S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

A bulg'oziy B ahodirxon (1 6 0 5 —1664).
X iva h u k m d o ri 
Arabmuhammadning taxtdan umidvor yetti o‘g‘illaridan biri b o iib , 
og'a-inilari bilan ancha yillar jang olib borgandan so'ng 1645 yilga 
kelib hokimiyatni q o ig a kiritgan, 1663 yilgacha xonlik saltanatini 
boshqarib, o g 'ir xastalikka duchor b o iib qolganligi sababli toju 
taxtni o'z ixtiyori bilan o ‘g‘li Anushaxonga topshirgan. U 20 yillar 
chamasi Xiva xonligi hukmdori sifatida siyosat olib boigan, ilm-


fan, adabiyot va san’atga xayrixohlik bilan qaragan m a’rifatparvar 
shaxs sifatida tarixda nom qoldirgan ulug‘ zotdir.
P re z id e n t I.A .K arim o v o ‘zin in g « 0 ‘zb ek isto n XX I a sr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» asarida o'zbek xalqining ilg‘or mutafakkirlari qatorida 
tarixshunos olim lardan Bobur M irzo, Abulg'oziy Bahodirxon, 
Ogahiy nomlarini ham faxr bilan tilga olganligi bejiz emas. Chindan 
ham , Abulg'oziy Bahodirxonning tarix oldidagi xizm atlari o 'z
o'tmishdoshlari — hukm dor va ijodkorlar Husayn Boyqaro, Bobur 
Mirzo shaxslari va ibratli ishlarini yodga soladi.
U asarining bir joyida o'ziga Abulg'oziy ismining qo'yilishi otasi 
Arabmuhammadning Xivaga hujum qilgan О ‘rol kazaklari ustidan 
«g'azot»ga (g'alabaga) erishishi bilan bog'liq ekanligini qayd etib 
o 'tad i. Abulg‘oziy asarlarida uning shaxsi, xonlik taxti uchun 
kurashlardagi sabr-toqati, jasorati, tortgan mashaqqatlari, egallagan 
bilimlari va qiziqishlariga doir muhim m a’lumotlar bor. Masalan, u 
«Shajarayi turk» asarida o 'z bilimi va iqtidori xususida quyidagilarni 
yozadi: «Bu faqirg‘a xudoyi taolo inoyat qilib, ko‘b nimarsa bergan 
turur. Xususan, uch hunar bergan turur. Avval, sipohiygarlikning 
qonuni va yo‘sinikim, ikkinchi masnaviyot va qasoid va g'azaliyot va 
muqattaot va ruboiyoti va barcha ash’om i fahmlamaklik, arabiy, 
forsiy va turkiy lug'atlaming m a’nosini bilmaklik. Uchinchi odam 
ah lin d in to bu dam gacha A rabistonda, Eron va T uronda va 
M o'g'ulistonda o ‘tgan podshohlarning otlari va um rlarining va 
saltanatlarining kam va ziyodin bilmaklik». Abulg'ozining faxriyaga 
o ‘xshash bu e’tiroflarini uning faoliyati, yaratgan asarlari to 'la- 
to'kis tasdiqlaydi.
Abulg‘oziy iste’dodli tarixnavis sifatida ikki muhim asaming 
muallifidir. U 1661 yili «Shajarayi tarokima» asarini yozadi. Uning 
yaratilish tarixi haqida Abulg'oziy quyidagi m a’lumotlami zikr etadi: 
«...turkm anlarning m ullolari... m ening tarixni yaxshi bilurimni 
eshitibdurlar, «Bizning ichimizda « 0 ‘g‘uznoma» ko‘pturur. Ammo 
hech yaxshisi yo‘q, barchasi g'alat, birisi-birisiga muvofiq emas. 
H ar qaysisi bir turluk va bir durust e ’tibor qilgudek tarix bo'lsa 
erdi, yaxshi bo'lur erdi» teb o‘tun qildilar. Ersa onlaming 
0
‘tunlarini


qabul qildim...». Asarda o'g'uz-turkm an urugiarining kelib chiqish 
tarixi, rasm-rusumlari, og'zaki ijod namunalari, afsona va rivoyatlari 
o 'ta shirali Xorazm lahjasida bayon etilgan. Bu asar akademik 
N.Kononov tomonidan ms tiliga tarjima qilinib, tilshunoslik aspektida 
chuqur o'iganilgan.
Mustaqillik yillari «Shajarayi tarokima» professor Qozoqboy 
M ahmudov tom onidan 1995 yili Toshkentda, Sam D U dotsenti 
Q.Tohirov tom onidan 1998 yili Samarqandda nashr etildi.
XIX asming I yarmida yashab, ijod qilgan ulug' shoir, tarixchi 
va taijim on Sherm uham m ad M unisning (1778—1829) «Firdavs 
ul-iqbol» nomli tarixga doir asarida keltirilgan «Abulg'oziy bag'oyat 
tarixdon va ash’orfahm kishi erdi» ta ’rifi Abulg'oziyning «Shajarayi 
turk» asarida ayniqsa ravshan namoyon bo'ladi.
«Shajarayi turk» 1664 yili yozib tugallanadi. Abulg'oziy asarda 
tasvirlanishi ko'zda tutilgan voqealam i qadim dan (O dam Ato) 
boshlaydi. Tadqiqotchilar fikricha, 9 bobdan iborat bu asaming 7— 
8 va 9-bobning bir qismini Abulg'oziyning o'zi, birinchi-oltinchi 
boblar va 9-bobning oxirini M uhamm ad Zam on Uiganjiy yozgan. 
Abulg'oziy o 'z hukmronligi yillaridagi tarixiy voqealar solnomasini 
o'zigacha bo'lgan tarix kitoblari, xalq og'zaki ijodi materiallariga 
tayanib yozadi. U bunda etnografik m a’lum otlardan, afsona va 
rivoyatlardan unumli foydalanadi.
«Shajarayi turk»ka xos fazilatlardan biri shundaki, muallif tarixiy 
voqea-hodisalar bayoniga badiiy tus berishga, ulam i yo'l-yoiakay 
etnografik m a’lumotlar, rivoyatlar, maqollar, naqllar, sajli badiiy 
lavhalar bilan o'qishli qilishga intiladi. U nda 400dan ortiq tarixiy 
sh ax slar-h u k m d o rlar, m alik alar, d in - ta s a w u f ah llari h aq id a 
m a’lumotlar keltiriladi, ayrimlarining portretlari chiziladi.
M uallif sajning mutavozi usulidan unumli foydalanadi. Misollar: 
«Manglayxon taqi podshoh erdi. U taqi bir necha yillar et yeb, 
qimiz ichib, oq os qora qishni bichib, oyday, kunday suluvlami 
quchib, simobday yo'ig'alam i va yeldek yuguruklami minib, ko'ngli 
tegan yerlarga uchub, o'g'li Tengizxonni o 'z o 'm id a o'lturtub ul 
dunyog'a ketdi».
Quyidagi: «zohmtab va fosiq va ichi qora va badniyat kishi erdi»;


«U1 holni k o ‘rub d u m o g 'in d an dudlar chiqib buyurdi» kabi 
kuchaytirish, sifatlash va mubolag'ali o ‘rinlar ham asarda uchrab 
turadi.
Bunday xususiyatlar «Shajarayi turk»ni voqealar bayoni, ulami 
nasrda ifodalash uslubiga ko‘ra monumental tarixiy -m em uar asar 
«Bobumoma»gayaqinlashtiiadi. Biroq «Bobumoma»da Bobuming o‘z 
hayotlik yillarida ko‘rgan -kuzatgan voqea-hodisalari tasviri asosiy 
o ‘rin tutsa, «Shajarayi turk»da Abulg'oziy hukmronligi yillaridagi 
Xiva xonligi tarixi va, asosan, ungacha bo ‘lgan ko‘pasrlik tarix bayoni 
asosiy o‘rin tutadi. Ular oralaridagi mushtaraklikka kelsak, har ikki 
asaming prozada badiiy sayqal topganligi, o ‘zbek tili nozikliklaridan 
m ahorat bilan foydalanilganligi, tarixiy-etnografik m a’lumotlaiga 
boyligi va ulaming o'zbek nasrchiligining ham nodir namunalari 
ekanligini aytish kerak. Mirzo Boburdan so‘ng XVTI asrga kelib 
Abulg'oziy ham o‘z navbatida turkiy tarixnavislik an’analarini davom 
ettirdi; Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi sifatida ko‘rindi.
Abulg'oziy qiziqishi keng shaxs sifatida xalq tibobiati bilan ham 
shug‘ullanib, umrining oxirlarida «M anofe’ ul-inson» risolasini 
yaratdi. Olimning bu risolasida isitma, bel og‘rig‘i, qizamiq, tomoq 
shishi, ko‘z, jigar, ko‘p uxlash kabi 120dan ortiq xastaliklar va 
ulam i davolash usullari haqida maslahatlar berilgan. Xalq tabiblari 
risoladan amaliy faoliyatlarida keng foydalangan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish