partenoklonlar, liniya va duragaylardir.
Qonunchilikka muvofiq O’zbekistonda seleksiya yutuqlariga huquqlar
patent yoki guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Selekstiya yutuqlariga beriladigan bu ikki hujjatning bir-biridan farqi
shundan iboratki, seleksiya yutug’iga patent to’liq ekspertiza o’tkazilgandan so’ng
beriladi, guvohnoma berish uchun esa seleksiya yutug’ining bir xilligi va
barqarorligini sinash kifoya. Bundan tashqari, guvohnoma O’zbekistonda
muhofaza qilinmaydigan botanik hamda zoologik tur va zotlarga ham berilishi
80
mumkin.
Demak, seleksiya yutug’iga berilgan patent seleksiya yutug’ining yangiligi,
uning farqli tomonlari, bir xilligi va barqarorligini, shuningdek patent egasining
ushbu seleksiya yutug’ini nomlash, unga egalik qilish va foydalanish huquqini
tasdiqlaydi.
Guvohnoma esa guvohnoma egasining faqat seleksiya yutug’ini
nomlash, unga egalik qilish, foydalanish huquqini tasdiqlab beradi.
Ko’rsatilgan mutloq huquq shundan iboratki, muhofazalangan
seleksiya yutug’ining urug’lik, ko’chat yoki zotchilik materiallari bilan ishlashni
istagan har qanday shaxs patent yoki guvohnoma egasidan quyidagi harakatlar
uchun ruxsatnoma olishi kerak:
•
nav va zotni ishlab chiqarish va ko’paytirish;
•
ekish kondistiyasigacha etkazish;
•
sotish uchun taklif etish;
•
sotish va sotishning boshqa shakllari;
•
O’zbekiston hududidan olib chiqish yoki uning hududiga olib kirish;
•
Yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarda saqlash.
Selekstiya yutug’iga muhofaza hujjati olish uchun seleksiyachi, ish
beruvchi va boshqalar patent yoki guvohnoma berilishi uchun tegishli talabnomani
berishlari zarur. Talabnoma Davlat patent idorasi qoshidagi Selekstiya yutuqlari
bo’yicha agentlikka topshiriladi.
Har bir talabnoma o’z ichiga
•
belgilangan shaklda patent yoki guvohnoma berilishi so’ralgan
talabnoma;
•
seleksiya yutug’ini nomlash to’g’risidagi taklif;
•
nav, zotning tavsifi (texnik anketa);
•
namunalar suratlari;
•
talabnoma beruvchi o’tkazgan nav yoki zotni sinash natijalari
to’g’risidagi hujjatlar;
•
shuningdek talabnoma beruvchining seleksiya yutug’idan
foydalanilmaganligi va sotilmaganligi va uning yangilik talablariga muvofiqligi
to’g’risidagi maxsus deklarastiyasini oladi.
Bundan tashqari, talabnoma berish, boshqa yuridik harakatlarni amalga
oshirish uchun talabnoma beruvchi belgilangan miqdorda davlat boji to’lashi zarur.
So’ngra har bir talabnoma bo’yicha seleksiya yutug’i ekspertizasi
o’tkaziladi. Bunday ekspertiza o’z ichiga talabnomaning rasmiy ekspertizasi, nav
yoki zotning yangiligini ekspertizadan o’tkazish va farqli, bir xilligi va
barqarorligini davlat sinovlarida aniqlashni o’z ichiga oladi.
Selekstiya yutug’ining yangiligini aniqlash uchun ixtisoslashgan tashkilotlar
tomonidan ekspertiza va davlat sinovlari o’tkaziladi, ular ekspertiza va sinov
natijalari bo’yicha Davlat patent idorasiga nav yoki zot to’g’risida tegishli xulosani
taqdim etadilar. Shuni qayd etib o’tamizki, patent olish uchun talabnoma berilgan
sanada seleksiyachi, uning huquqiy vorisi yoki ularning roziligi bilan urug’lik,
ko’chat yoki naslchilik materiallari va boshqa shaxslarga sotilmagan yoki quyidagi
joylarda foydalanish uchun berilmagan bo’lsa yangi deb hisoblanadi:
81
•
O’zbekiston hududida – talabnoma berilgan sanadan bir yil ilgari;
•
Boshqa davlatning hududida – talabnoma berilagan sanadan to’rt yil
ilgari yoki bu uzum, yog’ochli, manzarali, mevali ekinlar va o’rmon daraxtlari
bo’lsa, ko’rsatilgan sanadan olti yil ilgari.
Ekspertiza va sinovlar natijalari ijobiy bo’lganda patent yoki guvohnoma
berish to’g’risida qaror qabul qilinadi, seleksiya yutug’i O’zbekiston Respublikasi
Davlat seleksiya yutuqlari reestrida ro’yxatga olinadi va bu haqdagi ma’lumotlar
rasmiy e’lon qilinadi. Shundan so’ng seleksiya yutug’i egasi patent yoki
guvohnoma oladi.
Selekstiya yutuqlarini himoya kilishning tashkiliy asoslari O’zbekiston
Respublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyingi Patent idorasi deb
yuritiladi) seleksiya yutuklarini huquqiy jihatdan himoya qilish sohasidagi davlat
siyosatnnp amalga oshiradi.
Patent idorasi seleksiya yutuqlariga patentlar va guvoxnomalar berish
haqidagi talabnomalarni qabul qilib oladi hamda ko’rib chiqadi, seleksiya yutuqlari
buyicha rasmiy ekspertiza o’tkazadi. Selekstiya yutuqlari davlat reestrini yuritadi
(matnda bundan keyin Davlat reestri deb ataladi), himoya hujjatlari beradi,
talabnoma materiallari va O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olinib, himoya
qilinayotgan seleksiya yutuqlari haqidagi ma’lumotlarni rasmiy ravishda e’lon
qiladi, ushbu Qonunni qo’llanish haqida qoida va tushuntirishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi Qishloq xo’jalik
ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh
davlat inspekstiyasi (matnda bundan keyin ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deyiladi)
seleksiya yutuqlaridan xo’jalikda foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga
oshiradilar, talabnomada ko’rsatilgan seleksiya yutuqlarining himoyaga
layoqatliligi) ekspertizasinn o’tkazadilar.
O’simlik navi yoki hayvon zotiniig seleksiyachisi. O’zining ijodiy
mehnati bilan o’simlik navi yoki hayvon zotini yaratgan (aniqlagan yoki
chiqargan) jismoniy shaxs o’simlik navi yoki hayvon zotining seleksiyachisi deb
hisoblanadi.
Basharti, seleksiya yutug’inn yaratishda bir necha jismoniy shaxs ishtirok
etgan bo’lsa, ularning hammasi seleksiyachi deb hisoblanadi. Selekstiyachilarga
tegishli bo’lgan huquqlardan foydalanish tartibi ular o’rtasidagi bitimiga binoan
belgilanadi.
Selekstiyachiping mualliflik xuquqi boshqaga o’tkazilmaydigan shaxsiy
huquq bo’lib, muddatsiz himoya qilinadi.
Selekstiyachining muallifligini o’zlashtirib olish. Uni hammualliflikka
majbur qilish qonunga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi.
Selekstiyachining muallifligiga doir nizolar sud tartibida hal etiladi.
Selekstiyachi himoya hujjati berish haqidagi talabnomada, himoya hujjatida
va seleksiya yutug’i xususida e’lon qilinadigan barcha materiallarda o’z nomi
ko’rsatilishini talab qilish huquqiga ega. Patent idorasi patent egasi bo’lmagan har
bir seleksiyachiga mualliflik huquqini, shuningdek seleksiya yutug’idan
foydalanganlik uchun patent egasidan mukofot olish huquqini tasdiqlovchi
seleksiyachi guvohnomasini beradi.
82
Xizmat tartibida yaratilgan seleksiya yutug’ining egasi. Basharti,
seleksiyachi seleksiya yutug’ini yaratishda:
o’zi egallab turgan lavozimga xos vazifalarni bajargan bo’lsa;
seleksiya yutug’ini yaratish maqsadida o’z zimmasiga maxsus yuklatilgan
vazifalarnn bajargan bo’lsa;
ish beruvchi yoki topshiriq bergan shaxs tomonidan o’ziga berilgan moddiy
vositalar yoki moliyaviy mablag’lardan foydalangan bo’lsa;
ish beruvchi tashkilot ish jarayonida orttirgan, shu tashkilotning o’ziga xos
jihatini tashkil etadigan bilim va tajribadan foydalangan bo’lsa, bunday yutuq
xizmat tartibida yaratilgap deb hisoblanadi.
Basharti, seleksiyachi yaratilgan seleksiya yutug’i to’g’risida ish beruvchini
xabardor qilgan kundan e’tiboran to’rt oy ichida ish beruvchi Patent idorasiga
talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqidan boshqa shaxs foydasiga
voz kechmasa va seleksiya yutug’ini sir saqlash to’g’risida seleksiyachiga ma’lum
qilmasa, seleksiyachi talabnoma topshirish va o’z nomiga patent yoki guvohnoma
olish huquqiga ega bo’ladi. Bunday holda ish beruvchi patent egasiga shartnomada
belgilangan miqdorda tovon to’lab o’z korxonasida seleksiya yutug’idan
foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
Ish beruvchi seleksiya yutug’ini sir saqlasa, u seleksiyachiga tegishli
miqdorda haq to’lashi shart. Haqining miqdori shartnomada belgilanadi va u
maxsus litsenziyaning bozor narxidan past bo’lmasligi lozim.
Basharti, seleksiya yutug’i xizmat tartibida yaratilgan bo’lsa, ushbu
moddaning qoidalarini faqat ana shu seleksiyachiga (seleksiyachilarga), ish
beruvchiga va topshiriq bergan shaxsga nisbatangina qo’llash mumkin.
Patent egasi bo’lmagan o’simlik navi yoki hayvon zotining seleksiyachisi
o’simlik navi yoki hayvon zotiga doir litsenziyadan foydalanilganligi yoxud u
sotilganligi uchun haq olish huquqiga ega.
Selekstiya yutug’iga bo’lgan huquqlarni boshqa shaxsga o’tqazish. Patent
yoki guvohnoma olish huquqi. Patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnoma
Patent idorasida ro’yxatga olinganligi tufayli kelib chiqadi. Shuningdek patent yoki
guvohnomadan kelib chiqadigan huquklar har qanday jismoniy yoki yuridik
shaxsga o’tkazilishi mumkin.
Hukuqlarni boshqa shaxsga o’tkazish huquqlardan boshqa shaxs foydasiga
voz kechish shartnomasi yoki litsenziya shartnomasi asosida, shuningdek, qonun
hujjatlariga muvofiq meros yoki vasiyatnoma orqali amalga oshirilishn mumkin.
Selekstiya yutug’iga egalik qilish huquqlarini boshqa shaxsga o’tkazish
to’g’risida shartnoma, shuningdek litsenziya shartnomasi Patent idorasida
ro’yxatga olinadi.
Selekstiya yutug’idan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish. Patent
yoki guvohnoma berish haqidagi talabnomada yoxud berilgan patent yoki
guvohnomada ko’rsatilgan nav yoki zot litsenziya shartnomasining mavzusi
bo’lishi mumkin.
Patent egasi bo’lmagan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs patent yoki
guvohnoma bilan ya’ni qilingan seleksiya yutug’idan patent egasining ruxsati
bilangina litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga haqlidir.
83
Patent egasi Patent idorasiga seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini har
qanday shaxsga berish to’g’risida ariza topshirishi mumkin (ochiq litsenziya). Bu
holda patent yoki guvohnomani o’z kuchida saqlaganlik uchun undiriladigan boj
yoki yig’im ellik foizga kamaytiriladi.
Patent egasining ochiq litsenziyaga bo’lgan huquqini boshka shaxsga
berish to’g’risidagi arizasi chiqarib olinadi.
Ochiq litsenziyani sotib olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan
to’lovlar to’g’risida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma tuzish shartlariga doir
nizolar sud tomonidan qarab chiqiladi.
Patent egasi maxsus litsenziya yoki maxsus bo’lmagan (oddiy) litsenziya
bergan holda seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o’tkazishi
mumkin.
Maxsus litsenziya berilganida listenziat seleksiya yutug’idan
shartnomada aytib o’tilgan doirada foydalanish uchun mutlaq huquq oladi,
seleksiya yutug’idan foydalanish huquqi listenziatga berilmaydigan taqdirda
listenziarda saqlanib qoladi.
Maxsus bo’lmagan litsenziya berilganida listenziar seleksiya yutug’idan
foydalanish huquqini listenziatga berib, seleksiya yutug’iga berilgan patent
yoki guvohnomadan kelib chiqadigan barcha huquqlarni, shu jumladan uchinchi
shaxslarga litsenziya berish xuquqini ham o’zida saqlab qoladi.
Patent idorasi ro’yxatga olingan litsenziya shartnomalari to’g’risidagi
ma’lumotlarni e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |