25
federatsiyasi va O‘rta Kongoning ma’muriy markazi, II jahon urushi
davrida general Sharl de Goll boshchiligidagi „Ozod Fransiya― harakati-
ning asosiy tayanch punktlaridan biri bo‘lgan. 1958 – 1960- yillar Muxtor
Kongo, 1960- yildan Kongo Respublikasi poytaxti. Shahar uning asoschisi
Per Savornyan de Brazza
nomi bilan Brazzavil deb nomlangan.
Shuningdek, Per Savornyan de Brazza nomi bilan Markaziy Afrikada
yashaydigan maymunlarning bir turi ham – Brazza maymuni deb ataladi.
BRISBEN
,
Brisbeyn
–
Avstraliya
Ittifoqining sharqidagi shahar.
Tinch okean
sohilida
joylashgan.
Kvinslend
shtatining
ma’muriy markazi. Brisben daryosi Morton
qo‘ltig‘iga quyiladigan joydagi dengiz porti.
Maydoni 15826 km
2
. Aholisi 2 mln 300 ming
kishi (2017). Brisben Avstraliyaning sanoat va
madaniy
markazlaridan
biri
hisoblanadi.
Shaharga 1824- yilda
asos solingan. Shahar uni
Brazzavil shahri
Per Savornyan de Brazza
(1852 – 1905)
Tomas Brisben
(1773 – 1860)
26
bunyod
etgan astronom olim, 1821 – 1825- yillarda Yangi Janubiy Uels
gubernatori bo‘lgan
Tomas Makdugall Brisben
(1773 – 1860) sharafiga
uning nomi bilan atalgan.
Brisben shahri
Bruks
– Alyaskadagi tog‘ tizmasi.
Shimoliy Amerikaning
shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Umumiy uzunligi 970 km. Bruks
tizmasining o‘rtacha balandligi 2000 – 2500 m. Eng baland cho‘qqisi –
Cheymberlin tog‘i (2749 m). Tizma (1925- yildan boshlab) 1898 – 1924-
yillarda Alyaskadagi mineral resurslarini tadqiq qilgan AQSH Geologiya
xizmati geologi
Alfred Bruks
(1871 – 1924)
sharafiga uning nomi bilan
ataladi.
DALLAS
–
AQSH janubida, Texas shtatidagi Triniti daryosi bo‘yi-
da joylashgan shahar. Aholisi 1 mln 223 ming kishi (2012). Transport
yo‘llarining muhim tuguni. Dallas AQSH janubidagi yirik savdo-moliya
va neft-gaz sanoati markazi hisoblanadi. Shuningdek,
u juda yirik paxta
bozori hamdir. Shaharga 1841- yilda asos solingan. 1856- yildan shahar
27
siyosiy arbob, AQSH vitse-prezidenti, senator
Jorj Mifflin Dallas
(1792 –
1864) sharafiga uning nomi bilan ataladi.
Ushbu shahardagi eng mashhur voqealardan biri 1963- yil 22-
noyabrda yuz bergan. Shu kuni dunyoga mashhur siyosiy arbob,
AQSHning 35- prezidenti (1961 – 1963) Jon Fidjerald Kennediga (1917 –
1963) suiqasd uyushtirilgan.
DARLING
–
Avstraliyadagi daryo,
Murrey daryosining eng uzun o‘ng irmog‘i.
Uzunligi 1472 km, havzasining maydoni
650
ming km
2
. Nyu-Inglend tizmasining
g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib, quyi
oqimida chalacho‘ldan oqadi. Daryo 1829-
yilda Avstraliya tadqiqotchilaridan biri
Ch.Stertom
tomonidan aniqlanib, o‘sha
paytdagi Yangi Janubiy Uels shtati guber-
natori
Ralf Darling
(1775 – 1858) sharafiga
Do'stlaringiz bilan baham: