Tilshunoslik fanidan mustaqil ish Tayyorladi:2117-guruh talabasi Abduxalilova Kamola O’qituvchi:Yo’ldasheva Farog’at
Rus tilshunoslik maktablari
XX asr rus tilshunosligi
XX asr rus tilshunosligi
XX asr rus tilshunosligining negizida yagona falsafiy ta’limot ya’ni dialektik materializm yotadi. Yagona falsafiy asosga qurilgan ushbu davr tilshunosligining eng muhim, asosiy xususiyatlaridan biri bizdan tashqari va bizga bog`liq bo`lmagan holda mavjud obyektiv voqelikning, undagi predmet-hodisalarning birlamchiligini, bizning ongimizda aks etishini, til orqali anglashinishini, ifodalanishini ta`kidlash va targ`ib qilish bo`ldi.
Marksizmning falsafiy ta’limoti Uning asosiy tamoyillari XIX asrning 40-yillarida ta’riflab berilgan.
Asosiy qonunlari: -Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni;
-Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni
Dialektik materi- alizm
Moskva maktabi
XIX asrning oxiriga kelib Rossiyada bir qancha lingvistik maktablar shakllandi. Ularning ilmiy tamoyillari hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bulardan biri Moskva tilshunoslik maktabi deb nomlanadi. Uning asoschisi Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) dir.
Filipp Fedorovich Fortunatov 1876-yildan 1906-yilgacha Moskva universitetida dars berdi, keyinchalik ordinar akademik sifatida Peterburgga ko’chdi. Uning asosiy ishlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-”Boltiq tillarida urg’u va cho’ziqlik haqida”
-”O’rta maktablarda rus tili grammatikasini o’qitish to’g’risida”
-”Eski slavyantili fonetikasi bo’yicha leksiyalar”
-”Hind-Yevropa tillari qiyosiy morfologiyasi”
Moskva tilshunoslik maktabi tarafdorlari komparativistika va til tarixi bilan, sinxron grammatika nazariyasi bilan izchil shug’ullandilar, lug’atlar tuzishda, orfografiya va punktuatsiya qoidalarini ishlab chiqishda. Maktabda rus tilini o’qitish metodlari va prinsiplarini takomillashtirishda faol ishtirok etdilar.
F.F.Fortunatov tilga ikki tomonlama hodisa deb qaraydi. Bir tomondan til ijtimoiy hodisa bo’lib, uning taraqqiyoti va o’zgarishlari jamiyatning taraqqiyoti va o’zgarishlarida ko’rinadi.
Ikkinchi tomondan tilning ichki taraqqiyoti har bir shaxsning individual faoliyatiga bog’liq. Bu jihatdan tildagi o’zgarishlarning yuz berishida analogiyaning roli beqiyosdir.
Qozon maktabi
Tilshunoslikning mustaqil fanga aylanishida, uning metodlarini ishlab chiqishda muhim rol o’ynagan polyak-rus tilshunosi Ivan Aleksandrovich Boduen de Kuttene (1845-1929) Qozon tilshunoslik maktabining asoschisidir. Qozon tilshunoslik maktabining vakillari Boduen rahbarligida til faoliyatining psixik fonetik tomonlariga ahamiyat berdilar. Rossiyada birinchi martta eksperimental fonetika labaratoriyasini tashkil qildilar., fonologiya bilan shug’ullandilar.
Varshava yaqinidagi qishloqlardan birida tug’ilgan Boduen yoshligidanoq tovushlar fiziologiyasi, Sanskrit, litva va slavyan tillari bilan muztazam shug’ullana boshlaydi, ayniqsa, polyak tili tarixiga doir materiallarni yig’ishga faol kirishdi. Ko’pgina chet mamlakatlarida bo’lib, mashhur lingvist olimlarning (yosh grammatikachilarning) ma’ruzalarini tinglagach, 1868-yilda Rossiyaga keladi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydi.
Boduenning talantli va har taraflama bilimli shogirdi V.A.Bogorodotskiy Qozon maktabiga xos bo’lgan umumiy nazariy yo’nalishni saqlagan holda, uni yana ham rivojlantirdi, ayrim masalalarni aniqladi.
“Rus tilidan urg’usiz unlilar” “Tilshunoslik va rus tili bo’yicha ocherklar” “Umumiy tilshunoslik bo’yicha leksiyalar” O“riy-Yevropa tillarining qiyosiy grammatikasi” “Rus tili grammatikasida umumiy kurs”
A S A R L A R I
Peterburg maktabi
XIX asr boshlarida Peterburgda Aleksandr Xristoforovich Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o`rganish an`anasi asrlar so`nggigacha davom etdi. Asrning o`rtalaridan boshlab bu ishga akademik I.I. Sreznevskiy rahbarlik qildi. Peterburgda akademik va universitet doirasida mamlakatning eng taniqli tilshunoslari yig`ilgan edi. Ayniqsa akademik A.A. Shaxmatov (1864-1920)ning ajoyib ilmiy faoliyati Peterburgda filologiyaning rivojlanishi uchun katta ta`sir ko`rsatdi.
A.Shaxmatovning ilmiy merosi juda katta. U 150dan ortiq asar e`lon qilgan. A.Shaxmatov o`zining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan mavjud qiyosiy-tarixiy metodning asosiy yo`lini chuqurlashtirishga, mukammalashtirishga salmoqli hissa qo`shdi. Uning ilmiy asarlari rus tilshunosligining turli yo`nalishida erishgan yuutuqlarini birlashtirar edi. Ammo uning ustozi F.Fortunatovning ta`siri hammadan kuchli bo`ldi. U Fortunatovning asarlarini yuksak baholadi.
A.A.Shaxmatov asarlari
“Rus tili lug’ati”
“Rus tili sintaksisi”
E’tiboringiz uchun rahmat! Tayyorladi:Abduxalilova Kamola 2117-guruh talabasi