Biriuchidan,
hukmronlik yetakchilikka asoslanadi. Faraz qilaylik, ayrim guruhlar
iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishga qodir boiadi, bu rivojlanishdagi muammoli
hollarda qiyinchilikka bardosh beradi, ishlab chiqarishni qoilab-quwatlashda va
yangi sohalami o‘zlashtirish va tashkil etish tamoyillarida muhim ahamiyatga ega
boiadi. Bunday guruhlar byurokratlar tomonidan proteksiyaga va imtiyozlarga
da’vogar boiadi va haqiqatda ulami olish imkoniyatiga ega. Hukmronlik guruhlar
nuqtai nazaridan quyidagilarga boiinishi mumkin:
30
• ishchilar sinfi (industrializatsiyalash sharoitida);
• dehqonlar (ocharchilik yoki iqtisodiyotni qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga
yo‘naltirgan sharoitida);
® injener-texnik ziyolilar (robotizatsiya va avtomatizatsiya «ommaviyligi»
sharoitida);
® menejerlar («boshqaruv madaniyati» avj olgan sharoitda);
• iqtisodchilar (butun iqtisodiy tizimni qayta qurish sharoitida).
Huknironlik holati mikrodaraja miqyosida, ayrim korxonalar darajasida ham
aniq namoyon boiishi mumkin.
Iqtisodiy sotsiologiya fani nuqtai nazaridan iqtisodiyotda hukmronlikka intilish,
hukmronlik targ'iboti, hukmronlik bo'yicha nizolar juda qiziqarli.
Ikkinchidan, asosiy va asosiy boim agan funksiyalar hukmronlikning negizi
bo‘la oladi. Asosiy funksiyalarni bajaradigan guruhlar ustunlik xususiyatlariga ega
boiib, obroiiroq boiadi. Ular har xil turdagi ko‘makchi, vositachi, vaqtinchalik
yoki ixtisoslashmagan masalalami bajarish bilan band boigan gunihlarga o‘z xohish
va xulqini zo'rlab o'tkazish imkoniyatlariga ega boiadi. Asossiz funksiyalar ko'pincha
ulami bajaradiganlami ijtimoiy tobe qiladi. Shunday qilib, hukmronlikni asosiy va
asosiy boim agan funksiyalarga boiish, ishlab chiqarishni iqtisodiy tashkil etish
muammosi boiib qolmay, balki ijtimoiy munosabatlar muammosi hamdir.
3.
M arginal guruhlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda chegaradosh va oraliq
pozitsiyalarni egallab turadigan guruhlar mavjud. Ular o‘z ichiga bir qancha
guruhlarning belgilarini oladi. Chegaradoshlik va oraliq marginal ma’nosini bildiradi.
Guruhlarning marginalligini quyidagi misollarda ko‘rsatish joiz:
® mustaqil ishchilar, ya’ni mulkchilikka ega boigan, lekin yollangan mehnatni
ishlatmaydigan shaxslar. Bu guruh chegarasi m ulkdor va ishchilar bilan
taqqoslaganda namoyon boiadi;
• yangi kambag‘allar deb ataladiganlar. Bu tushunchaning ikki ma’nosi bor.
Yangi kambag‘allar — moddiy tarafdan muhtojlik sezmayotgan, ammo hayotning
o‘rtacha yashash darajasidan orqada qolgan yoki qandaydir sabablar bilan kambag'ai
bo‘lib qolgan, ammo inersiya tufayli anglashni va o'rtacha sinf ehtiyojini qondiradigan
ko'rsatkich saqlab turadigan shaxslar;
• shaharda band boiib, ammo qishloqda yashaydigan yoki, aksincha boiadigan
ishchilar kategoriyalari. Mavjud ijtimoiy kategoriya dehqon va ishchini, qishloqda va
shaharda yashovchining o‘ziga xos xususiyatlarini bir-biri bilan bogiaydi, qamrab
oladi;
» yuqori malakali ishchilarning ayrim kategoriyalari. Rasman ular ishchilar
sinfiga taaluqli, ammo haqiqatda esa bu ishchilar ilmiy-texnik ziyolilaming vazifalarini
va funksiyalarini bajaradi;
• rahbarlarning pastki bo‘g‘ini. Rasman ular rahbarlarga tegishli boiadi, menejer
va apparat vakillari deb qabul qilinadi, haqiqatda esa ishlab chiqarish muamolari
bilan bevosita shug'ullanadilar, pastki ishchi joylari bilan bogiiq, oddiy xodimlaming
funksiyalarini yaxshi biladi, ko'pincha ulami ham bajaradi, ma’muriyatga qaraganda
31
ishchilar bilan gaplasha oladi;
• kasaba uyushmasining faol qatnashuvchilari. U larning marginalligini
taqqoslaydigan rejasi — yollangan ishchilar va ish beruvchilar. Azaldan kasaba
uyushmasining faol qatnashuvchilari birinchi ijtimoiy guruh manfaatlarining
tarafdorlari, ammo amaliyot boshqa guruhni ham tushunish, hurmat qilish va
qiziqishlarini hisobga olishga majbur qiladi. Haqiqatda ular ikkilanuvchi ongga ega.
Har bir aniq ijtimoiy-iqtisodiy guruhda marginallik belgilarini «topish» mumkin.
4. Muammoiiguruhlar.
Bunday guiuhlarga rasm bo'lib qolgan va ijtimoiy-iqtisodiy
standartlar nuqtai nazaridan umum ijtimoiy-iqtisodiy muhitda nomuvofiqlik
pozitsiyasini egallab turadigan guruhlar kiradi. Muammoii guruhlarga manfaatlari,
ehtiyojlari, ishonchlari uzoq muddatda amalga oshmagan guruhlami ham kirltish
mumkin. Muammoii guruh obyektiv ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan baholanadi.
Subyektiv ko'rsatkichlar holatni har doim ham teng ko'rsatib bermaydi, chunki
individ ahvolining nomuvofiq tomonlarini orttirib ko'rsatish qobiliyatiga ega yoki
e’tiborga olmasligi mumkin.
Muammoii guruhning oddiy misoli - ishsizlar; etnik va hududlararo migrantlar;
ishlaydigan yolg'iz-onalar; ko‘p bolali oila boshliqlari; zararli va og‘ir mehnat
uchastkalarining vakillari; malakasini oshirmoqchi boigan, ammo unga qurbi
yetmaydigan, kam maosh oladigan ishchilar; soliqlarda haq-huquqlari cheklab
qo‘yilgan iqtisodiy va mehnat faoliyatining subyektlari; qarzga ishlashga majbur
boigan va shu bilan bir qatorda o'zining shaxsiy yordamchi xo‘jaligini olib boradigan;
turar joyini o‘zi qurishga majbur boiganlar; oilasidan har doim uzoqda boiib
ishlashga majbur boiganlar.
Ham m a muammoii guruhlar quyidagi m ezonlar b o ‘yicha farqlanadi:
muammoning manbai, absolyutlik yoki nisbiylik, immanentli yoki tasodifiy
xarakter, imkoniyatlar va muammolikdan o‘tish usullari.
Ijtimoiy-iqtisodiy guruhlaming muammoligini nazariy va amaliy hal etadigan
quyidagi istiqbol usullari mavjud:
• guruhning muammoligi immanent xarakterini aks etadi, shuning uchun
kelajakda bartaraf boia olmaydi;
• muammolilik tasodifiy xarakterni aks etadi, shuning uchun tashkiliy
innovatsiyalar orqali bartaraf etiladi;
• guruh a’zolarini o‘zining holatiga moslashtiradi va shuning uchun muammolilik
subyektiv rejasiga bardosh bera oladi, unga o'rganib moslashib ketadi;
• m uam m olikka bardosh berish qiyin, amm o u rag'batlantiriladigan,
kompensatsion, himoya qilinadigan choralar bilan yengillashadi va osonlashadi;
• ko‘pincha muammoii guruh barbod boiadi, guruhning a’zolari uni tashlab
ketadi va yaxshiroq gumhga o‘tib ketadi.
5.
Yopiq, ochiq va olishga oid guruhlar.
Guruhlaming ochiqlik va yopiqlik
ta’rifining eng umumiy mezoni boiib guruhlararo siljish, guruhdan chiqish yoki
unga kirish imkoniyati hisoblanadi. Dastlab sotsiologiyada guruhning ochiqlik va
yopiqligi ijtimoiy bo‘g‘in jihatida ko'rilgan.
32
Tabaqaga oid guruhlar ham mavjud, unda har bir yangi avlod ota-onasining
kasbini meros qilib oladi va bir ijtimoiy ixtisoslashgan guruhdan boshqa guruhga
o‘tishligi man etiladi. Erkin demokratik davlatda esa ijtimoiy kelib chiqish bosh
mezon deb hisoblanmaydi, bu yerda erkin kasbiy tanlash mavjud va shaxsning
lavozimiy mavqesi shaxsiy xizmatga bogiiq. Birinchi jamiyatga yopiq, ikkinchisiga
esa ochiq ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizim to‘g‘ri keladi.
Hozirgi jamiyatda tabaqa muammosiga barham berilgan. Ammo guruhlarning
ochiqligi yoki yopiqligi saqlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |