talablarining rasm-
4.2.da berilgan grafikda konkret olingan qumning donadorlik tarkibini aniqlash
uchun natijalar qo‘yiladi va agar bu egri chiziq grafikda
berilgan chegaradan
chiqmasa(standartda berilgan), bu qum beton uchun yaroqli hisoblanadi.
Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan ham ifodalanadi:
,
100
)
(
14
,
0
315
,
0
63
,
0
25
,
1
5
,.
2
А
А
А
А
А
М
й
bu erda:
14
,
0
315
,
0
63
,
0
25
,.
1
5
,
2
А
А
А
А
А
- g‘alvirdagi to‘liq qoldiqlar, %.
Qum qanchalik yirik bo‘lsa, ∑A va yiriklik moduli ham katta bo‘ladi.
57
Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0,16mm dan
kichik bo‘lsa) 5mm gacha (agar qumning barcha donalari 2,5mm dan yirik bo‘lsa)
qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulining o‘zgarishi kamdir.
O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar” da
qumning
yiriklik moduli va 0,63mm ko‘zli elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha guruhlarga
bo‘linishi nazarda tutiladi.
O‘ZRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra qumning
yiriklik moduli 1,5-3,25 oraliqda bo‘lishi kerak, mustahkamlik chegarasi 20MPa
va undan yuqori betonlar uchun qumning yiriklik moduli 2dan kam bo‘lmasligi,
mustahkamlik chegarasi - 35MPa va undan yuqori betonlar uchun yiriklik moduli -
2,5dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qumning yiriklik modulining o‘zgarish koeffitsienti,
gidrotexnik inshoatlar
uchun ishlatiladigan betonlar uchun 10% dan oshmasligi kerak.
Taklif etilgan donadorlik tarkibidagi qumni qo‘llash, kam sement sarflab, eng
yaxshi xususiyatli beton qorishmasini olish imkonini beradi. Standart talablari ham
ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar natijasiga tayanadi. Bu talablardan biroz
chetlanish mumkin. YA’ni texnik-iqtisodiy asoslangan bo‘lsa,
mustahkamlik
chegarasi-20MPa bo‘lgan va undan yuqori beton uchun yiriklik moduli 2dan
kichik qumlarini ishlatish mumkin. Masalan,
O‘zbekistonning cho‘lli xududlarida o‘ta mayda barxan qumlari asosidagi
beton keng qo‘llanadi.
Mavjud standartlarga ko‘ra qumning donadorlik tarkibi (rasm-2.3) uning zich
katta uyilma zichligini va eng kam bo‘shliqda donalarining kompakt
joylashuvini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: