Muallif: Doston nihoyasida barchasi baxtli yakun topdi.
Til haqida fikrlar (_____-sinf o‘quvchilari):
1-o‘quvchi. O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
2-o‘quvchi. Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi. U inson kamolotida betakror o‘rin tutadi. CHunki onalarimiz bizga shu tilde alla aytadi., inson uchun hayotiy zarurat bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiradi., odob axloqimiz, fe'l-atvorimiz til orqali berilgan o‘git va nasihatlar asosida shakllanadi. Inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog‘liq.
3-o‘quvchi. Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini anglab etishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o‘rin tutadi.
O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir.
Raqs. ______ sinf o‘quvchisi Toshmurodova Gulsevar ijrosida (“Doirangni chal” qo‘shig‘i”)
Do'stlaringiz bilan baham: |