S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

йир
буш
май
буш
арал
V
V
V

,
Misol: agar shag‘al bo‘shliqligi 32% bo‘lsa, qumning bo‘shliqligi esa 27% 
bo‘lsa, u holda shag‘al va qumning minimal bo‘shliqligi 8,6% ni tashkil etadi. 


36 
Bunda shartli ravishda yirik to‘ldiruvchilar orasidagi bo‘shliq mayda 
to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilishini nazarda tutiladi. Lekin amaliyotda yirik 
to‘ldiruvchi donalari bir-biriga yaqin joylashganda qum o‘tishi qiyinlashadi va 
bo‘shliq hosil bo‘ladi.
Beton uchun to‘ldiruvchini tanlashda odatda uning beton qorishmasi 
xususiyatlariga va betonga umumiy ta’sirini inobatga olishga to‘g‘ri keladi. 
Betonda shag‘al yoki chaqiq toshni maksimal imkoniyat darajasidagi yiriklikda 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, bu holda to‘ldiruvchi eng kam solishtirma 
yuzaga ega bo‘lgani uchun konstruksiyani betonlash shartlari bajariladi. Talab 
darajasidagi 
beton 
qorishmasini 
quyish 
va 
zichlashtirish 
maqsadida 
konstruksiyaning minimal o‘lchamlaridan shag‘al yoki chaqiq tosh ¼ barobardan 
yirik bo‘lishi mumkin emas va bu o‘z navbatida temir -beton konstruksiyasida
armatura sterjenlari orasidagi minimal o‘lchamlardan kichikroq bo‘lishi talab 
etiladi. Plitalar, pollar va yopmalarni betonlashda shag‘al yoki chaqiq toshning 
maksimal yirikligi plita qalinligiga nisbatan ½ nisbatida bo‘lishi kerak.
Yirik to‘ldiruvchining bo‘shligini kamaytirish maqsadida, agarda chegaraviy 
mumkin bo‘lgan yiriklik imkoniyati mavjud hollarda bir necha fraksiyalardan 
iborat qorishmalardan foydalaniladi va bo‘shliqlikning minimal darajada bo‘lishi 
uchun ular orasidagi o‘zaro ma’qul nisbat tanlanadi.
Beton uchun yirik donali qumdan foydalanish yaxshi natija beradi. Biroq,
qum tarkibida yirik zarralarning uchrashi bo‘shliqlikni oshishiga sabab bo‘lishi 
mumkin (40 % gacha) va bu bo‘shliqlarni sement hamiri bilan to‘ldirishga to‘g‘ri 
keladi. Buning natijasida sement sarfi va betonning tannarxi ko‘payib ketadi. 
SHuning uchun eng yaxshi natijalarni tarkibida o‘zaro optimal nisbatdagi yirik, 
o‘rtacha va mayda zarralari bo‘lgan qum beradi va bunday nisbatdagi qum 
minimal bo‘shliqni ta’minlaydi. Sifati yuqori bo‘lgan qumda bo‘shlilik 38% dan 
oshmasligi kerak. Optimal donadorlik tarkibda bu ko‘rsatkich 30 % gacha 
kamayadi.


37 
Agar beton yoki qorishmada qum donalari orasidagi bo‘shliqlarni faqat 
sement hamiri bilan to‘ldirilsa, kam harakatlanuvchan, quyilishi og‘ir kechadigan 
bikir qorishma yuzaga keladi.
Qum donalarini bir biridan ajratish va ularni sement qobig‘i bilan o‘rab olish 
zarur va bu qobiq qorishma yoqi beton qorishmasining harakatchanligini 
ta’minlaydi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa donalar solishtirma yuzasi kamayib, qobiq 
hosil qilish uchun ketadigan sement sarfi iqtisod qilinadi. Biroq, yuqorida 
ta’kidlanganidek faqat yirik donalardan iborat bo‘lgan qum katta miqdordagi 
bo‘shliqlarga ega bo‘lib uni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Beton tayyorlash uchun tarkibida mayda va o‘rtacha yiriklikdagi zarralari 
bo‘lgan yirik qum tanlanishi tavsiya etiladi. Bunday aralash holdagi donalarda 
bo‘shliqlar kamayib, donalar yuzasi katta bo‘lmaydi. Bunday ijobiy qum tarkibi 
O‘zRST tavsiyasiga mos tushadi.
Notekis yuzaga ega bo‘lgan qumdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib,
bunday qum sement toshi bilan yaxshi bog‘lanadi va betonning mustahkamligini 
oshishiga olib keladi. Qumni yuvish jarayoni murakkab va qimmat bo‘lganligi 
sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza bo‘lishi tavsiya etiladi. Odatda 
daryo qumi afzal deb bilinadi. 
Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, bo‘shliqligiga va namligiga 
bog‘liq bo‘lib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi. Suvga to‘yingan holda
muzlash ehtimoli bo‘lgan konstruksiyalardagi betonlar yoki M200 va undan ortiq 
markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m
3
zichlikka ega bo‘lishi 
kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m
3
dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Siltash 
jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m

ga etishi mumkin. Eng 
katta hajmni 5-7 % namlanganlik holatidagi qum egallaydi; namlikning ortishi 
yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (rasm-6.3). Bu xususiyatni qumni 
qabul qilish va miqdorlash jarayonida (hajm bo‘yicha), shuningdek beton 
tayyorlashda inobatga olish kerak. 
Beton uchun to‘ldiruvchilarni to‘g‘ri tanlash, ularni me’yorida qo‘llash – 
beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Beton uchun 


38 
mo‘ljallangan to‘ldiruvchilarga beton tarkibiga ta’sir etuvchi xususiyatlardan kelib 
chiqib tegishli talablar qo‘yiladi. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining: 

donadorlik tarkibi;

mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi; 

tozaligi katta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish