56
tarkibidagi kelishik affikslari esa o’zining grammatik xususiyatini yo’qotib,
so’zning tarkibiy qismiga aylanib qolgan.
Eski o’zbek tilida iste’molda bo’lgan ravishlarning va ravish ma’nosida
qo’llanuvchi so’zlarning ma’lum qismi boshqa sistemadagi tillarda o’zlashtirilgan.
Bunday so’zlarning ko’pchiligi eron tillariga, ayrimlari arab tiliga mansub:
Ā
hista
aytduqыmыznы ham eshitүr (Tafcsir). Men hargiz almыshыm yoq (QR). yochrәdi
nāgāh
raqibi
(Lutfiy).
Dāimā
mastu
bexabar
kөrүnүr
(Atoiy).
Eski o’zbek tilida iste’molda bo’lgan ravishlarning
asosiy qismi yasama
so’zlardan iborat bo’lib, ular morfologik va sintaktik usullar bilan hosil bo’lgan.
Asli o’zbekcha tub ravishlar juda kam sonni tashkil etadi. Bulardan
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Bizniң atalarыmыz kim, ashnu өldilar, (Tafsir).
Bat bol, bashың al, qach (Atoiy).
Eski o’zbek tilida tub so’z sifatida tasavvur
qilingan ayrim ravishlar aslida yasama ravish bo’lgan. Masalan,
naru
(nari),
beru
(beri) ravishlari
uzoqlikni anglatuvchi
na
va yaqinlikni anglatuvchi
be
so’zlariga
qadimgi jo’nalish kelishigi affiksi –
ru
qo’shilishi bilan hosil bo’lgan.
Eski o’zbek tilida quyidagi affikslar bilan turli so’z
turkumlaridan ravish
yasalgan:
-
cha/-chә
affiksi bilan yasalgan ravish ish-harakatning holati, miqdori,
darajasi kabi ma’nolarni ifodalaydi yoki biror harakat
belgisining boshqa harakat
belgisiga o’xshashligini ko’rsatadi. Bu affiks turli so’zlarga qo’shilib ravish
yasaydi:
1.
Otga qo’shiladi:
Alar ham tүrkchә ayturlar (Navoiy ML)
.
2.
Kishilik va ko’rsatish olmoshlariga qo’shiladi:
Dunyāda bar-mu ekәn
menchә yaman (SHN). Hech kimgә senchә bermәdi, ayyār, qash-u kөz (Lutfiy).
3. Sifatga qo’shiladi:
Pādshāhzādalarnың ulug’ыna ulug’cha va kichiginә
kichikchә berdi (SH.tar.).
–
g’acha/-gәchә/-qacha/-kәchә
affiksi jo’nalish kelishigiga –
cha/-chә
affiksi
qo’shilishi bilan hosil bo’lgan qo’shma affiks bo’lib, ot, sifat, olmosh, ravish
turkumidagi so’zlardan ravish yasaydi:
Tүngәchә urmaq edi kөksigә tash
(Navoiy,MQ). Ushbu haftag’acha yoq erdi xabar (SHN).
-tek/-dek
affiksi o’xshatish, qiyoslash kabi ma’nolarni ifodalovchi ravish
yasaydi:
Sakkākiy kөz yashыn yaz yamg’urы-tek yag’durur (Sakkokiy). Kөrmәgәn
bir sen-dke ahli rozg’ār (Navoiy).
-la/-lә
affiksi payt ma’nosidagi otlarga, asosan,
taң, tun
so’zlariga qo’shilib payt
ravishi yasaydi:
Tүnlә-oq yetti oshul qorg’ang’a (SHN). Emdi taңla bu sөz Abid
xāng’a yetәr (SH.turk).
-āna
affiksi otga qo’shilib, o’xshatish, qiyoslash ma’nosidagi ravish yasaydi.
O’zbek tiliga bu forma eron tillaridan o’zlashtirilgan:
Seni men өltүrүr-men, teb
ayttы turkāna (Sakkokiy). Xeyli mardāna yigit edi (BN).
-an
affiksi eski o’zbek tilida kam iste’molda bo’lgan:
Ulug’lыg’ы taxminan on
qarы bolg’ay (BN).
Sintaktik
usul bilan ravish yasalishi bo’yicha eski o’zbek tili bilan hozirgi o’zbek
tili o’rtasida deyarli farq yo’q. Qo’shma ravishlar quyidagi so’zlar ishtirokida
hosil bo’ladi:
57
1.
Bir
so’ziga payt, makon, va shunga o’xshash ma’nolarni bildiruvchi
so’zlarni qo’shish bilan:
Bir lahza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Meni bir yerdә muqim
etkүsidүr (SHN).
2.
Har
belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni
qo’shish bilan:
Har kun salamg’a barur erdim (Tafsir). Har yerdә barsaңыz
qullug’da bolur-siz (BN).
3.
Ul, bu, oshal
kabi olmoshlarga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni
qo’shish bilan:
Kөңlүm ul yān tartadur (Lutfiy). Bu qыsh qār bisyār ulug’ tushub
erdi (BN).
4.
Hech, qay
olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni
qo’shish bilan:
Hech zamānda hech kim eshitkәn vә kөrgәn yoqtur (SH.tar.).
Eski o’zbek tilidagi ravishlarni ham ma’no jihatdan quyidagicha tasnif qilish
mumkin:
1.
Holat ravishlari:
āhista, ravān, āsān, āgāh, tүrkchә, āshыqāna.
2.
Payt ravishlari:
tүnlә, hargiz, nāgāh, hamisha, damādam, dambadam, har dam,
har lahza, avval, hālā.
3.
O’rin ravishlari:
har sarы, bu yer, bunda, anda.
4.
Daraja-miqdor ravishlari:
az, kөp, bүrgүtchә, menchә, ulug’cha, g’āyat,
bag’āyat.
5.
CHegaralov ravishlari:
haftag’acha, kөkkәchә, G’aznыg’acha, axshāmg’acha,
xususan, bataxsis.
6.
O’xshatish ravishlari:
lāladek, burung’ыdek, ыnang’udek, yegүtek, paritek.
Juft ravishlar.
Eski o’zbek tilidagi juft ravishlarning ko’pchilik
qismi ot
turkumidagi so’zlarning ravishga ko’chishidan hosil bo’lgan:
Yana tun-kun
bardыlar (Tafsir). Qazar erdi arыg’nы kecha-kunduz (Navoiy,FSH).
Savol va topshiriqlar:
1.
Eron tillaridan o’zlashgan ravishlarga misol yozing.
2.
Arab tilidan o’zlashgan ravishlarga misol yozing.
3.
Ravish yasovchi qo’shimchalarni sanang.
4.
Ravishning ma’no turlarini sanab bering
va manbalardan misollar
keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: