S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Tayanch so’zlar:
Tovar, sifat, talab, taklif, korxona, ishlab chiqarish, axborot, infrastruktura, 
assortiment, texnika, texnologiya, iste’molchi, samaradorlik, unifikastiya, 
avtomatizastiya.
Takrorlash uchun savollar:
228


1.
Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari nima sababdan boshqariladi?
2.
Sifat ko’rsatkichlarini boshqarishda normativ texnik hujjatlarnihg ahamiyati.
3.
Sifat ko’rsatkichlariga tasir etuvchi asosiy ko’rsatkichlar?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari, - T: O’zbekiston, 2009. - 56 b.
2. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - 
davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi 
ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - xayot xaqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 
2009. - 24 b.
4. Radkeevich Ya. M, Sxirtladze A.G, Laktionov B.I, Metrologiya standartizastiya 
i sertifikatsiya. M.,2006 god.
5. Karimov A. "Xizmatlarni sertifikatlashtirish muammolari’ O’zbekiston 
iqtisodiy axborotnomasi № 2. 1998.
2.12. Tovarlarni ishlab chiqarishda sifat ta’minlash
2.12.1. Standartlarni ishlab chiquvchi xalqaro tashkilotlar.
2.12.2. Maxsulot sifatini ta’minlash tizimlarining xalqaro standartlari.
2.12.3. Sifatni ta’minlovchi tizimni standartlashtirishni takomillashtirish.
2.12.1. Standartlarni ishlab chiquvchi xalqaro tashkilotlar.
Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) 25 ta standartlashtirish 
bo’yicha xalqaro tashkilotlar asosida 1946 yili tashkil etilgan. Ushbu tashkilot o’z 
faoliyatini 1947 yili boshlagan. Uning asosiy ta’sischilaridan biri sobik SSSR 
bo’lgan. Tashkilotni tashkil etishda va nom tanlashda, uni har qanday tilda bir xil 
yangrashiga etibor berilgan. Shuning uchun lotin so’zi “isos”- ya’ni teng degan 
so’zni tanlab, standartlash bo’yicha xalqaro tashkilotga ISO (ISO) qisqartmasi 
berilgan. ISO elektronika va elektrotexnika sohasidan tashqari barcha sohada 
o’zining standartlashtirish faoliyatini olib boradi. Ba’zi faoliyatlarini boshqa 
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi. Bundan tashqari ISO 
sertifikatlashtirish muammolari bilan ham shug’ullanadi. ISO ning 
standartlashtirish ob’ektlariga mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, qurilish, qadoqlash 
va transportirovka, sog’likni saqlash va boshqa texnik sohalar kiradi. Hozirgi 
kunda ISO ga 120 dan ortiq mamlakatlar o’zlarining standartlashtirish bo’yicha 
tashkilotlari bilan birga kirgan. ISO ning tarkibiy tuzilishi boshqaruv va ijroyi 
organlardan iborat (1-chizma).
Boshqaruv organlariga - Bosh assambleyasi, Kengash, Texnik boshqaruv 
byurosi kiradi. Ijroyi organlarga - Texnik komitet (TK), Texnik konsulat guruhlar 
229


kiradi (TKG). Bosh assambleya - bu komitetlar - a’zolar tomonidan saylangan 
mansabdor shaxslar va delegatlar yigindisidir. Kengash Bosh assambleya 
sessiyalari orasida ISOning ishlarini boshqaradi. Kengash Bosh assambleyani 
chaqirmasdan komitetlar - a’zolarga konsultastiya uchun masalalarni yuborishi 
yoki ularni komitetlar -a’zolarga topshirish huquqiga ega. Kengash tomonidan 
qo’yilgan masalalarning echimini Kengash yig’ilishida ishtirok etgan komitetlar 
-a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Yig’inlar orasidagi davrda 
qaror qabul qilishga to’g’ri kelsa, Kengash yozishish yo’li bilan buni amalga 
oshirishadi. ISO ning Kengashiga ettita komitet bo’ysunadi: PLAKO (texnik 
byuro); STAKO (standartlashtirishni ilmiy prinsiplarini urganuvshi komitet); 
KASKO (Muvofiqlikni baholovchi komitet); INFKO (ilmiy-texnik axborotlar 
komiteti); DEVKO (Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatish bo’yicha 
komiteti); KOPOLKO (Iste’molchilarni huquqini himoyalash bo’yicha komitet); 
REMKO (Standart namunalar bo’yicha komitet); Dunyoda keng qo’llaniladigan 
ISO standartlari 10 mingdan ortiq bo’lib, ular har yili qaytadan ko’rib chiqiladi va 
yangi 500-600 ta standart qabul qilinadi.
ISO standartlari - mahsulotga (xizmatga) bo’lgan texnik talablarni har 
tomonlama ishlab chiqilgan variantidir. Bu esa o’z yo’lida butun dunyo 
qatnashadilar (Rossiyaning GOST standart RF qatnashadi). Ba’zi bir 
mamlakatlarda MEK qatnashishiga standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlar 
tuzilmasiga kirmaydigan maxsus komitetlar tashkil qilingan. (Fransiya, 
Germaniya, Italiya, Belgiya va b.). Tashkilotning asosiy maqsadi uning Nizomida 
aniq keltirilgan bo’lib: xalqaro standartlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish 
orqali, elektrotexnika va radio texnika sohasida standartlashtirish va u bilan bog’liq 
umumiy muammolar bo’yicha xalqaro hamkorlikka ko’maklashishdir.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish