qonunchilikni hisobga oladigan maxsus qonuniy hujjatlarni joriy etish to’g’risida
kelishib olindi.
Keyinchalik jahon amaliyotida EHM ob’ektlarini muhofazalash masalalarini
hal qilishda ikki yo’nalish keng tarqaldi:
•
mualliflik huquqi to’g’risidagi mavjud qonunchilikka o’zgartirishlar
kiritish;
•
EHM dasturlari uchun mualliflik huquqi to’g’risida
maxsus qonun
ishlab chiqish.
Bu yo’nalishlar O’zbekiston qonunchiligida o’z aksini topdi. O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to’g’risida”gi qonuniga muvofiq EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlar
mualliflik huquqi ob’ektlariga kiritilgan. Demak, tegishlicha EHM va ma’lumotlar
bazasi uchun dasturlarga mualliflik huquqining barcha tamoyillari tarqaladi.
Shuni qayd etib o’tamizki, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lgan
va ob’ektiv shaklda taqdim etilgan EHM va ma’lumotlar bazalari uchun har
qanday dasturlarga, ularning maqsadi va qimmatidan qat’iy nazar, tarqaladi. EHM
yoki ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga mualliflik
huquqi uning aksi
isbotlanmaguncha tarqaladi.
EHM yoki ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni noqonuniy ko’chirib olish
yoki tarqatish, shu jumladan o’zgalarning nomi bilan chiqarish mualliflik
huquqining buzilishi hisoblanadi.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarining
nusxalariga qonuniy
egalik qiluvchi shaxslarga huquq egasidan qo’shimcha ruxsatnoma olmasdan
dasturning maqsadiga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlash bilan bog’liq har
qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan EHMga yozish va xotirasida
saqlash, shuningdek uning ko’rinib turgan xatolarini tuzatish huquqi beriladi.
Bunda agar huquq egasi bilan tuzilgan shartnomada boshqa holat ko’zda
tutilmagan bo’lsa, qonun bilan faqat bitta EHM yoki tarmoqdagi bitta
foydalanuvchining dasturlarni yozib olishi va xotirada saqlashiga yo’l qo’yiladi.
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun bu ob’ektlarni
huquqiy
muhofazalashning muhimligi va o’ziga xosligini hisobga olgan holda “Elektron
hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy
muhofazalash to’g’risida”gi qonun bilan EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar
bazasiga mualliflik huquqlari (mualliflik huquqining boshqa har qanday ob’ektlari
kabi) ular yaratilgandan so’ng vujudga keladi va qandaydir ro’yxatga olish yoki
boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilishni talab qilmaydi. Muallif o’z dasturini o’z
istagiga ko’ra va faqat o’z mualliflik huquqining muhofaza darajasini oshirish
maqsadida ro’yxatdan o’tkazishi mumkin. Masalan, dasturlarni davlat ro’yxatiga
olish nizoli holatlarda, ishni sudda ko’rishda (asl variant (dastlabki matn)ni aniq
belgilash zaruriyati tug’ilgan va hokazo) o’z mualliflik
huquqi hajmlarini
identifikastiyalashni osonlashtiradi.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun
Davlat patent idorasida EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy
muhofazalash agentligi
Do'stlaringiz bilan baham: