S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Tong emas, Ogahiy ahli jahon she’ringga mayl etsa



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Tong emas, Ogahiy ahli jahon she’ringga mayl etsa,
Nedinkim, har so ‘zing nazm ichra bir gavharga о ‘xshaydur—
aforistik baytni bitgan edi.
Masnaviylari.
Ogahiy anchagina masnaviylar yozgan. «Ta’viz ul- 
oshiqin»da 450 baytdan iborat to'rtta mustaqil masnaviy bor. Shu 
devonga Ogahiy yozgan debochada ham kichik-kichik sakkizta 
masnaviy parcha mavjud bo'lib, ular 88 baytni tashkil etadi. 
Masnaviylar shoir tarixiy asarlari tarkibida turli munosabatlar 
bilan keltiriladi. Masalan, uning «Riyoz ud-davla» asarida 2 
baytdan 278 baytgacha boigan 91 masnaviy; «Zubdat ut-tavorix»


asarida 2 baytdan 52 baytgacha bo‘lgan 51 masnaviy; «Jome’ ul- 
voqeati sultoniy» asarida 2 baytdan 37 baytgacha bo'lgan 65 
masnaviy va masnaviy parchalar; «Gulshani davlat» asarida 2 
baytdan 138 baytgacha boigan 96 masnaviy va masnaviy 
parchalar, jami 355 bayt; «Shohidi iqbol» asarida va amakisi Munis 
vafotidan so‘ng yozib toidirilgan «Firdavs ul-iqbol»ning Ogahiy 
qalamiga mansub qismida talay masnaviy parchalar uchraydi. 
Ogahiyning yigirmaga yaqin tarjima asarlari tarkibida ham 
masnaviylar keltiriladi. Masalan, Sa’diy Sheroziyning «Guliston» 
asari taijimasida undagi hikoyatlar ruhiga mos bayt va qit’alardan 
tashqari, umumiy hajmi 63 baytdan iborat ikki baytdan etti 
baytgacha boigan 20 kichik-kichik masnaviy parchalar mavjud. 
Yuqoridagi kuzatishlardan ma’lum boiadiki, Ogahiyning badiiy, 
tarixiy va taijima asarlarida masnaviylar ancha salmoqli o‘rin tutadi. 
Demak, Ogahiy bu janrdan foydalanishda ikki xil usuldan 
foydalangan ekan:
1. Masnaviy she’r shaklida alohida-alohida asarlar yozish 
(«Ta’viz ul-oshiqin»dagi masnaviylar);
2. Turli voqea-hodisalar, sabablar munosabati bilan shu 
voqea-hodisa mazmuni va mohiyatini badiiy sharhlash, izohlash 
maqsadida shu voqea-hodisalarga bogiab masnaviy parchalar 
keltirish. Buni Ogahiy tomonidan shunday masnaviylarga qo‘ygan 
nomlar ham tasdiqlaydi. Masalan, u «Imorati oliy» («Jomi’ ul- 
voqeati sultoniy»)da Xiva shahrida «Ichan qal’a» ichida qurilgan 
bir katta binoni tasvirlaydi.
Ogahiyning uchinchi guruh masnaviylari ijtimoiy-axloqiy 
mavzulaiga bag'ishlanganlaridir. Shunday asarlardan eng xarakterlisi 
Ogahiyga bag'ishlangan ilmiy adabiyotlarda «Qasidai nasihat» nomi 
bilan atalib kelinuvchi ancha katta hajmdagi asar hisoblanadi. 
Ogahiyning Feruzga bagishlab yozgan asarlari ancha. Biroq, bitta 
masnaviysi katta ijtimoiy-axloqiy qimmatga ega. Bu masnaviy 
Muhammad Rahimxoni Soniyning 1863 yili otasi Muhammad 
Rahim I vafotidan so'ng Xorazm taxtiga chiqishi munosabati bilan 
yozilgan. Asar tuzilishi va mazmuniga ko'ra, Alisher Navoiyning 
Husayn Boyqaroning Xuroson taxtiga kelishi munosabati bilan


yozilgan «Hiloliya» qasidasiga o'xshab ketadi. Biroq davr, mavzu, 
undagi tarixiy shaxslar obrazlari, badiiy tasvirlar tamomila o'zgacha. 
Masnaviy Ogahiyning o'z ijodiy yoiidan boruvchi shoir ekanligini 
namoyon yetib turadi. Ogahiyning ta’kidlashicha, yangi hukmdor 
Feruz Xorazmdagi saltanatning barqarorligini ta’minlamoq uchun 
quyidagi omillaiga izchil amal qilmog'i lozim. Bu omillami u masnaviy 
yo'li bilan shunday ifodalaydi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish