44
ifll
bo'yicha tabiiy muhitga zarar keltirayotgan korxonalar zararni to'la qoplashga majburdirlar.
Yerlarni muhofaza qilishning yer tuzish usullari yer egaliklari va yerdan foydaianishlarni tartibga solishga, yerni muhofaza qilish harakatlari va ma'lum hududlarni sog'lomlashtirishning umumiy das-turlarini asoslashga qaratiladi. Yer tuzish chizmalari va loyihalarida ishlangan yerlardan foydalanishni oqilona tashkil etish va ularni agroekologik tabaqalashtirish, landshaftlami himoyalashning samarali yo'Harmi tanlash, foydalanish tartiblari bo'yicha har xil himoya mintaqalarini va hududlarini ajratish uchun boshlang'ich asos bo'lib xizmat qiladi.
Injenerlik - texnologik usullar tadbirlarning gidrotexnik inshootlarni qurish, o'rmon daraxtlarini o'tqazishdan qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishning tuproq va suvni tejovchi usullarigacha= bo'lgan keng turlarini kp'zda^tutadi.
Yerni muhofaza qilishning biologik usullari sezilarli darajada tuprpqlar organic qismini kengaytirilgan qayta tiklashga qaratilgan bo'ladi. Tuproqdagi gumus miqdori uning namlikni saqlashi, o'simlikni ozuqa: moddalari bilan ta'minlashi, mikroorganizmlar hayoti ■faoliyati uchun yaxshi sharoit yaratishi, tashqi muh?t ta'siriga qarshilik ko'rsatishi bilan bog'liq. Ekspert baholari bo'yicha hozir yillik gumus kamayishining yarm|ga yaqini solinayotgan organik o'g'itlar bilan to'ldiriladi, Shuning pphun taqchil dehqonchilikdah resurslarni tejovchi dphqppchilikka tezda o'tish kerak.
Vazirliklar va tarmoqlar, korxonalar va tashkilotlar, ayrim fu-qarolar tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, yer tuzish, yer kadastri va yer monitoringini yuritish bo'yicha qonunchilikka rioya etilishi saylanadigan va ijrochi hoki-miyatlar, yer tuzish organlari tomonidan nazorat qilinadi. Dav-latning nazorat qilish vazifasi yerda butun jamiyat manfaatlari uchun tartibni saqlashning ma'muriy usullarining ajralmas bo'lagidir. Ma-halliy ma'muriyat yer uchastkalaridan to'g'ri foydalanish yo'lida, yerlarni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlarni o'tkazilishi, npqishloq xo'jalik ehtiyojiari uchun yerlarni ajratish va qurilish ishlarini baprishda tuproqlarning unumdor qatlamini qirqib olishni, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida rejalash va loyihalash amaliyotini belgilab beradi.
45
Yerga egalik qilish Va yerdan foydalanishning belgilangan tarti-bini buzganlik uchun javobgar shaxsiar iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Yerlarni o'zboshimchalik bilan egal-lab olish, ulardan xo'jasizlarcha foydalanish va buzish, majburiy tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini bajarmaslik, vaqtincha egallangan yerlarni o'z vaqtida qaytarmaslik, chegara belgilarini yo'qotish bilan bog'liq huquqbuzarliklarning oldi olinadi va ularga yo'l qp'yilmaydi. Yer uchastkalari qaytarib olinishi, boshqa foydalanuvchiga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |