S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Chistonlari.
Xalq og'zaki ijodidagi topishmoqli, sirli she’rlar 
ham da fors-tojik, ozarboyjon, turk adabiyolarida chiston (u 
nimadir?), topm acha, bilm acha istilohlari bilan atalgan bunday 
she’r nam unalarim ng ta ’siri tufayli XV asr o'zbek adabiyotida 
ham chiston deb atalgan ja n r paydo bo'ldi. Uning ilk nam unalari 
hozircha Alisher Navoiy ijodida uchrashi qayd etilgan. Alisher 
N avoiydan oldin o'tgan shoirlarimiz tom onidan shunday she’rlar 
yaratilganligi m a’lum emas. Demak, chiston lug'zlam ing o'zbek 
adabiyoti janrlari tarkibidan o 'rin olishi buyuk ixtirochi shoir 
Alisher Navoiy ijodi bilan bog'liqdir, deyish m um kin. Navoiydan 
so'ng bu a n ’ana Shayboniy, Huvaydo, Uvaysiy, M unis, Fano 
Istaravshaniy, Shavqiy K attaqo'rg'oniy, Ogahiy kabi shoirlarimiz 
tom onidan davom ettirildi. XVI—XIX asrlar o'zbek adabiyotida bu 
janrda alohida m ahorat ko'rsatib, unda m uhim ijtimoiy, axloqiy- 
ta ’limiy g'oyalam i ifodalagan shoirlar sifatida, ayniqsa, Jahonotin 
Uvaysiy, M uham m adrizo Ogahiyni ko'rsatish m um kin. Shoira 
Uvaysiy m uallim a-otincha sifatida yosh qizaloqlarni o'qitgani 
uchun ularning zehnini, topqirligini oshirish u chun juda ko 'p
ikki baytli, bir baytli chistonlar yozib, ulardan ta ’lim jarayonida 
foydalandi. Chiston-topishm oqlarning yoshlar tarbiyasidagi katta 
ahamiyatiga alohida e ’tibor berdi. Ogahiy chistonlari ham yoshlar, 
ham kattalar zehniga kuchli ta ’sir ko'rsata oluvchi asarlar ekanligini 
alohida ta ’kidlab o'tish joiz. U bu sohada Alisher Navoiy ijodidan, 
u yaratgan lug'z-chistonlardan andoza oldi, uning bu sohadagi 
a n ’analarini ijodiy davom ettirdi. M a’lumki, Navoiy o'zbek tilida 
o 'n ta, fors tilida to'qqizta, asosan, q it’a shaklidagi lug'z-chistonlar 
yozgan edi. Bu c h isto n lar ichida, ayniqsa, tan g a, an o r kabi


ashyolar nomi yashiringan, abjad y o ii bilan emas, balki oddiy 
to p q irlik , o 'y lash , fikrlash y o i i bilan to p ilu v ch i ch isto n lar 
m ashhur edi.
Biz shoira Uvaysiyning anor, Ogahiyning tanga haqidagi chistoni 
bevosita Navoiyning shu ashyolar nomi chiqadigan chistonlari 
ta ’sirida yozilgan deb ayta olamiz. Ogahiyning «Ta’viz ul-oshiqin» 
devonida «tanga», «otashgir», «vafo», «davlat» nomlari chiqadigan 
to ‘rtta k it’a shaklidagi chistonlar mavjud.
Shular ichida «Tanga» chistoni bevosita Alisher Navoiyning shu 
nomdagi chistoni ta ’sirida yaratilgani shubhasizdir. U bu mashhur 
chistonida «jussasi tim oq yuzidek kichik boisa-da, ham ulug‘badavlat 
odamlaming, ham bechora, muhtoj odamlaming xayolini, es-hushini 
o'ziga mahliyo qilib, ulami bezovta etib, ishqini o ‘ziga qaratgan narsa 
haqida so‘z ochadi. Tanganing tashqi, sirtqi belgilariga ishora qiladi. 
Chunonchi, uning ikki yuziga xatlar, raqamlar bitilganligini eslatib 
o'tadi. Kimki, shunday narsaga ega bo‘lsa, uning jamiyatdagi mavqei, 
turmushi baland ekanligini aytadi. Shunday narsaga ega boim aganlar 
esa, har qancha dono, bilimli bo'lmasin, qismati, ahvoli yomondir. 
Ogahiy bu bilan mol-dunyoga hirs qo‘yishni kishilar uchun ham 
baxt, ham baxtsizlik keltiruvchi ijtim oiy b ir ofat ekanligini 
ta ’kidlamoqchi boiadi. Shuning uchun ham tanganing sifatlarini 
tasvirlash jarayonida uning odamlarga ko‘rsatayotgan ta’siriga kulgili, 
hajviy tus berishga o ‘tadi. U tangani oshiqlami, sevgi yo‘lida es- 
h u sh id an ajralayozgan kim salarni shaydo qilgan m a ’shuqaga 
o ‘xshatadi hamda oshiqlar dilidan izhor etiluvchi visol, hijron, iltifot 
kabi so‘zlami qo ‘llaydi. Shunday o ‘xshatish, majoz, qiyoslash kabi 
tasvir vositalari orqali, xuddi Navoiyga o ‘xshab, bu jamiyatda pulning, 
oltinu kumush tangalaming qanchalar nozik, xatarli kuchga ega 
ekanligini uqtirmoqchi bo iad i. Navoiyning barcha chistonlari oddiy 
topishmoq usuli bilan yaratilgan. Ogahiyning tanga haqidagi chistoni 
ham shunday. Ogahiy chistonining to‘liq matnini keltirish orqali u 
Navoiy a n ’analaridan nechog'li ijodiy ta ’sirlanganligini, bu ikki 
ulug‘shoir asarlarining har biri original asarlar ekanligini yaqqol 
anglab olish mumkin.
Ogahiy chistoni:



Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish