S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


tarqatish, boshqa yo’llar bilan realizastiya  qilish



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
tarqatish, boshqa yo’llar bilan realizastiya 
qilish,
 
xususan:
20


asarni omma oldida namoyish
 
etish (ko’rgazmaga qo’yish,
 
eksponat 
sifatida ko’rsatish);
asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusxasini ijaraga berish;
asarni omma, oldida ijro etish;
asarni efirga uzatish (radio yoki televidenie orqali translyastiya qilish), shu 
jumladan, kabel yoki aloqa yo’ldoshi orqali berish;
asarni texnika. yordamida yozib olzish; asarning texnikaviy yozuvini 
almashtirish yoki ko’rsatish, shu jumladan radio, yoki televidenie orqali;
asardan keyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki qayta 
ishlash;
shaharsozlik, arxitektura, dizayn loiihasini amaliy ro’yobga chiqarish asardan 
foydalanish hisoblanadi.
Asarga uning ob’ektiv shakllanishi, aqalli asl nusxasida qanday bo’lsa, shu 
holdagi shaklini qayta berish (asarni nashr etish, audio yoki videoyozuvlardan nusxa 
ko’paytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi.
Asar nusxalarini sotish, almashtirish, ijaraga berish yoki ular ishtirokida 
boshqa amallarni bajarish, shu jumladan ularni import qilish asarni tarqatish 
hisoblanadi.
Basharti, asarning nusxalari qonunan boshqa shaxsga berilgan bo’lsa, ularni 
keyinchalik muallifning roziligisiz va haq to’lamagan holda tarqatishga yo’l 
qo’yiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan 
foydalanish bunday- maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar asardan foydalanilgan 
deb hisoblanadi.
Asarning mazmunini, tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa 
texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi echimlarni) amaliy qo’llash asardan 
mualliflik huquqi ma’nosida foydalanilganlikni anglatmaydi.
23-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish.
Basharti, asar saqlash uchun, har kim foydalanishga mumkin bo’lgan saqlov 
joyiga (delopozitariyga) topshirilgan bo’lsa va depozitariy bilan tuzilgan 
shartnomaga ko’ra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning 
asar nusxasini olishiga yo’l bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning 
qo’lyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan, mashina 
yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb e’tirof etiladi.
Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega bo’lgan 
shaxsning (huquq egasining) depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish 
shartlarini belgilab beruvchi shartnomasn asosida amalga oshiriladi. Bunday 
shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy 
shartnoma hisoblanadi.
24-modda. Asardan foydalanish huquqini tasarruf etish.
Muallif yoki huquqqa ega bo’lgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan, 
ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha 
huquqlarni o’zga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga o’tkazish) 
mumkin.
21


Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy 
vorislik tartibida o’tadi.
Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun 
ruxsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruxsatnoma asardan uning dastlabki 
shaklida foydalanish uchun ham qayta ishlangan shaklida, xususan, tarjima, 
aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi.
Asardan foydalanishning har yil usuli uchun huquq egasining maxsus 
ruxsatnomasi talab qilinadi.
25-modda. Tasviriy san’at asarlaridan foydalanish huquqi.
Tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdorida o’zining asarini takrorlash 
huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish kimoshdi berishni talab qilishga 
haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga etkazib berishni talab qilish 
mumkin emas.
26-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi.
Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi alohida 
huquqlarinn cheklashga ushbu Qonunning 17-21- moddalarida yoki boshqa 
qonunlarda nazarda tutilgan xollardagina yo’l qo’yiladi.
Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga o’rinsiz ziyon 
etkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina 
tatbiq etiladi.
27-modda. Begona asarni shaxsiy maqsadlarida takrorlash.
Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini 
to’lamagan holda shaxsiy maqsadlarga foydalanishga, basharti, bunda asardan 
normal foydalanishiga ziyon etmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur 
etmaydigan bo’lsa yo’l qo’yiladi.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq 
etilmaydi:
binolar va shunga o’xshash inshootlar shaklidagi arxitektura asarlaridap 
foydalanish;
ma’lumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish;
qonunda nazarda tutilgan hollarini istisno qilganda, EHM uchun yaratilgan 
dasturlardan foydalanish;
kitoblarni (to’liq)
 
va notanish matnlarni reprodukstiya qilish.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan istisno tarzda, 
qonunda audio va video yozuvlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan 
taqdirda, tegishli yozuvning muallifi, ijrochisi va ishlab chiqaruvchisi tegishli 
haq olish

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish