S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ко ‘ngul shomu sahar



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ко ‘ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo tning nav ’i faryod ustina —
beshinchi baytida hamda
Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yomonu yaxshini
Kim, mehr nuri teng tushar vayronu, obod ustina —
ettinchi baytda mutafakkir shoir yaratuvchiga yalvorib, unga 
e’tiqodda shomu sahar nola qilib, shafqat va adolat umidida riyozat 
chekayotganini ifodalaydi. G'azalga bog'langan muxammasda ham 
oshiq, orif shaxs siymosidagi shunday botiniy va zohiriy jihatlar 
izchil davom ettiriladi. Shu o'rinda taassuf bilan aytish lozim 
boiadiki, so'nggi yillargacha Ogahiy lirikasi haqida so'z borgan 
ilmiy-tadqiqot asarlarida, maqolalarda Ogahiyning «Ustina»


radifidagi g'azali va tazmin muxammasining asl mohiyati, g'oyaviy 
yo'nalishi biryoqlama izohlandi, ular ishqiy-dunyoviy she’rlar 
sifatida tahlil yetib kelindi. G'azalga xos xuddi ana shu ikki yo'nalishli 
xususiyatni, bosh pafosni Ogahiy yurakdan his qilib, unga 
bog'langan muxammasida shu jihatlami yanada takmilga erishtiradi. 
O'z g'azalining birinchi baytidayoq shoir yor qoshu ko'zining 
nihoyatda chiroyliligi va uning oshiq qalbiga larza solishini kuchli 
tashbehlar va harf—
tasmiya san’ati vositasida ifodalab, «nun» va 
«sod» harflarining islomiy ko'chma ma’nolaridan foydalanib, 
detallami yangi misralar hisobiga go'zallashtirib, asar mazmunini 
chuqurlashtirib boradi. Birinchi matla’ baytning o'zidayoq nechogii 
kuchli ramziy-majoziy fikr hamda badiiylik, ijodiyiik qo'ri bor. 
Shoir tasawufiy ishq jilvasini gavdalantirish uchun ramziy 
ma’nolarga ham ega «nun» hamda «sod» harflaridan foydalanadi. 
Ikkinchi misradagi «nun» birinchi misradagi qoshga, ikkinchi 
misradagi «sod» esa, birinchi misradagi chashm (ko'zga) 
o'xshatilgan. Shuning bilan birga, «nun» va «sod» harflari biriksa, 
ya’ni «nun eltibon sod ustina» «nas» so'zi paydo bo'ladi. Uning 
ma’nosi biror narsani bajarishga berilgan hukm, buyruqdir. Bu 
buyruqning oqibati «Sening jallod ko'zlaring ustidagi timqora va 
chiroyli qoshlaring harakatga kelsa, uchirilsa, uning tagidagi jallod 
ko'zlaring mening qatlimga shaylanadir. Ya’ni go'zal yoming ko'zi 
jalloddek jon olg'uvchi boiib, mushkdek qop-qora qoshi ko'zini 
himoya qilish uchun saf tortgan posbonlar - qo'riqchilar 
hay’atidir». Ogahiy shunday san’at orqali go'zalning qoshu ko'zini 
ta’rif etadi. Keyingi baytlarda go'zalga xos shu ajoyib tasvir baytma- 
bayt tadrij asosida rivojlantirib boriladi. Shunday san’atkorlik biz 
yuqorida keltirganimiz ikkinchi baytda yana o'zgacharoq namoyon 
boiadi. Agar sen shamshod daraxtiga gul payvand qilinganini va 
uning ochilib, yashnab ketganligini payqamagan boisang, go'zal 
yor qomatini va oydek yuzini tomosho qilaver, chunki uning 
qomati shamshoddektikvaxipchabo'lib, yuzi shamshod qadi ustida 
ochilgan qizil guldekdir. Ogahiyning shu radifdagi g'azali ham, 
unga o'zi yozgan tazmin muxammasi ham bejiz «peshravi Feruz» 
yo'li bilan maqomlar tarkibidan mustahkam o'rin olib ijro


etilmaydi. Iste’dodli shoirimiz Omon Matjonning «Muxammasi 
muloqot» asarining yaratilishi ham bu asarlarga xos bo'lgan chuqur 
tafakkur, fikriy teranlik va go'zal badiiyatdir.
Ogahiy «Yolg'uz» radifli g'azalini tazmin uchun bekorga tanlagan 
emas. Bu g'azalda u yashagan davrda hukm suigan haqsizliklar ostida 
ezilib, azob tortayotgan ilg'or kishilaming ruhiy ahvoli yoritilgan. 
Shoiming o'zi ham shulardan biri edi. Shoir shu ichki azobni aks 
ettirish uchun bu mavzuga yana qaytadi, uni yanada chuqurroq, 
hayajonliroq qilib ifodalashni istaydi. Yolg'izlikni ifodalovchi bu 
muxammasda, darhaqiqat, uning g'azal variantiga nisbatan bunday 
hayotga qarshi isyon yana kengroq ko'lamda, yanada chuqurroq 
tasvirlangan (g'azal 11 bayt, muxammas ham 11 band).
Ogahiyning «Arzimas» radifli g'azal va muxammasida ta’magirlik 
qoralanadi. «Mol-dunyo orttiraman deb o'zingni xarob etma, qanoat 
rasmini tut, boriga shukur qil, halol yasha» degan g'oya ilgari suriladi.
Ogahiy o'zining ishqiy, ilohiy, ijtimoiy-ta’limiy fikrlarga to'la 
quyidagi matlali g'azallarini ham, yuqoridagi poetik maqsadlami 
ko'zda tutgan holda, beshlamalarga aylantirgan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish