Xalq og‘zaki ijodidan parcha. “Kuntug‘mish” dostoni”. ______ sinf
o‘quvchilari ijrosida.
Muallif:
Xalq og‘zaki ijodining durdona asarlaridan bo‘lgan “Kuntug‘mish” dostonidan parcha. Podshoh Kuntug‘mish o‘z bolalarini qatl qilish marosimida.
Mohiboy:
O‘laman deb mard qavlidan toyama,
Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama
Oq suvdan yilqingni o‘zim haydadim
Qo‘lingdan kelganin qilgin ayama.
Mardlarning parvoyi bo‘lmas o‘limdan
Musulmonman kalima kelar tilimdan.
Xolbeka:
Qaladin qalampir yuklar qalachi
Durdonadan anbar tog‘ning og‘ochi
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalomu alaykum dorning og‘ochi
SHonaman taralar qizlarning sochi
Madad qiling bobo Zangi podachi
Analhaq deb Mansur senga osildi
Assalom alaykum, dorning og‘ochi
Mohiboy:
E sho‘rlik qismati qattiq enam. Bu dunyoga kelib biror shod bo‘lmay yig‘lab o‘tgan enam. Taqdiringga ko‘n-da. Bu og‘ochning qo‘lidan nima keladi?
Bizlar chiqdik ena Zangar elidan
Bog‘bon uzar bog‘ning toza gulidan
Yig‘lasang Xudoga yig‘la enajon
Nima kelar quv og‘ochning qo‘lidan
Podshoh tolibdir taxt bilan tog‘ga
Ko‘ngli kelar doim zakotmand bojga
Nima kelar quv og‘ochning qo‘lidan
Kofirmisan, elinasan og‘ochga.
Gurkiboy:
Ooo jallodlar, avval meni o‘ldiringlar, mening oldimda Mohi o‘lmasin, mening ko‘zim ko‘rmasin. Mening yoshim katta, yo‘l meniki
Beklar minar bedov oting tolmasin,
Hech kimsa dunyoda bizday bo‘lmasin
Mendan burun Mohi bebaxt o‘lmasin
Mohining o‘ligin ko‘zim ko‘rmasin
Zolim jallod, bilmaganin bildirgin
Yig‘latma Mohini, o‘ynab-kuldirgin
Meni o‘ldir Mohini qo‘y jallodlar,
YOshim ulug‘, avval meni o‘ldirgin.
Mohi: e jallodlar, gunohni men qildim. Gurkiboy meni shuncha qaytardi,
aytganini qilmadim. Gurkining gunohi yo‘q, meni o‘ldiringlar, Gurkini ozod
qilinglar. Gurkining qoniga zomin bo‘lmayin.
Kuntug‘mish:
Bolam kepti, necha tog‘lardan osha
Ikki zulfi gardiniga yarasha
Po‘shta-po‘sht tomoshabin jonlarim
O‘lganin nesin qilasizlar tomosha
Qo‘ldan ketgan davr ilan davronlarim
Vayron bo‘lib ko‘shk ilan ayvonalrim
O‘lganin nesin qilasizlar tomosha
Yo‘l bering tomoshabin jonlarim
Bolamning oldida men dod aylayin
O‘z holima necha faryod aylayin
O‘lganin nesin qilasizlar tomosha
Qochinglar bolamni ozod aylayin.
Xolbeka:
Men seni shahzoda dedim, mard dedim
Sen qanday siynamga qo‘ygan dard eding.
CHiqsin ko‘zing tanimading bolangni
Ne tiling buni dorga tort deding
Armon bilan bilganim bildirding
Zor yig‘latib ko‘zim yoshga to‘ldirding
Ne tilingman buni dorga tor deding
Podshoh bo‘lib o‘z bolangni o‘ldirding
YUra bilmay yurar yo‘ldan toyrildim
Ucha bilmay qanotimdan qayrildim
Ne tilingman buni dorga tort deding
Armon bilan men bolamdan ayrildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |