S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
(bundan keyin-Agentlik)
 
tashkil etilgan.
O’z dasturi yoki ma’lumotlar bazasini ro’yxatdan o’tkazish uchun muallif 
55


(yoki boshqa huquq egasi) Agentlikka tegishli talabnoma berishi zarur.
Bunday talabnoma bitta EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazalariga 
taalluqli bo’ladi va quyidagi hujjatlarni o’z ichiga oladi:

huquq egasi, muallifi, asar nomi va boshqa belgilangan ma’lumotlarni 
ko’rsatgan holda EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro’yxatga 
olishga talabnoma;

dastur yoki ma’lumotlar bazalarini anglantiruvchi va dastur yoki 
ma’lumotlar bazasining maqsadi, qo’llanish sohasi va funkstional imkoniyatlari 
ko’rsatilgan referatni o’z ichiga olgan deponentlangan materiallar, shuningdek 
dastur yoki ma’lumotlar bazasining dastlabki matni listing (bosma nusxasi)ning 
dastlabki 25 va oxirgi 25 beti. Listingga dasturni identifikastiyalash uchun zarur 
boshqa materiallar, masalan displey ekranida olinadigan tasvirning qog’ozga bosib 
chiqarilgan nusxalari (standart videokassetalardagi yozuvlar yoki fotografiyalar 
berilishi mumkin) ilova qilinishi mumkin.

dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun tegishli 
ro’yxatga olish bojlari to’lanadi
.
Agentlik ro’yxatga olish uchun buyurtma tushgandan so’ng rasmiy 
ekspertiza o’tkazadi (bunda zarur hujjatlarning mavjudligi hamda qoidalarda 
belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi) va tekshirish natijalari ijobiy 
bo’lsa, Agentlik EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari EHM uchun 
dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini tegishlicha Dasturiy maxsulotlar davlat 
reestri yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reestriga kiritadi, buyurtma beruvchiga 
dastur yoki ma’lumotlar bazalarining rasmiy ro’yxatga olinganligi to’g’risida 
guvohnoma beradi hamda Agentlikning rasmiy byulletenida ro’yxatga olingan 
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon 
qiladi.
Agentlik shuningdek EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga 
mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga berish to’g’risidagi shartnomalarni ham 
ro’yxatga oladi. Bunda qonun bilan bunday shartnomalarni tomonlarning roziligi 
bilan ro’yxatga olish mumkinligi belgilab qo’yilgan, ro’yxatga olingan dasturlarga 
mulkiy huquqlarning to’laligicha boshqa shaxslarga berilishi to’g’risidagi 
shartnomalar belgilangan tartibda ro’yxatga olinishi shart.
Xulosada yana bir bor shuni ta’kidlab o’tamizki, hisoblash texnikasi 
ob’ektlarini (EHM uchun dasturlar va algoritmlar va ma’lumotlar bazalari) 
huquqiy muhofazalash fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi va demak, davlatimiz 
iqtisodiy farovonligi oshishiga ko’maklashuvchi omildir.
EHM sanoat asosida ishlab chiqarila boshlangan sanadan (1951 yil, 
Remington Rand Cor.) boshlab hisoblash texnikasi ob’ektlarini muhofazalash 
muammolarini hal qilishda ikki yo’nalish: patent va mualliflik huquqi keng 
tarqaldi. Bu EHMni muhofazalash ob’ektlarining dastlab ixtiro sifatida patent 
huquqi bilan himoyalanadigan apparat-texnika ob’ektlari hamda mualliflik huquqi 
bilan himoyalanadigan dasturiy ta’minot ob’ektlariga bo’linganligi bilan 
bog’liqdir. Keyinchalik bu ob’ektlarning har biri etarli darajada mustaqil toifalarga 
bo’linadigan bo’ldi. EHM apparat-texnik qismining rivojlanishida sifat jihatidan 
birmuncha yangi bosqichlar yoki boshqacha aytganda EHMning yangi avlodi 
56


vujudga keldi. EHMning integral mikrosxemalarga o’tishi bilan apparat-texnika 
qismidan mustaqil ob’ekt - integral mikrochizmalar (IMS) topologiyasi ajralib 
chiqdi.
EHMning apparat-texnika qismini muhofazalash masalalari bilan 
shug’ullanadigan Patent huquqi instituti quyidagi sabablarga ko’ra IMS 
topologiyalarini huquqiy himoyalash masalalarini hal qila olmaydi:
IMS topologiyalarining muhofaza qilishga yaroqliligini baholash uchun 
ixtironing patentga layoqatliligi mezonlarini qo’llanish imkoniyati yo’k, chunki:
IMS topologiyasining IMS integrastiya darajasiga bog’lik bo’lgan (IMS 
ayrim elementlari topologiyasining ijro shakli va o’zaro joylashishi hamda ularning 
o’zaro aloqasini aks ettiruvchi) ko’plab belgilar shunchalik katta (yuz minglab 
atrofida) bo’lishi mumkinki, shu kabi cheklanmagan miqdordagi echimlarni 
qiyosiy tahlil qilish (buyurtmada ko’rsatilgan IMS topologiyasining “yangiligini” 
baholash) juda sermashaqqat va samarasiz ishdir;
Topologiyalarning standart (kutubxona) elementlar, avtomatlashtirilgan 
loyihalash tizimlari va ularni sintez qilishning boshqa ma’lum qoidalarini qo’llanib 
yaratilishi buyurtma berilgan topologiyaning “ixtiro darajasi” mezonlariga 
muvofiqligini baholashni muammoli masala qilib qo’yadi.
Texnikaning hozirgi davrdagi rivojlanish darajasida ixtiroga patent 
muhofazasi olish jarayoni davom etadigan muddat IMS topologiyalari ma’naviy 
jihatdan eskirib qoladigan o’rtacha muddatga tengdir. 
Bundan tashqari, ixtiro – texnik echim bo’lib, uni ifodalash
shakllari 
turlichaligi bilan ajralib turadi (bunda muhim belgilari majmui o’zgarishsiz 
qoladi), IMS topologiyasi esa faqat bitta ifoda shakliga (faqat shu IMSning o’zini) 
ega bo’lgan echimdir, ya’ni boshqa IMS har doim ham boshqa topologiyaga ega 
bo’ladi.
 
IMS topologiyasi ob’ekti shuningdek “sanoat namunasi” ob’ektiga ham 
to’g’ri kelmaydi, chunki uning tashqi ko’rinishi texnik estetika talablari bilan 
emas, balki IMSning faqat talab etiladigan texnik xususiyatlari va funkstional 
maqsadi bilan belgilanadi va ishlatish jarayonida uni ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi.
IMS topologiyasini muhofazalash uchun mualliflik huquqi me’yorlarini 
qo’llanish ham ancha qiyin, chunki Bern konvenstiyasining 2(1)-moddasida 
keltirilgan mualliflik huquqi bilan muhofazalanadigan ob’ektlar ro’yxatiga 
muvofiq IMS topologiyasini mualliflik huquqining hech bir ob’ekti bilan 
identifikastiyalash mumkin emas.
Ushbu vaziyatlar munosabati bilan integral mikrosxemalar topologiyasini 
muhofazalash bo’yicha maxsus qonun qabul qilish zarurligi ayon bo’lib qoldi.
Birinchi marta 1986 yilning dekabrida Yevropa iqtisodiy hamjamiyati 
(EIH)ga a’zo mamlakatlar Yarimo’tkazgichli buyumlar topologiyasini huquqiy 
muhofazalash to’g’risidagi bitimni qabul qildilar. 
Ushbu Bitim yarimo’tkazgich buyum, yarimo’tkazgich buyum topologisi
tijorat maqsadlarida foydalanish kabi tushunchalarni belgilab beradi va har bir 
ishtirokchi mamlakat ushbu Bitim qoidalariga muvofiq ravishda topologiyalarga 
mutloq huquqlarni belgilovchi huquqiy me’yorlarni qabul qilish yo’li bilan IMS 
topologiyasining huquqiy muhofaza qilishini ta’minlashi zarurligini ko’zda tutadi.
57


1989 yilning may oyida Vashingtonda mikrosxemalarga nisbatan intellektual 
mulk to’g’risida shartnoma tuzildi.
IMS topologiyasini huquqiy muhofazalashning asosiy o’ziga xos 
hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Muhofaza hujjati egasi sanoat mulki ob’ektiga mutloq huquqlar kabi IMS 
topologiyasiga ham mutloq huquqlarga ega bo’ladi. Bunda faqat topologik 
sxemaning o’zi muhofaza ob’ekti hisoblanadi. Beriladigan muhofaza topologiyada 
mujassamlashgan g’oya, usul, tizim, texnologiya yoki kodlangan axborotga 
tarqalmaydi.

IMS topologiyasini huquqiy muhofazalash mezoni uning o’ziga 
xosligi, ya’ni originalligi hisoblanadi. Bunda muallifning ijodiy faoliyati natijasida 
yaratilgan topologiya original hisoblanadi.

IMS topologiyalari Patent idoralari tomonidan rasmiy ekspertiza 
o’tkazilgandan so’ng ro’yxatga olinadi va muhofaza hujjati beriladi, IMS 
topologiyasining o’ziga xosligi (originalligi) uning aksi isbot etilmaguncha tan 
olinadi;

Huquq muhofazalashning o’rtacha muddati turli mamlakatlarda o’n 
yilga teng bo’lib, bu sanoat namunasi ob’ektini muhofazalash muddatiga yaqin;

Ko’p qonunlarda “huquqlarning tugashi” tamoyili mavjud bo’lib, unga 
muvofiq integral mikrosxema yoki undan foydalanib tayyorlangan buyumning 
qonuniy egasi bo’lgan har qanday shaxs undan erkin foydalanishi, shuningdek 
huquq egasining hech qanday maxsus ruxsatnomasini olmasdan uni uchinchi 
shaxslarga berishi mumkin.

qonuniy yo’l bilan sotib olingan integral mikrosxemalar yoki tarkibida 
shunday mikrosxemalar bo’lgan buyumlardan foydalanish, agar foydalanayotgan 
shaxs bu integral mikrosxemalar va buyumlar topologiyalardan fodalanish 
bo’yicha mutloq huquqlar buzilgan holda tayorlanganligi va tarqatilganligi haqida 
bilmasa (yoki ogohlantirilmagan bo’lsa), mutloq xuquqlarning buzilishi deb tan 
olinmaydi (atayin buzmaslik tamoyili);

Boshqa muallif tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan xuddi shunga 
o’xshash o’ziga xos topologiyadan foydalanish bo’yicha harakatlar ham 
topologiyadan topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlarning buzilishi deb tan 
olinmaydi. 
O’zbekistonda 2001 yilning may oyida “Integral mikrochizmalar 
topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi, unda 
topologiyalarni muhofazalashning yuqorida ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlari 
o’z aksini topdi.
Bunda topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlar quyidagi sanalarning 
eng birinchisidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi:

topologiya xo’jalik oborotiga kiritilganligi hujjatlar bilan qayd 
љilingan eng oldingi sana bo’yicha belgilanadigan topologiyadan birinchi marta 
foydalanish sanasi;

topologiya ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumot rasman e’lon 
qilingan sana.
Qayd qilamizki, topologiyani ro’yxatga olish (ro’yxatga olinganligi 
58


to’g’risidagi guvohnoma berish) uchun talabnoma Davlat patent idorasiga 
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasidan boshlab ikki yil mobaynida 
muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan berilishi mumkin. Hozirgi 
vaqtda (2001 yil 1 may) topologiyalarni ro’yxatga olish uchun talabnomalarni 
rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilmoqda.
Xulosada shuni ta’kidlab o’tamizki, integral mikrosxemalar topologiyasini 
huquqiy muhofazalash to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi O’zbekistonda 
intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash tizimini rivojlantirish yo’lidagi yana 
bir muhim qadam bo’ldi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish