Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar


Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi



Download 182,58 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2022
Hajmi182,58 Kb.
#678985
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xborot

7.3. Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi
Наг xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xu- 
susiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan 
shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun 
umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini 
to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi. Kutubxona 
fondini to ‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida 
kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi) 
dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va 
tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Ma- 
salan: universal kutubxonalarda ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, 
darsliklar, texnika adabiyotlari bo‘lsa, ilmiy kutubxonalar fondida 
monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mav­
jud bo‘ladi. Har xil tip va turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun 
kitoblar tanlashda ham farq qiladi. Tanlab to‘ldirish fonddan foy- 
dalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari 
yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik 
adabiyotlarini, tibbiyot kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni 
to'liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va 
turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. 
Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mav­
jud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib 
kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar 
takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. 
Ilmiy kutubxona o‘qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga 
topshirsa, universal kutubxona uni tezroq hisobdan chiqarishga 
harakat qiladi. Fondni toidirish manbalari jihatidan ham ancha 
farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa
134

(pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa ku- 


tubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar.
Yuqoridagilardan m a’lumki, badiiy kitoblar fondning yarmi- 
dan ko‘pini tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon 
qiziqishiga mos keladiganini olish m a’qul. Kasaba kengashining 
kutubxonalari, bolalar kutubxonalarini to‘ldirishda shu kutub- 
xonalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kasa­
ba kengashi kutubxonasi, odatda biron-bir korxona, tashkilotga, 
alohida soha kishilariga xizmat qiladi. Ushbu kutubxonada ham 
nashrlarni ko‘p qismi badiiy adabiyot bo‘lib qolishi bilan birga, 
ushbu korxonaning profiliga oid kitoblar bo‘lishi mumkin. Kitob 
olishda ular boshqa kutubxonalar bilan muvofiqlashib, kelishib 
olishlari lozim.
Ilmiy kutubxonalar o‘z fondini butlashning xilma-xil 
yo‘llaridan foydalanadi. Yirik ilmiy kutubxonalar majburiy nusxa 
olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham kitob xarid qiladi. 
Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli, davom eta- 
digan va ko‘p tomli nashrlarni to‘liq to‘plashi lozim.
Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishiga 
qarab kitob, jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar 
va hokazolarni oladi. Strukturali bo‘lim lar kitob taqsimlashning 
aniq rejasiga rioya qiladi. Bu kutubxonalar faqatgina yangi ada- 
biyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko‘ra ilgari nashr qilingan 
kitoblarga ham ko‘proq ahamiyat beradi.
Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko‘p sohali akademiyalar, 
oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi. Ular fan- 
texnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy ax- 
borot berish markazlari bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali ilmiy 
kutubxonalar fondini butlashning xususiyatlaridan biri— har bir 
mavzu bo'yicha kerakli kitoblarni olishdir. Chunki mazkur ku­
tubxonalar mana shu sohadagi kitobxonlarga axborot markazi 
sifatida xizmat qiladi. Masalan: Respublika ilmiy-texnika ku­
tubxonasi yoki Kibernetika instituti kutubxonasi va hokazo. 
Bunday kutubxonalar nafaqat axborot beradi, balki faktografik 
ma’lumotlar ham berishga qodir. Natijada bu kutubxonalar mu- 
taxassislar uchun katta axborot tizimiga ega bo‘lgan oz tirajli
135

buyurtmali va bepul nashrlarga ham alohida ahamiyat beradilar. 


Shunga muvofiq kitob va jurnal fondidan tashqari ko‘p sohali 
kutubxonalar maxsus sanoat kataloglarini, xorijiy ilmiy va il- 
miy-texnika adabiyotlar tarjimalarining, idoraviy adabiyotlar- 
ning, algoritmlar ham da dasturiy mahsulotlarning, ba’zan e’lon 
qilinmaydigan materiallarning kam nusxali fondlarini ham tash­
kil etadilar. Oz nusxali majburiy nusxalar (pullik va bepul) ko‘p 
sohali kutubxonalarni butlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ko‘p sohali kutubxonalar xorijiy adabiyotlardan birinchi nav- 
batda chet eldagi fan yutuqlari to‘g‘risida yakuniy materiallarni 
olishga harakat qiladilar. Bunda, albatta, monografiyalar, ilmiy 
tadqiqot muassasalari, konferensiya, simpozium materiallarini 
sotib olishga qiziqadilar.
0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni 
butlash xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir ne- 
cha o‘n yilliklar davomida markazlashgan sharoitda ishlamoqda. 
Akademiya muassasalari barcha fan va bilim sohalarini qamrab 
oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar 
mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademi­
yasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo'lib, u 
olimlarning faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Butlashning bunday 
takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas. Fanlar akademi- 
yasining asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy 
adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy konferensiya, kengashlar 
materiallari, m a’lumot va noyob nashrlar, qo‘lyozmalar jamlanadi. 
Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan 
farq qilib, o‘z sohasiga oid va ma’lumot xarakteridagi adabiyot- 
larni oladi.Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy nashrlar bilan 
butlashda qator o‘ziga xoslikka ega. Bu ancha murakkab jarayon, 
chunki juda katta miqdordagi jahon bosma adabiyotlari bilan 
ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, vaqtli bosma nashrlarni 
sotib olish butlashda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Xorijda har 
yili hamma sohalarga oid 150—200 yangi nomda jurnallar paydo 
bo‘ladi, ularning ichidan keragini tanlab olish ancha mushkul.
Oliy o‘quv yurti kutubxonalarining fondlarini butlashda maz­
kur kutubxonalarning o‘ziga xos vazifalari o‘quv-tarbiya jarayoni,
136

talaba va o‘qituvchilarni zarur kitoblar bilan ta’minlash zarurati 


bilan belgilanadi. Bundan tashqari mazkur kutubxonalar talabani 
komil inson va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun ham 
qayg‘uradi. M azkur kutubxona fondida shu o‘quv yurtining so- 
hasi bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali manbalar ham 
to‘planadi. Bundan tashqari mazkur kutubxona maxsus, ilmiy, 
texnika, badiiy hamda m a’lumot nashrlarini ham oladi. Keyingi 
yillarda bu kutubxona fondlari sezilarli ravishda o‘zgarmoqda, 
ya’ni mazkur sohaga oid ilmiy nashrlar bilan birgalikda axborot 
vositalari ham olinmoqda. Ayniqsa, o‘quv adabiyotlariga katta 
ahamiyat berilmoqda. Odatda, har bir talabaga o‘quv predmeti 
bo‘yicha bittadan (1:1) kitob, qo‘shimcha adabiyotlar (1:2) bo‘lishi 
lozim. Mazkur kutubxona o‘z fondini butlashda kafedralar, 
o‘qituvchilar, talabalar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. 
Bundan tashqari o‘quv jarayonining o‘zgarishi, yangi predmet- 
larning joriy qilinishi, darsliklarning yetishmasligi yoki yaratil- 
maganligi kabi muammolarni hal qilishga tayyor turishi lozim.
Ilmiy-texnika axborot-kutubxona muassasalari fondlari asosan 
xodimlar malakasini oshirish hamda mehnatning ilg‘or usulla- 
rini o‘zlashtirishda ishlab chiqarishga yordam berish, texnika- 
ning umumiy masalalari bo‘yicha adabiyotlarni targ‘ib qilishga 
moslashgan. Bu kutubxonalar, odatda ilmiy-texnika axboroti 
tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllangan adabiyot tanlashda 
o‘ziga xos turlar: standartlar, sanoat kataloglari, ixtirolar tavsifi va 
hokazolarga ahamiyat beradi. Odatda texnika adabiyotlari tez es- 
kirib yangilanib turadi, natijada mazkur kutubxona fondlari ham 
shunga monand bo‘ladi.
Hozirgi davrda texnika axborot-kutubxona muassasalarining 
tor ixtisoslashgan fondlari tematikani kengaytirish tendensiyasiga 
ega va bu qonuniydir, chunki ayrim masalalarni ishlab chiqish 
fan va texnikaning yondosh tarmoqlariga doir axborotlardan foy- 
dalanishni talab qilmoqda.

Download 182,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish