S. I. Mirhayitova pedagogik texnologiya o`zbekiston respu


Pedagogik texnologiya fan



Download 12,95 Mb.
bet4/107
Sana12.04.2022
Hajmi12,95 Mb.
#546815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 –
ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat
jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo`ldi. Bunday murakkab va mehnattalab mashina va
jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi.
«Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda
shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir.
PT bu Ta`lim beruvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda
texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda
«texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish
texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va hokazo.
O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash
ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika
o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr
bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud
imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di.
Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan
metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi.
Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham
aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv
maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan maqsadlarga erishish
uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan .

Download 12,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish