deb
hisoblanadi.
Asar O’zbekiston Respublikasi
hududida
O’zbekiston Respublikasining
xalqaro
shartnomalariga muvofiq
qo’riqlanishi lozim bo’lsa, uning muallifi
hududida mualliflik
huquqini
olish uchun asos bo’lib xizmat qilgan yuridik fakt
sodir bo’lgan davlatning qonuni
bilan aniqlanadi.
5 - m o d d a . Mualliflik
huquqi
bilan
qo’riqlanadigan
asarlar
(mualliflik
huquqi
ob’ektlari).
Mualliflik
huquqi ijodiy
faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot
va san’at
asarlariga nisbatan ularning maqsadi va qadr
-
qimmati,
shuningdek ifodalanish
usulidan qat’i nazar,
tatbiq
qilinadi.
Asar og’zaki, yozma
shaklda yoki uni idrok etish imkonini
beradigan
boshqa ob’ektiv
shaklda ifodalangan bo’lishi
lozim.
Yozma shakldagi yoki moddiy jismda o’zgacha usulda ifodalangan asar
(qo’lyozma, mashinka yozuvi, notali yozuvlar, texnika vositalari yordamidagi
yozuv, shu jumladan, audio yoki vedeoyozuv, ikki o’lchovli yoki hajmiy-fazoviy
shaklda yaratilgan tasvir va hokazo), undan uchinchi shaxslarning foydalanish
imkoniyati bor yo’qligidan qat’i nazar, ob’ektiv shaklga ega deb hisoblanadi.
Og’zaki yoki moddiy jismda ifodalanmagan boshqa asar, basharti, u
uchinchi shaxslar idrok eta oladigan holga kelgan bo’lsa (omma oldida
so’zlash, ommaviy ijrochilik va hokazo), ob’ektiv shaklga ega deb hisoblanadi.
Mualliflik huquqi e’lon qilingan asarlarga nisbatan ham, e’lon qilinmagan
asarlarga nisbatan ham tadbiq qilinadi.
15
Mualliflik hukuqi g’oyalar, konstepstiyalar, prinstiplar, tizimlar, taklif
qilinayotgan echimlar, ob’ektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan tadbiq qilinmaydi.
Mualliflik huquqining yuzaga kelishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish yoki
boshqa biron-bir rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi
.
6- m o d d a.
Mualliflik turlari.
Mualliflik huquki ob’ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o’quv, publististik va boshqa asarlar);
dramatik va sstenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar (kino, tele va videofilmlar, slayd filmlar, diafilmlar va
boshqa xil kino, tele hamda video asarlar), radioasarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy
san’at asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bog’-park barpo etish san’ati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga o’xshash usullarda yaratilgan
asarlar;
jo’g’rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo’g’rofiya,
topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar,
shu jumladan amaliy dasturlar va operastiya tizimlari;
Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qo’yilgan talablarga javob
beruvchi boshqa asarlar.
7-modda. Asarning qismlari va hosila asarlar
Ushbu
Qonunning 5-moddasida belgilab qo’yilgan
talablarni
qanoatlantiruvchi asarlarning qismlari, ularning nomi va hosila asarlar mualliflik
huquqi ob’ektlaridir.
Hosila asarlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
boshqa asarlarni qayta ishlash natijasida yaratilgan asarlar (ishlanma
asarlar, annotastiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, insstenirovkalar,
aranjirovkalar hamda fan, adabiyot va san’at sohasidagi shunga o’xshash boshqa
asarlar); tarjimalar; materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga ko’ra
ijodiy mehnat natijasi bo’lgan to’plamlar (enstiklopediyalar, antologiyalar,
ma’lumot bazalari) va boshqa jamlanma asarlar.
Hosila asarlarning yaratilishi uchun asos bo’lgan yoki ular o’z ichiga
olgan asarlar mualliflik huquqi ob’ektlari bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i
nazar, hosila asarlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi:
8-modda. Mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydigan asarlar va ularga
o’xshash faoliyat natijalari.
Quyidagilar mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydi:
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to’xtamlar va shu kabilar),
shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
16
rasmiy-ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilarn va
shu kabilar);
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy
voqealar haqidagi xabarlar;
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati
ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan texnika
vositalari yordamida olingan natijalar.
9 - m o d d a . Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalariga bo’lgan
huquqlar.
Rasmiy hujjat,
Do'stlaringiz bilan baham: |