Rukn: Mobil aloqa



Download 2,63 Mb.
bet94/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

Boshqarish tekisligiBoshqarish darajasi—bu IMS funksiyalarining yig‘indisi, ular aloqa seanslarini boshqarish bo‘yicha hamma harakatlarni amalga oshiradi.

Asosiy elementlari:

    CSCF (Call Session Control Function)– chaqiruvlarni va seanslarni boshqarish funksiyasi bilan element. CSCF funksiyasi IMS-platforma boshqarish tekisligida asosiy hisoblanadi. SIP protokolini ishlatib, CSCF moduli IP transporti vositasida real vaqtning xizmatlarning ko‘pchiligini etkazib berishni ta’minlovchi, funksiyalarni bajaradi. CSCF funksiyasifoydalanuvchilarning va ilovalarning ixtisosiga muvofiq, tarmoq resurslarini (chegaraviy qurilmalar, shlyuzlar va ilovalar serverlari) samarali boshqarish uchun dinamik axborotni ishlatadi. CSCF moduli uch asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi:

-  Serving CSCF (S-CSCF) – xizmat ko‘rsatuvchi CSCF. Hamma SIP-xabarlarga ishlov beradi, ular bilan oxirgi qurilma olmashuv o‘tkazadi;

-  Proxy CSCF (P-CSCF) – u orqali IMS tizimiga hamma foydalanuvchilarning trafikasi tushadi;

-  Interrogating CSCF (I-CSCF) – so‘rab oluvchi CSCF. Uy tarmog‘i bilan ulash nuqtasidan  iborat. I-CSCF aniq abonent uchun S-CSCF ni topish uchun HSS ga murojat qiladi;

    S-CSCF IP transportining multimediali xabarlarini etkazib berish seanslarini boshqarishni ta’minlaydi, terminallarni ro‘yxatga olish, HSS serveri bilan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik (undan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini olish), xabarni tahlili, marshrutlash, ilovalarga va foydalanuvchilarning ixtisosiga muvofiq, tarmoq resurslarini (chegaraviy qurilmalarni, shlyuzlarni va serverlarini) boshqarishni o‘z ichiga olgan holda;

    P-CSCF ushbu tarmoq IMS terminallar uchun IMS yadrosi ichidagi signal darajasida birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. P-CSCF funksiyasiterminaldan yoki terminalga so‘rov qabul qiladi va uni IMS yadro elementlariga marshrutlaydi. Xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchi terminali, tarmoqda ro‘yxatga olish va uning hamma vaqtida, P-CSCF funksiyasiga biriktiriladi. P-CSCF modulifoydalanuvchini autentifikatsiyasi bilan bog‘liq funksiyalarni amalga oshiradi, hisobga olish yozuvlarni shakllantiradi va ularni to‘lovlarni hisoblab o‘tkazish serveriga uzatadi. P-CSCF moduli elementlaridan biri bo‘lib, Policy Decision Function (PDF) – siyosatni tanlash funksiyasi hisoblanadi, ya’ni axborot trafikasi tavsiflari bilan (masalan, talab qilinuvchi o‘tkazuvchanlik qobiliyati) ish ko‘ruvchi va seansni tashkil qilish yoki uni man qilish imkoniyatini aniqlovchi, seans parametrlarini o‘zgartirish zarurligini aniqlovchi va hokazo;

    CSCF ushbu tarmoq abonentlari yoki vaqtincha tarmoqda bo‘lgan vizitli abonentlar bilan hamma tashqi ulanishlar uchun IMS yadrosi ichidagi signal darajasida birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. I-CSCF modulining asosiy vazifasi – xizmatlarga ulanish imkoni bo‘yicha tashqi abonentni imtiyozlarini identifikatsiyalash, tegishli ilovalar serverini tanlash va unga kirishni ta’minlash;

    BGCF (Breakout Gateway Control Function) – shlyuzlarni boshqarish funksiyasi, kanallar kommutatsiyasi domeni (UfTT yoki GSM) va IMS tarmog‘i orasida chaqiruvlarni qayta jo‘natishni boshqaradi. Ushbu modul telefon nomerlari asosida marshrutizatsiyalashni amalga oshiradi va kanallar kommutatsiyasi domenida (KK) shlyuz tanlaydi, u orqali IMS tarmog‘i (BGCF serveri qaysi erda joylashgan) UfTT yoki GSM bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu erda shuningdek KK tarmoq abonentlarga hisoblab o‘tkazish uchun tegishli hisobga olish yozuvlarni generatsiyasini o‘tkaziladi;

    MGCF (Media Gateways Control Function) – shlyuzlarni (Media Gateways) boshqarish funksiyasi–N.248/MEGACOni ishlatib, IMS transport shlyuzlarida ulanishni boshqaradi;

    SGW (Signaling Gateway) – signal shlyuzi – MGCF ga tushunarli ko‘rinishga, UfTT signalizatsiyasini o‘zgartirishni ta’minlaydi. SIGTRAN protokollar guruhi interfeysi orqali IMS yadrosi bilan bog‘langan;

    RACS (The Resourceand Access Control)–resurslarni va kirishni boshqarish tizimchasi – kirishni (ixtiyorida bor resurslar, mahalliy siyosat va foydalanuvchi ixtisosi asosida muallifligi asosida) boshqarish funksiyasini va shlyuzni boshqarish (gatecontrol) yordamida tarmoqqa kirish ta’minlaydi, tarmoq manzillarini va portlarini o‘zgartirishni boshqarishni, va birlamchi bo‘lishni berishni o‘z ichiga olgan xolda;

    PDF (Policy Decision Function) – siyosatni tanlash funksiyasi, axborot trafikasi tavsiflari bilan (masalan, talab qilinuvchi o‘tkazuvchanlik qobiliyati) ish ko‘ruvchi va seansni tashkil qilish yoki uni man qilish imkoniyatini aniqlovchi, seans parametrlarini o‘zgartirish zarurligini aniqlovchi va hokazo;

    NASS (Network Attachment Subsystem) – tarmoqni ulash tizimchasi – uning asosiy vazifalariga IP-manzilni dinamik belgilanishi (DHCP – Dynamic Host Configuration Protocol ishlatib), IP darajada autentifikatsiya, tarmoqqa kirishni mualliflashtirish, IP darajada o‘rnashgan joyni topishni boshqarish kiradi.


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish