Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.
Bedardlarning jafolaridin,
Faryod chekib, fig ‘on etib ket.
Dunyo chamanini bulbulisen,
Gul shoxida oshyon etib ket...
Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh bila xazon etib ket...
Maqsad na edi jahona kelding,
Kayfiyatini bayon etib ket.
Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
K o ‘ngulda ani nihon etib ket.
Kel, ishq yo'lida ko'zlaringni,
Ey Nodira, dutfishon etib ket.
Baribir, shoira o'zining yaxshilikka qaratilgan sa’y-
harakatlarini to'xtatmadi, doimo ezgulik urugiarini sochishga
harakat qildi. Zamr bo'lganda o'z o'tmishdosh ustozlari pandu
hikmatlaridan, birinchi navbatda, buyuk Navoiy dahosidan
foydalandi, navoiyona, mazmuni, ta’siri chuqur baytlar,
she’rlar bilan zamon ahliga murojaat yetib turdi. Hazrat Alisher
216
Navoiy o‘z davrida insonlarga murojaat qilib:
Bu gulshan ichraki yo ‘qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur qolsa yaxshilik birla ot,—
ya’ni «Bu foniy dunyo inson uchun o‘tkinchidir. Shuning uchun
inson o'z hayotini yaxshilikka baxsh yetib, umrini mazmunli,
foydali o‘tkazib, o'zidan yaxshi nom qoldirmog‘i ulug'bir
saodatdir» degan edi. Nodira ham Navoiyning bu mashhur bayt-
muammosidagi fikmi davom ettirib, mazmunan teran baytlar
yaratdi:
Xusho oqilki, aylab yaxshiliq bunyodini mafikam,
О ‘tar bu dayri foniydin о ‘zini neknont aylab.
Lirikasi.
Nodiraning adabiy merosi o'zbek she’riyatining go'zal
sahifalarini tashkil etadi. Uning o'zbek va fors tillarida bitilgan
devonlari, shoira she’rlari kiritilgan bayozlar bizgacha yetib
kelganki, ularda mumtoz qalam sohibining 10 ming misradan
ko'p lirik asarlari jamlangan. U klassik poeziyamizning asosan
g'azal, muxammas, musaddas, musamman, tarji’band,
tarkibband, firoqnoma kabi janrlarida qalam tebratdi. Nodira Hofiz,
Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab, Bedil,
Huvaydo kabi Sharq adabiyotining ulug' siymolari an’analaridan
ayol qalbining nozik tuyg'ularini aks ettirishda samarali foydalandi.
Nodira g'azallarida vafo, muruwat, odamiylik, poklik, sadoqat
tuyg'ulari ulug'landi. Uning lirik qahramoni nomus va hayoni
yuksak darajada qadrlagan, sevgida, insoniy muomalada iffat,
odob va andisha saqlashga ahd qilgan sadoqatli ayol, vafodor
do'stdir. Nodiraning ishqiy g'azallari shashmaqom yo'llarining
boy bir qismini tashkil etadi. Bu g'azal-qo'shiqlar inson qalbini
ilitadi, unda go'zallik va nafosatga nisbatan muhabbat uyg'otadi,
aqli, xulqi va badiiy didini boyitadi. Shu ma’noda, uni pok
muhabbat, sadoqat va vafodorlik kuychisi sifatida qadrlaymiz.
Uning mana bu g'azali zamirida qanchalik chuqur ma’no, dard,
hikmatga moyil badiiylik yotganligiga ishonch hosil qila olamiz.
Shoira hayotiy qiyoslardan, xalq hikmatli iboralari va
o‘xshatishlaridan foydalanib inson umrining bebaqoligi,
qismatning dushvorligi haqida so‘z yuritadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |