Rukn: Mobil aloqa


IMS texnologiyasining asoslari



Download 2,63 Mb.
bet92/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

10.2. IMS texnologiyasining asoslari

 

IMS asosidagi yangi boshqaruv konsepsiyasi bir necha prinsiplarga asoslanadi.



1. “Abonent” tushunchasi o‘rniga IMS tizimida “abonent tarmog‘i” tushunchasi kiritiladi. Bunda tarmoqda abonent qurilmalari sonini oshirish, shuningdek, NGN kirish tarmoqlarida konvergensiya xususiyatlari hisobga olinmoqda.

2. Boshqaruv tizimiga abonentlarning uy serveri NSS (Home Subscriber Server) abonent joylashuvini nazorat qilish, rouming va billing jarayonlarida foydalaniladigan HLR (Home Location Register) – abonentlar joylashuvini hisobga olish tizimining ekvivalenti sifatida qo‘shiladi.

3. IMS ni boshqarish asosiga turli qurilmalar o‘rtasida boshqaruv jarayonlarnini ajratish bilan Softswitch konsepsiyasi qo‘yilgan.

4. IMS tizimining talab qilinadigan funksionalligini ta’minlash uchun boshqaruv yadrosining arxitekturasini sezilarli darajada murakkablashtirish kerak, bu esa MGC ni Softswitch dan bir necha elementlarga dekompozitsiya qilinishiga olib keldi.

Keltirilgan to‘rtta parametrlar IMS ning texnik echimlarini aniqladi. IMS ning keltirilgan yangiliklari haqida biroz to‘xtalib o‘tamiz.

IMS konsepsiyasining Softswitch dan birinchi farqi – bu abonent tarmog‘i tushunchasidir. Gap shundaki, Softswitch konsepsiyasi kompyuter telefoniyasidan kelib chiqqan bo‘lib, shu sababli uning bir necha kamchiliklari mavjud, chunki u avvalo faqat telefonli abonentlarga mo‘ljallangan edi. NGN spetsifikasi o‘zining o‘zgartirishlarini kiritdi va zamonaviy Softswitch talqinida abonent sifatida kompyuter va SIP-terminal va boshqalar bo‘lishi mumkin. IMS konsepsiyasi “abonent” tushunchasini “abonent tarmog‘i” tushunchasiga o‘zgartirdi, shu sababli IMS tizimida oxirgi qurilmalarga NGN tarmog‘iga birlashtirilgan turli tizimlar oilasi ham kiradi. Bu tushunchani talqin qilishda ma’lum erkinliklar mavjud, chunki IMS abonent tarmog‘i hajmini aniqlamaydi. Eng sodda holatda bu konvergent abonent ulanishi bo‘lishi mumkin, masalan, Wi-Fi tarmog‘i bilan ADSL va unda bir necha qurilmalarning ulanishi. Ammo IMS nuqtai nazaridan an’anaviy TDM tarmog‘ining segmenti yoki NGN segment ham abonent tarmog‘i sifatida qabul qilinishi mumkin. Abonent tarmog‘ini bunday talqin qilishda IMS konsepsiyasining demokratikligi va yangiligi ko‘zga ko‘rinadi. Ushbu yangilik shunchalik murakkabki, unda zamonaviy texnologiyaning barcha xarakteristikalari ko‘rsatilmagan, ammo aynan u IMS ni “HLR o‘rnatilgan Softswitch” sifatida ko‘rish imkonini beradi.

IMS tizimida abonent joylashuvini hisobga olish tizimining mavjudligi – IMS abonentlari mobilligining aniq yutug‘idir. Bu erda ushbu masalani muhokama qilishning zaruriyati yo‘q. Faqat shuni ta’kidlash kerakki, HSS funksiyalari sotali aloqa tizimlaridagi HLR funksiyalariga nisbatan kengroqdir. Birinchidan, sotali tarmoqda telefon abonentlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bazasi o‘rniga IMS da yangi sifatli vazifani taqdim qiluvchi abonent tarmoqlari joylashuvini nazorat qilish funksiyalari realizatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, IMS xizmatlarini personallashtirish har bir abonentni hisobga olishni talab qiladi. Agar HLR da barcha abonentlar bir xil statusga ega bo‘lsa, HSS da ular kategoriyalarga ajratilishi kerak va personal xizmatlar konsepsiyasi rivojlangani sari HSS da kategoriyalar ko‘payib boradi. Shu tarzda, HSS strukturasi HLR strukturasidan sezilarli darajada murakkabroqdir.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish