Huquq tizimi o’z ichiga turli xuquq sohalarini qamrab oladi, ular o’z
navbatida kichik soha va institutlarga bo’linadi. Huquqiy tartibga solish predmeti
bo’yicha birlashtirilgan huquqiy me’yorlarning alohida guruhi huquq sohasidir.
Huquqning har bir sohasiga uni tartibga solish predmetining xususiyatlaridan kelib
chiqadigan huquqiy tartibga solishning o’ziga mos uslubi xosdir.
Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik
sohasidir. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchiliklarini
individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shuningdek,
noan’anaviy
ob’ektlarni muhofazalashdan iborat bo’lgan mualliflik huquqi va sanoat mulki shu
kichik sohaning institutlaridir.
Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so’ngi davrlarida feodal jamiyat
negizida xo’jalik yuritishning kapitalistik
usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi
bilan yuzaga keldi. Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun
kelishi va hokimiyatning burjuaziya yo’liga o’tishi natijasida shakllandi.
Xo’jalik yuritishning kapitalistik usuliga o’tish bilan sifat jihatidan yangi
vaziyat yuzaga keldi. Unga zarur moddiy-texnika bazasini yaratish sanoat inqilobi
tusini oldi. Yevropa XVI asrning o’rtalarida Buyuk sanoat inqilobi davrini boshdan
kechirdi va u patent huquqi yuzaga kelishi uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratdi.
Bu inqilobning asosiy bosqichlaridan biri qo’l manufakturasidan ko’plab
ixtirolardan foydalanishga asoslangan mashinalar ishlab chiqarishga o’tish bo’ldi.
Kapitalizmda ish qurollari va ishlab chiqarish vositalariga xususiy
mulkchilik tipi bo’yicha ixtirolarni o’zlashtirishga ehtiyoj yuzaga keldi.
Ma’lumki, ixtirolarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish har doim
dastlabki sarmoya sarflashni talab etadi. Lekin hech bir tadbirkor o’zi sarflagan
mablag’dan foyda olishga ulgurmay turib raqobatchilar xuddi shu ixtirodan nusxa
olib uning tajribasidan foydalana boshlamasliklariga kafolat olmasdan turib
bunday sarmoyalarni xavf-xatarga qo’ya olmaydi. Aynan ana shu ob’ektiv omil
sababli ixtirolardan foydalanishda undan etarli darajada uzoq muddat foydalanish
va raqobat kurashida yutib chiqish imkonini beradigan monopoliya zarur bo’lib
qoldi.
Bunday monopoliyani yaratish uchun yuridik vosita–patent Yevropada
feodal jamiyatidan buyon ma’lum edi.
Feodalizmda patentdan turli mol-mulk egalari va qirol o’z
xazinasi
foydasiga daromad manbalarini mustahkamlash vositasi sifatida keng foydalanar
edi. Feodal patent tizimi kapitalizm rivojlanishi uchun to’siq edi, chunki qirol
ko’plab patent berish yo’li bilan istalgan narsadan foydalanishga yakkahokimlik
(monopol) huquqni o’zi xohlagancha belgilay olardi. Burjuaziya tabiiyki, bunday
holatga, xususan feodal monopoliyalar va ixtirolarga monopoliyalar joriy etishga
qarshi faol kurasha boshladilar. Bunda iqtisodiyot ixtirolarga monopoliyalar
feodalning marhamati bilan emas, balki muntazam, ya’ni qonunda belgilangan
qoidalar bo’yicha berilishi talab qilinardi.
Patent huquqini himoyalash sohasidagi ilk qadamlar Angliyada qo’yildi.
Mamlakatda feodallarga tegishli imtiyozlar tizimini
patent huquqiga aylantirish
jarayoni XVII asrda boshlandi.
24
AQSh Angliyadan keyin ixtirolarni muhofazalash qabul qilingan mamlakat
bo’ldi.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida patent qonunlari nisbatan kechroq
qabul qilindi.
Milliy patent tizimlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhni
patent tizimini “kontinental huquq” tamoyili belgilab beradigan mamlakatlar
tashkil etadi. Ikkinchi guruhini milliy huquqlariga Angliya huquqi ta’sir o’tkazgan
mamlakatlar tashkil etadi.
Har ikki yo’nalishdan tashqari milliy patent tizimlarini shartli ravishda to’rt
asosiy: german, roman, ingliz va amerika guruhiga bo’lish mumkin, ular patent
huquqining asosiy tizimlari hisoblanadi.
Patent huquqi hamma vaqt iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi, chunki
u jamiyat iqtisodiy rivojlanishining zarur omili hisoblanadi.
1.2.3. Muxofaza hujjatlarining turlari. Muxofaza muddatlari
Mamlakatimizning asosiy qonuni O’zbekiston Respublikasi
Konstitustiyasidir. Konstitustiya O’zbekiston qonunchiligini ishlab chiqishning
asosiy qoidalarini belgilab beradi. Bizning intellektual mulk ob’ektlarini
huquqiy
muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka egalik va
ilmiy-texnik ijodiyot erkinligi huquqlari aks etgan Konstitustiyaning IX bo’limi
36- va 42- moddalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan
bog’liq huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O’zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
O’zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog’liq
masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va turdosh
huquqlar to’g’risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi qonun;
1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan
“Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari to’g’risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan “EHM va ma’lumotlar bazalari uchun
dasturlarni huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun;
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Selekstiya yutuqlari to’g’risida”gi
qonun;
2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar topologiyasini
huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonunlardir.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlatimizda intellektual
mulk sohasida vakolatli quyidagi tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi:
Mualliflik huquqlarini himoyalash sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi
Muallifilik huquqlari bo’yicha agentlik.
25
O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, uning vazifasi sanoat mulki
ob’ektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan
iborat.
Muallifga shuningdek mualliflik nomi huquqi ham berilgan bo’lib, unga
muvofiq muallif o’z ob’ektiga o’zining nomi yoki boshqa nomni berishi huquqiga
ega.
Intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlar
fuqaro yoki yuridik
shaxsning shu ob’ektga alohida huquqlaridir. Faqat alohida huuqlar egasi
intellektual mulk ob’ektidan boshqa shaxslar foydalanishiga ruxsat berishi yoki
man eilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining
Do'stlaringiz bilan baham: