Rta maxsus ta’lim vazirligi


Aholi tadbirkorligini rivojlantirishda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish asoslari



Download 1,04 Mb.
bet6/25
Sana07.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#754908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
buvayda

1.2 Aholi tadbirkorligini rivojlantirishda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish asoslari.
Mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, ko‘p jihatdan aholining real daromadlarining oshishiga bog‘liq. Aholi tadbirkorligini rivojlantirish esa bu boradagi masalalarga oydinlik kiritadi. Aholi tadbirkorligini rivojlantirishda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanishni nazarda tutar ekanmiz, avvalo davlat moliyaviy resurslari xususida umumiy tushunchaga ega bo‘lib olishimiz darkor.
Moliya resurslari - iqtisodiy sub’yekt ixtiyorida, uning tasarrufida bo‘lgan jami pul mablag‘lari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini o‘tkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘lik, bo‘lgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda to‘planadi.
Hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliqlardan tashkil topadigan soliq tizimini qo‘llaydi. Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va o‘z vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablag‘laridir. Firma yoki korxona Moliya resurslari yalpi pul tushumi, bankdan olgan krediti, o‘z mulkini sotishdan kelgan tushum, o‘z aksiyalarini sotishdan kelgan mablag‘ hisobidan shakllantiriladi. Xonadon Moliya resurslari — ish haqi, pensiya, ijara haqi, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tashkil topadi. Xonadondagi Moliya resurslari, asosan, iste’mol va jamg‘arish uchun ajratiladi4.
Davlat moliya resurslari o‘zlarining manbalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikasiya qilinishi mumkin. Eng avvalo Davlat moliya resurslari manbai o‘zlarining manbalariga ko‘ra quyidagi 3 guruhga bo‘linadi;

  • soliqli daromadlari;

  • nosoliqli daromadlari;

  • tiklanmaydigan pul mablaglari

Soliqdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari-bu yangidan yaratilgan qiymat va uning dastlabki qayta taqsimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo‘shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividendlar va boshqalar), shuningdek, jamg‘armalardir. Soliqqa kirmaydigan, ya’ni nosoliq daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat‟iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina daromadlari ko‘rinishlari ega bo‘lmaydi.
Nosoliq daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Nosoliq daromadlari soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi.
Byudjetning daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotasiyalar, subvinsiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklanmaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamlardir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi byudjetning daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak.
Mamlakatimiz aholining turli qatlamlarini, shu jumladan yoshlar, kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj fuqarolar hamda kichik korxonalarning tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Birgina «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish uchun 7,2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi5.
Aholi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda Tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish nazarda tutilgan «Tadbirkorning alifbosi» va «Tadbirkorlik maktabi» nomli metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, chop etish va tadbirkorlar o‘rtasida tarqatish kerakli aytib o‘tilgan. Bu esa o‘z navbatida o‘z moliyaviy holatini boshqarishga yordam berishi, zarur paytda davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalani bilishni o‘zlishtirilishi nazarda tutilgan. «Tadbirkorlik» tushunchalarni hozirgi ma’nosida birinchi bo‘lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Ri­chard Kantilon qo‘llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan.
Angliya sanoatining muvaffaqiyatini J.B. Sey «Angliya tadbirkor-lari iste’dodi» ta’minlaganligini va mahsulot ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat ko‘rsatadi deb aytib o‘tgan. Ya’ni u tadbirkor ish­lab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni o‘z vaqtida sotganligi, olgan daromadi uning mehnati, uchun berilgan mukofotdir deya takidlagan.
Iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlar shakliga kam e’tibor berganlar. Chunki fikrimizcha, o‘sha davrning muxiti tadbirkorlik shakllarining rivojlanishishiga to‘la ravishda imkon bermagan. Tadbirkorlar faoliyati ularning ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlil ob’yekti bo‘lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723-1790) va D.Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o‘z-o‘zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o‘rin yo‘q edi. «Xalqlar boyliklarining mohiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776 y.) kito­bida A.Smit tadbirkor ta’rifiga alohida e’tibor bergan edi. A.Smit fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g‘oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog‘liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A.Smit fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o‘zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi. Bu ishlar, o‘z navbatida, bozor tizimi bilan bog‘liq. Shu bois A.Smit bizlarni bozor tizimining markaziy mexanizmi – raqobat mexanizmi bilan tanishtiradi. O‘z manfaatini ko‘zlab yurgan har bir kishi bozorda shu maqsad bilan yurgan kishilarga duch keladi. Natijada, bozordagi har bir harakat qiluvchi sub’yekt raqobatchi taklif qilgan narxlarga rozi bo‘ladi. Bunday raqobatda o‘xshash tovarlarga me’yordan ortiq narx qo‘ygan ishlab chiqaruvchi xaridorni yo‘qotishi hech gap emas.
A.Smitning qayd qilishicha, bozor jamiyat sotib olishni xohlagan va kerakli miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, A.Smit bozorning qudratli kuch ekanligini, u jamiyatni kerak bo‘lgan tovarlar bilan doimo ta’minlashini va bu tizim o‘z-o‘zini muvofiqlashtirishini ko‘rsatib berdi. A.Smit raqobat va daromad ishlariga davlatning aralashishiga qarshi edi. Uning fikricha, o‘z-o‘ziga qo‘yib berilgan bozor tizimi rivojlanadi va bunday tizimi bor xalqning boyligi ortaveradi.
XIX-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko‘pchilik anglay boshladi. Fransuz iqtisodchisi Andre Marshall (1907-1968 yy.) birinchi bo‘lib ishlab chiqarishning uchta omiliga (yer, kapital, mehnat) to‘rtinchi omil – tashkillashtirish omilini qo‘shdi. Shu vaqtdan boshlab tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib boriladigan ishlar ko‘lami kengayib bormoqda.
Amerikalik iqtisodchi J.B.Klark (1847-1938) J.B.Seyning «uchlik formulasiga» bir oz o‘zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim to‘rt omil ishtirok etadi:
1) kapital;
2) ishlab chiqarish vositalari va yer;
3) tadbirkorlik faoliyati;
4) ishchining mehnati.
Har bir omil ishlab chiqarishdan olinayotgan o‘ziga xos foydani aks ettiradi: kapitaldan kapitalist qo‘shimcha foiz oladi; yer renta beradi; kapitalistning ishbilarmonlik faoliyati daromad keltiradi; ishchining mehnati uni maosh bilan ta’minlaydi. Boshqacha qilib, J.B.Klark so‘zi bilan aytganda: «Erkin raqobat mehnatga mehnatdan kelgan narsani beradi, kapitalistlarga kapital yaratgan narsa tegadi, tadbirkorlar muvofiqlashtirish faoliyatidan kelgan narsani oladi»6. Tadbirkorlik faoliyatini u ana shunday tushungan.
Mashhur amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeter (1883-1950) o‘zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi»7 kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta’riflagan. Olim tadbir-korlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning rivojlanishida, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda katta rol o‘ynaydigan yangiliklarni joriy etishdan iborat, deb biladi: «Funksiyasi yangi kombinasiyalarni joriy etishdan iborat bo‘lgan xo‘jalik sub’yektlarini biz tadbirkor deb ataymiz». Ushbu muammoga iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan (1974) ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayn (1899-1984) boshqacha yondashgan. Uning fikricha, tadbirkorlik faoliyat bo‘lmasdan, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, hatti-harakatlarni ta’minlashdir.8 deb tadbirkorlikni faoliyat emas, deb talqin etadi.
Mavzu doirasida olib borilgan tadqotlar natijasida tadbirkorlar moliyasini barqarorlashtirishga hissa qo‘shadigan fikrlar va qarashlarga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Masalan Li Gallaxerning “Qanday qilib 3 oddiy yigit biznesning yangi modeliga asos solishdi?” asarida. Amerikaning Fortune jurnali muharriri, yuqori texnologik kompaniya va startaplar bo‘yicha mutaxassis Li Gallaxer tunash uchun kamtarona joy izlash servisidan onlayn-gigantga aylana olgan Airbnb kompaniyasining yaratilish tarixi va rivojlanishi haqida kitob yozdi. Gallaxer “firma siri”ni ochadi va Airbnb asoschilarining inqirozli vaziyatlardan chiqish bo‘yicha maslahatlarini keltiradi. Unga ko‘ra Kompaniya asoschilari yengib bo‘lmasdek tuyulgan to‘siqlarni bosib o‘tishdi. Sarmoyadorlarning muzdek munosabati, zo‘riqishlar sabab uyqusiz tunlar va ota-ona xavotirini boshdan kechirdi. Biroq hozir biznesning oliy ligasiga yetib kelishgani to‘g‘risi aytib o‘tilgan9.
Amerikalik olim R.Xizrich, «Tadbirkorlik o‘z qiymatiga ega bo‘lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psi­xologik va ijtimoiy xavf-xatarni o‘ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug‘idan qanoatlanuvchi shaxs»10, - deb ta’kidlaydi.
Ingliz professori A.Xoskin esa «ishni o‘z hisobidan olib boruvchi, biznesni boshqarish bilan shaxsan shug‘ullanuvchi va kerakli vositalar bilan ta’minlanish uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qarorni mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘ladi»11, - deb izohlaydi.
Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishning to‘rtta bosqichi mavjud.
XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich – tadbir­korlik xavf-xatarini o‘ziga olish, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bog‘liq. Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovasiya jarayoni bilan bog‘liqdir.
Amerikalik iqtisodchi olim Y.Shumpeterning fikriga ko‘ra, tadbirkorlikning novatorlik xarakteri quyidagilarda aks ettiriladi:

  • bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish;

  • ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish;

  • yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirish;

  • xom ashyoning yangi turlari va manbalarini topish.

Tadbirkorlikni vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida shaxsiy sifatlari: iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatning o‘zgarishida to‘g‘ri yo‘l topa bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilishda mustaqillik, boshqaruv qobiliyatlarining to‘la namoyon bo‘lishi bilan ta’riflanadi.
Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to‘rtinchi bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo‘lishini tadbirkor harakatini tahlil qilishdagi boshqa­ruv aspektiga ko‘chirilishi bilan bog‘laydilar. Bu hozirgi vaqtda nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili ko‘plab o‘zaro bog‘liq fanlar doirasida olib borilishini bildiradi.
Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarni mustaqil olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka yoki intraprenerlikka e’tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga ame­rikalik olim G. Pinsho tomonidan kiritilgan edi.
Intraprenerlikning paydo bo‘lishi ko‘pgina yirik ishlab chiqarish tuzilmalari, ularda ishlab chiqarishni tashkil qilishning tadbir-korlik shakliga o‘tishi bilan bog‘liq,. Tad­birkorlik ishi ijod erkin-ligining mavjud bo‘lishini ko‘zda tutganligi sababli yaxlit ishlab chiqarish birikmalarining bo‘linmalari harakat qilish erkinligini oladilar, bu tad­birkorlikning asosida yotuvchi g‘oyalarni amalga oshi-rish uchun zarur bo‘lgan intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi.
Zamonaviy tadbirkorlik asoschilari o‘z tajribalarida tadbirkorlik juda ko‘p qirrali ekanligini bildirib o‘tgan. Brendon Uebb o‘z fikrlarini namoyon qilib xususan - Bunkerda yashab bo‘lmaydi. Tashqi dunyodan nafaqat xavf balki yoqimli imkoniyatlar ham keladi. Kichik firma egasi ham, mayda korxona xo‘jayini ham, yakka tadbirdagi tadbirkor ham, yirik kompaniya rahbari ham biznesning boshqa sohalari uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagani sabab ulardan yuz o‘girib ketishi mumkin emas. Balki bugun bog‘liq emasdir, lekin ertaga nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan12-deya takidlagan.
Endi Freka esa “...biznesingiz qanday qurilgani borasida istiqboldagi mijozlarga maksimal batafsil ma’lumot berish - a’lo darajadagi yo‘l. Ish bilan bog‘liq masalalarni qanday hal qilishingiz haqida detallarigacha so‘zlab bering. Bu istiqboldagi mijozlar ishonchini shakllantirishda yordam beradi13” deya takidlab o‘tgan.
Sing Ong YuningBoshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi” kitobida g‘arb kompaniyalari rasionallik va samaradorlik tushunchalari bilan ish ko‘radi, sharqliklar uchun esa axloq-odob kodeksi va o‘zaro munosabatlar muhimroq. Singapurlik biznes-maslahatchi o‘z kitobida boshqaruvning turli modellari, muvaffaqiyat va g‘arb kompaniyalarining Osiyo bozorlaridagi omadsizliklaridan misollar keltiradi. Xususan uning fikricha, “Gʻarbdagi menejerlar biznesni yuritishning sharqiy usullariga moslashishlari zarur, Osiyolik rahbarlar esa g‘arbdagi biznes-amaliyotni tushunishlari lozim. Shuning uchun menejerlar ko‘priklar qurish va sharq hamda g‘arb amaliyotining eng yaxshi elementlarini o‘zaro birlashtirishni o‘rganishlari lozim14ligi aytib o‘tilgan. Sing Ong Yuning o‘z kitobida ishbilarmonlik madaniyati xamkorlar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishga va moliyaviy resurslardan samarali natijalar olishga yordam berishini ham aytib o‘tgan.
Zamonaviy talqinlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aholi tadbirkorligini rivojlantirish hozirgi siyosiy jarayonlar, mamlakat miqiyosidagi tajriba usullari, hudud iqtisodiyoti, imkoniyati va moliyaviy resurslaridan kelib chiqib takomilllashtirish zarurligini keltirib o‘tishimiz mumkin. Yuqoridagi tushunchalar, olimlarning fikrlarini o‘rgangan holda umumiy tarzda quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Aholi tadbirkorligi o‘z va oilaning ijtimoiy foydalarni ko‘zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan moliyaviy resurs bilan bog‘liq faoliyatni doimo takomillashtirib borishdir.


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish