132
Ixtisoslashtirish-profillashtirish
ma’lum toifa kitobxonlarning
axborotga bo‘lgan ehtiyojini va kutubxonaning vazifasini hisobga
olib, fondga olinadigan kitoblar mavzusini chegaralashni bildira-
di. Bunday ixtisoslashtirish kitobxonga kerakli bolgan kitoblarni
boshqa kutubxonadan olish imkoniyati bo'lganda va kitob olish
ishi, ya’ni butlash — shu kutubxonalar bilan kelishilgan holda olib
borilganda o‘zini oqlaydi.
Ixtisoslashtirish — kutubxona fondi hamma tarkibiy butlam-
larning bir-biriga mos kelishini ta’minlash degani. Masalan,
olinadigan kitoblar mavzusi, turi, nusxasi, tili, xili va hokazo.
Bundan tashqari kutubxonaning ish miqdori, vazifasi, xili ham
hisobga olinadi. Kutubxona fondini shakllantirishda mavjud
joyning ahvoli, holati kitobxonlar tarkibi, ularning millati xususi
yatlari, qiziqishi ham hisobga olinadi.
Kutubxona o‘z ixtisosi bo‘yicha toliqroq kitob olishga harakat
qilsa, boshqa sohadagi kitoblarni tanlab olishga to‘g‘ri keladi. Masa
lan, ARM fondida vaqtli matbuot 10—15 %ni, tezda axborot beruvchi
ilmiy kutubxonalarda vaqtli matbuot 50%ni tashkil etishi mumkin.
Ixtisoslashtirish mazkur kutubxona
fondini mazmuni
va tu-
zilishini kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojiga yaqinlashti-
rishga, mazkur joy, muassasa oldida turgan xo'jalik, iqtisodiy,
ma’naviy vazifalarga bo‘ysundirishga olib keladi.
Kutubxonalar fondni butlashda asosiy muvofiqlashtirishga alo
hida ahamiyat berilishi lozim.
Koordinatsiya
— boshqa kutubxona fondini hisobga olishni,
o‘zaro aloqani, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni taqozo qiladi. Alohida
hudud, viloyat, respublika miqyosidagi kutubxonalarga ularning
turi, tarmog‘iga e’tibor berib, kitoblarni kelishgan holda olish,
muvofiqlash lozim. Bunday hollarda fondning to‘liqligi saqla-
nadi, talablar o‘z vaqtida bajariladi, kitobga ketayotgan mablag1
tejaladi va ular yaxshi saqlanadi. Ko‘p so‘raladigan kitoblar o‘quv
xonalarida foydalanishga beriladi. Bu holat o‘z navbatida muvo-
fiqlashgan kutubxona fondining bosh vazifasini yechishga yordam
beradi, ya’ni kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq
qondirishga, ko‘proq so‘raladigan kitoblarni kitobxonga yetkazib
berilishiga, tez va sifatli xizmat ko‘rsatishga olib keladi.
133
Tartibga solish prinsipi asosan kutubxona fondini butlash va
undan kitoblarni chiqarish rejali, muntazam, tezda bajarilib bo-
rilsa u o‘z maqsadiga yetadi. Bu holat, odatda tashkiliy prinsip
deb ham ataladi.
Demak, kutubxona fondini shakllantirishda ishlab chiqaril-
gan nazariy va amaliy qoidalar va usullarga alohida e’tibor berish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |