S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. YOg‘och chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

5-§. YOg‘och chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar 
Hozirgi vaqtda yohoch chiqindilaridan yog‘och tolali va yog‘och qipiqli 
plitalar va boshqa qurilish materiallari olishda, qog‘oz-sellyuloza, gidroliz 
sanoatida keng foydalaniladi. 
YOg‘och chiqindilaridan tashqari boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
chiqindilari (g‘o‘zapoya, sholipoya, zig‘irpoya va boshqalar) dan to‘ldiruvchi 
sifatida betonda qo‘llash mumkin. 


113 
Bunday betonlardan biri bu 
arbolit
bo‘lib, unda to‘ldiruvchi sifatida 
maydalangan 
yog‘och chiqindilari ishlatiladi. Arbolit sement organik 
to‘ldirgichlar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv aralashmasidan tayyorlanadi. 
Organik to‘ldiruvchilar sifatida yog‘och navlarning maydalangan chiqindilaridan, 
maydalangan qamish, kanop yoki zig‘ir o‘zagi va shu kabilardan foydalaniladi. 
Arbolitdan buyumlar tayyorlash texnologiyasi juda oddiy va organik to‘ldirgichlar 
tayyorlash operatsiyalarini, masalan, yog‘och navlarining chiqindilarini maydalash 
(maydalangan yog‘och uzunligi 40mm gacha, eni va qalinligi 2-5 mm bo‘lgan 
bo‘laklardan iborat bo‘ladi.), to‘ldirgichni sement qorishmasi bilan aralashtirish
hosil bo‘lgan aralashmani qoliplarga quyish va uni zichlash, qoliplangan 
buyumlarni qotirishni o‘z ichiga oladi. Arbolit zichligining uncha yuqori 
bo‘lmasligi bilan xususiyatlanadi - zichligi 600-700 kg/m

dan kam, siqilishda 
mustahkamligi chegarasi 2,5-3,5 MPa va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,18Vt/(m·
0
S). 
U qator qimmatbaho qurilish xususiyatlariga ega: biochidamli, qiyin yonadi, 
sovuqqa chidamli, yaxshi arralanadi va parmalanadi. Arbolitdan plitalar va 
panellar ko‘rinishida qilingan buyumlar osma va o‘zi ko‘tarib turadigan devorlar 
va to‘siqlarni qurish uchun shuningdek asosan turli maqsadlarga mo‘ljallangan 
qishloq binolarining ora yopmalari va yopmalarida ishlatiladi.
Fibrolit plitalar
yog‘och juni va sement xamiridan iborat massani presslash 
usulida bajariladi. YOg‘och juni uskunalarida yog‘och chiqindilaridan 
tayyorlanadi. U uzunligi 400-500 va eni 4-7 mm yupqa lentalar ko‘rinishiga ega. 
Sementli fibrolitda yog‘och juni armatura bo‘lib xizmat qiladi. Fibrolit plitalarni 
ishlab chiqarish jarayoni murakkab emas va qo‘yidagi bosqichlardan iborat: 
portlandsementni suvda qorish, sement xamirini yog‘och juni bilan aralashtirish , 
massani qoliplarda presslash, kameralarda plitalarni bug‘latish, opalubkasini olish 
va plitalarni quritish va hokazo. Fibrolit plitalarning uzunligi 2400 va 3000, eni 
600 va 1200 hamda qalinligi 30-150 mm . Zichligi bo‘yicha fibrolit plitalar 250 
dan 500 kg/m
3
gacha markalarga bo‘linadi, bunda egilishdagi mustahkamlik 
chegarasi tegishlicha 0,15 dan 1,8 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,08 dan 


114 
0,1 Vt /(m

0
S) gacha. Sement-fibrolit plitalardan pardevorlar qilish uchun, devorlar 
va chordoq orayopmalarini isitish uchun foydalaniladi. 
SHu bilan birga qipiqli betonlar ham qurilishda keng ishlatiladi, bunda 
to‘ldiruvchi sifatida yog‘och qipiqlari va ba’zan tabiiy qum aralashmasi 
qo‘llaniladi. Zig‘irpoya asosidagi beton ham keng ishlatiladi. 
YUqorida keltirilgan barcha turdagi mineral to‘ldiruvchilardan farqli o‘laroq, 
yog‘och chiqindilari va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash 
chiqindilari organik to‘ldiruvchilar hisoblanadi. 
Bunday to‘ldiruvchilarni sementli betonda qo‘llashda sementning qotishi va 
gidrotatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish zarur. 
Ular tarkibidagi vaqt o‘tishi bilan yuzaga keluvchi organik kislotalar va 
qandli moddalar betonning qotishini sekinlashtiradi, sement toshini emirilishiga 
olib keladi. 
SHu sababli bunday to‘ldiruvchilarni qo‘llashdan oldin maxsus qayta ishlash 
kerak. Ayniqsa yog‘och chiqindilarini suvga solish, ohakda ekstrakt moddalarni 
neytrallash, kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘llash yaxshi samara beradi. 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish