Rustamjon o‘rinov, anvar baxranov


Tuzuvchi: Rustamjon O‘RINOV Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani



Download 132 Kb.
bet28/31
Sana01.06.2022
Hajmi132 Kb.
#626714
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Juda kerakli pdf (1)

Tuzuvchi: Rustamjon O‘RINOV Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani
HIKMATLI SO‘ZLAR VA MAQOLLAR JAMLANMASI
(Akademik litsey va kollej o‘quvchilari uchun chiqarilgan ona tili darsliklari asosida)



HIKMATLI SO‘Z VA MAQOLLAR

KIMGA TEGISHLILIGI

1.

Agar qaysi til bilan so'zlaysan, deb so'rasalar, sidq-u sadoqat tili bilan, deb aytgil.

Qobusnoma”

2.

Aql pinhon hamda zohir olam u.

Jaloliddin Rumiy

3.

Aqlli qariya — oqib turgan daryo.

Qozoq maqoli

4.

Aqlli xalqqa intilsa, nodon o‘z qarindosh-urug‘lariga intiladi.

Qirg‘iz maqoli

5.

Baxt kulgu bor uyga kiradi.

Yapon maqoli

6.

Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi.

Polyak maqoli

7.

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.

Abu Rayhon Beruniy

8.

Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog‘i lozim.

Abu Nasr Forobiy

9.

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l bu faoliyatdir

Bernard Shou

10.

Bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib tashlaydi.

Ahmad Yugnakiy

11.

Bir g‘aribning ko‘nglini shod aylasang,
Yo‘l bosib Ka’ba sari bormoq abas.

Huvaydo

12.

Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.

Amur Temur

13.

Birgalashib ovqatlansang — lazzatlanasan, birgalashib ishlasang — xursand bo‘lasan.

Adigey maqoli

14.

Bizni ona yanglig‘ oq yuvib, oq taragan Vatanni sevmoq bu muqaddas burchdir.

M. A. Sholoxov

15.

Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinayi bebaho.

Mirtemir

16.

Bor so'zni so'z sanab tebranmasin til, ko'rib, o'ylab so'zla, keragini bil.

So‘fi Olloyor

17.

Do‘stlik shishaga monand, sinsa — ulay olmaysan.

Rus maqoli

18.

Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi.

Pushtun maqoli

19.

Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay.

Imom al-Buxoriy

20.

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo‘lur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

21.

Eng yaxshi nizom to‘g‘rilikdir.

Kaykovus

22.

Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor — jaholat.

Suqrot

23.

G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun uning tarixini targ‘ibot etish zarur.

Avgustin

24.

Haqiqat daraxtini toshga o‘tqazganda ham qurimas.

Gruzin maqoli

25.

Har bir hurigan itni quva bersang, manzilga qachon yetasan?

Shayx Sa’diy

26.

Har bir kishining so‘zi — o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir.

Xoja Ahmad

27.

Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy
tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdir.

A. Avloniy

28.

Har bir odamning noaniq so'zini eshitmagil, ehtiyot bo'lgilki, avvalgi so'zingni keying i
so'zing buzib yubormasin.

Qobusnoma”

29.

Har so'zda har birovga shirin nuqati bor, Bol tomdi og'zidinki, tilida naboti bor.

Ogahiy

30.

Hargiz talabi shuhrat etmakim: ofat turur.

Abduxoliq G‘ijduvoniy

31.

Hasadchi o‘z hasadi ta’siridan bir kun o‘zi halokat chuquriga yiqiladi.

Husayn Voiz Koshifiy

32.

Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas.

Xitoy maqoli

33.

Himmat hamma narsadan yuqori turadi. Adl binosi hech vaqt vayron bo‘lmaydi.

Suqrot

34.

Ilm — dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir, Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas
fazilatdur

Abdulla Avloniy

35.

Ilm qog‘ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o‘qimoq bilandir.

Zamaxshariy

36.

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas.

Rudakiy

37.

Ilmsiz inson — mevasiz daraxt. Mevali daraxtga tosh otadilar. Obro‘li, izzattalab bo‘lishni istasang ilm o‘rgan. Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.

Abu Rayhon Beruniy

38.

Inson — butun bir olam, faqat unda asosiy tuyg‘u oliyjanoblik bo‘lsa bas.

F. M. Dostoyevskiy

39.

Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so'zi, nutqidir.

A. Navoiy

40.

Insonning qiymati emas siym-u zar, Insonning qiymati ilm ham hunar.

Abdulqodir Bedil

41.

Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan
singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.

I. A. Karimov

42.

Juda boy, chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u yo‘q!

A.Qahhor

43.

Kamolotga intilmagan xalq xalq emas. Xalqni aldab bo‘lmaydi. Xalq hamma narsani
biladi. Millatni sevmoqlik — baxt, kurashib yashamoq — saodat.

Azim Suyun

44.

Ki har neni bilmish odamizod, tafakkur birla qilmish odamizod.

A.Navoiy

45.

Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi.

N. Bualo

46.

Kimki o‘rganishni or bildi, Har qadamda o‘zni xor bildi.

M. Ismoiliy

47.

Kimki o‘rganishni uyat, or demas, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.

Nizomiy Ganjaviy

48.

Kimki qisqa so'zda deydi ko'p ma'no, Ravonlik bobida ul kishi a'lo.

Abu Shukur Balxiy

49.

Kimki so'zni qadrlasa har qachon, o'z-o'zini qadrlagay begumon.

A. Jomiy

50.

Kimki zahmat chekmadi, rahmatga ham yetmadi.

Hofiz Sheroziy

51.

Kishilarga muhabbat — eng yaxshi davlat.

Arab maqoli

52.

Kitobxonga bir fikrni anglatish uchun yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan ochiq, ravon va sodda til kerak.

A. Qahhor

53.

Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!

T. Murod

54.

Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim.

Tatar maqoli

55.

Odamlar aqlining chirog‘i bilim,
Balodan saqlanish yarog‘i bilim.

Rudakiy

56.

Odamlar o‘qishdan to‘xtashlari bilan fikrlashdan ham to‘xtaydilar

Deni Didro

57.

Orqada turgan do‘stdan oldinda turgan dushman yaxshi.

Gruzin maqoli

58.

Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.

Monteskye

59.

O'zbek tilining bugungi darajasi, turkiy tillar ichida tutgan mavqeyi uchun biz ko'p jihatdan o'tgan asr boshida yashagan ziyolilardan minnatdor bo'lishimiz kerak. Ular o'zbek tilining so'z yasash imkoniyatlaridan dadillik bilan foydalandilar, xalqda milliy g'urur, ona tiliga
hurmat tuyg'usini tarbiya qildilar.

E. Vohidov

60.

Ozodlik — obodlik.

Tojik maqoli

61.

Qadimgi Gretsiya Yevropada sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o‘lkalar va barcha turkiy xalq lar tarixida
xuddi shunday o‘rin egallaydi.

Chingiz Aytmatov

62.

So‘z durredurkim, aning daryosi ko‘ngildir

A. Navoiy

63.

So‘zni ko‘nguldan chiqarmaguncha tilga keltirma va har nekim ko‘ngulda bor — tilga
urma.

Navoiy

64.

So'z ichra mudom aql yashirindur, So'z chimildig'-u aql kelindur.

NosirXisrav

65.

So'z so'zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak.

A. Qodiriy

66.

So'zlash qobiliyati - hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi.

L. N. Tolstoy

67.

Til — so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.

Beruniy

68.

Til arslan turur, ko‘r eshikda yatur. Aya evlug, arsiq bashingni yeyur.

Y.X.Hoji b

69.

Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi.

V. fan Gumboldt

70.

Til millatning birinchi haqqidir. SHu haq o'ksitilgan bo'lsa, demak, millat o'zini o'zi o'ksitib kelgandir.

I. G 'ofurov

71.

Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir.

A. Navoiy

72.

Tilda uni nomlovchi so'z bo'lmasa, shunday so'zni qo'shni tildan olish mumkin. Ammo tilda
mavjud so'zlar o'rnida boshqa so'zni qo'llash zararlidir.

M. Qoshg'ariy

73.

Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasidir, o'sha tafakkur va tuyg'ular orqali so'z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan.

K.D.Ushinskiy

74.

Tili bo'lsa uning shakardan shirin, Ulug' ham, kichik ham beradi bo'yin.

Yusuf Xos Hojib

75.

Tilingni so‘zlashga soz, muhayyo qil,
Tilingni o‘q qil-u, aqlni yoy qil.


Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish