S avezbayev, S. N. Volkov


Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish



Download 1,05 Mb.
bet18/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari

2. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish.
Yerning ijtimoiy-iqtisodiy aharhiyati undan belgili xo'jalik yoki jamoa rnaqsadlari Uchun fdydalanishyordamida ko'rinadi; yerga egalik qilish va foydalanish jamiyat faoliyatining obyektiv shartlariga kiradi. Xo'jalik yuritish usullari, mulkchilik shakllari, yerdan foydalanish va unga egalik qilish tartibi doimb o'zgarib turadi. Ishlab chiqarish usullarini va ijtimoiy munosabatlarni tubdan isloh qilish jarayonida unda sezilarli o'zgarishlar riamoyon bo'ladi.
O'zbekiston «Yer kodeksi»ga asosan qishloq xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari mulk tariqasida meros qilib qoldiriiadigan umrbod egalik qilish, doimiy yoki muddatli foydalanish, ijara huquqlari bilan beriladi. Bunda mustaqil xo'jalik yuritish, ekinlarga va o'tqazilgahko'chatlarga, yetishtirilgan qishloq xo'jalik mahsulot-lariga va ularni sotishdan olingan daromadlarga mulkchilik va boshqa huquqlar kafolatlanadi.
Sanoat va boshqa faoliyatlar uchun yer mulk qilib yoki muddatsiz foydalanishga beriladi. Yerdan foydalanish huquqi berilgan fuqarolar, korxpnalar, muassasalar va tashkilotlar yemi ajratish shartlariga qattiq rioya qilishlari kerak. Bu esa yerdan foydalanuvchilar huquq-larining yer mulkdorlari va egalari huquqlariga nisbatan biroz cheklan-ganligini ko'rsatadi.
Yer tuzish ishlarini amalga oshirishda yer mulkchiligi birinchi navbatda ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ishtirok etadi; u yer mulkdorining va egasining foydalanuvchiga nisbatan hokimlik funksiyalarini tavsiflaydi. Yerga egalik qilish amaliy ma'noda yerdan foydalanishni ham nazarda tutadi, sababi, yerdan foydalanishning belgili tartibiga suyanadi. Qonun chiqaruvchi va ijrochi organlar yer
46
munosabatlarini tartibga solib, yerdan foydalanish va unga egalik qilish turlarini va maqsadini, shartlarini, tartibini, shakllarini, muddatlarini heigilaydilar. Qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish jarayonini va hu-quqiy ta'minlash majmuasini to'la ko'rsatish uchun yerga egalik qilish hamda yerdan foydalanish terminlari ishlatiladi.
Yer tuzishda «yerdan foydalanish» so'zi yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish va u berilgan maqsadni amalga oshirish bo'yicha ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatlar mazmunini belgilash uchun ishlatiladi. Bu vaziyatda yerdan foydalanish belgilangan tartibda korxonaga, muassasaga, tashkilotga, fuqaroga aniq maqsadlar uchun berilgan, joylarda chegaralangan yer uchastkasi ma'nosidaishlatiladi. Ma'muriy tumandagi bunday uchastkalar yig'indisi yerdan foydala-nuvchilar tizimini tashkil etadi.
Yerga egalik qilish mulkchilik, shaxsiy va jamoa faoliyati, qaytarilish va muddatlilik belgilari bo'yicha ajratiladi. Ular xususiy, jamoa-paychilik yoki qo'shma; fuqarolar uchun umrbod meros qilib qoldiriiuvchi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun doimiy; vaqtincha (ijara), to'lovli yoki tekin; mo'ljallangan maqsadlari bo'yicha - qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi, aralash bo'lisbiari mtimkin.
Yerdan foydalanish yana bir necha klassifikatsiyalash belgilariga ega. Yerdan foydalanishni tashkil etish shakllari bo'yicha ular jamoa va shaxsiy turlarga bo'linadi. Jamoa turiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shaxsiy turiga esa fuqarolar uchastkalari kiradi. Mo'ljal­langan maqsadlari bo'yicha yerdan foydalanish sanoat, transport, mudofaa, suv xo'jaligi, tabiatni muhofaza qilish, shahar qurilishi yerdan foydalanishlariga, foydalanish muddati bo'yicha - doimiy va vaqtincha, qisqa va uzoq muddatli turlarga ajratiladi. Huquqiy maqomi bo'yicha birlamchi (yer mahalliy ma'muriyat tomonidan beriladi) va ikkilamchi yerdan foydalanishlarga (yer mulkdor, birlamchi yer egasi yoki foydalanuvchi tomonidan beriladi) ajratiladi.
Yer fondi tarkibida yetakchi o'rinni qishloq xo'jalik korxonala-ri, fermer va dehqon xo'jaliklari yer egaliklari va yerdan foydala-nishlari egallaydi. Bu mamlakatimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'mmlashning asosi, yerning tabiiy va iqtisodiy salohiyatlaridan to'laroq foydalanish shaklidir. Ular jamoa xo'jaliklari, qishloq xo'jalik shirkatkri va xo'jaliklararo korxonalar hamda bpshqa davlat qishloq xo'jalik korxonalari, ilmiy - tekshirish muassasalari va o'quv yurtlari,
47
fermer xo'jaliMari yerlarini qamrab oladi. O'zbekistonning qishloq xo'jalik korxonalari yer egaliklari va yerdan foydalanishlari to'g'-risidagi ma'lumot 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval O'zbekistonda qishloq xo'jalik korxonalari yer egaliklari va yerdao


Yer egalari.va
yerdan foydala-
nuvchilar

[Umumiy maydoni

Shu jumladan qishloq xo'jalik yerlari

Haydaima
yerlar

Bo'z
yerlar

Pichari-zorlar

Yaylov-lar

Qishloq xo'jaligi yerlarining hammasi

5160

25789,8

4037,9

^79,7

110,0

15938,3

20505,3

Qishloq xo'jalik korxonalarining yer egaliklari va yerdan foyda­lanishlari unumdor yerlarning asosiy qismini qamrab oladi. Ularning tarkibida barcha qishioq xo'jalik yerlarining, ya'ni oziq-ovqat mah-sulotlarini olish uchun doimo foydalaniladigan yerlarning 96,3% bor. Qishloq xo'jalik yerlarining eng qimmatbaho turi haydaima yerlar hisoblanadi. Uning belgilari doimiy ishlanishi va don, texnika, ozuqa va boshqa ekinlarni ekish hamda bo'sh shudgor uchun foydala-nilishidir. Qishloq xo'jaligi korxonalari yerlarida barcha haydaima yerlar maydonining 99,6% jamlangan.
Qishloq xo'jalik korxonalari yerlarining O'zbekistonda 352,9 ming gektarini daraxtzorlar egallab turibdi, bu ularning umumiy maydoniga nisbatan 1,3% tashkil etadi. Bu yer turiga bog'lar, uzumzorlar, rezavorzorlar, ko'chatxonalar, tut plantatsiyalari va boshqalar kiradi. Ular meva, rezavor, texnika, ozuqa va dorivor mahsulotlar yetishtirish hamda xushmanzaralik yaratish maqsadlari uchun mo'ljallangandirlar.
Qishloq xo'jalik korxonalari va xo'jaliklari yerlari tarkibida 0,42% pichanzorlar va 61,8% yaylovlar ya'ni doimiy ravishda chorva mollarini boqish va pichan o'rish uchun mo'ljallangan yerlar bor. Bu yerlarning unumdorligini oshirish chorvachilik ozuqa bazasining asosiy rezervidir.
Jamoa xo'jaliklari yerlarining umumiy maydonlari oxirgi yillarda
asta-sekin fermer va dehqon xo'jaliklariga yer ajratish natijasida
^kamayib bormoqda.! Lekin ular tarkibida haydaima yerlar nisbati
6'sib bormoqda. Bti yerdan foydalanishni intensivlash (sug'ofish,
48
zax qochirish), foydalanilmayotgan yerlarni noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun ajratish natijasida ro'y bermoqda.
Jamoa xo'jaliklarining ajratilgan yerlar maydoni bo'yicha o'l-chamlari mintaqalar bo'yicha har xil; bu tabiiy va iqtisodiy omil-lardan kelib chiqadi. Qishloq xo'jalik yerlarining konturlari yirik bo'lgan cho'l hududlaridagi xo'jaliklarda ularning maydonlari katta (7-jadval).
Agrar islohot jamoa xo'jaliklarining yerda ishlash usullariga va shakllariga tub o'zgarishlar kiritdi. Bu korxonalar 1998— yil 30— aprelda qabul qilingan va 2003—yil avgust oyida tuzatishlar kiritilgan «Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida», «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi, «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi Qonunlarga asosan qayta tashkil etilishJari kerak. Jamoa xo'jaliklari qishloq xo'jalik kooperativlariga aylantirilmoqda, fermer va dehqon xo'jaliklari tuzilmoqda, yerdan foydalanishning va ishlab chiqarishni tashkil etishning ijara va oila pudrati turlariga o'tilmoqda. Yerdan foydala-nuvchilar mulkdorlarga aylanib, o'z huquqlarini kengaytirmoqda.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish