KIRISH
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. O‘zbekistonda tijorat banklarini keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida 2017-2020 yillar mobaynida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni yanada rivojlantirish uchun birinchi navbatda aholi farovonligini oshirish, qashshoqlikka barxam berish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish – biz uchun bosh vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi o‘zining doimiy daromad manbaiga ega emasligi bugungi kunning asosiy dolzarb muammolardan biri. Rasmiy manbalarga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda kambag‘allar soni umumiy aholining 4,5−5 mln kishi tashkil etishi aytib o‘tilgan.1 Iqtisodiy o‘sish, islohotlarimiz natijasida O‘zbekistondagi rasman tan olingan qashshoqlik darajasining biroz pasayishi kuzatilgan. Bu esa kreditlash sur’atining yuqoriligi, bu monetar siyosatning samaradorligi, moliya sektorining barqarorligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni pasaytirish hisobiga erishilgan2. Jumladan, 2017 yilda O‘zbekistonning 11,9 foiz aholisi qashshoq sanalgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 11,4 foizga tushgan, 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi axoli tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilganligi tufayli yuzaga kelgan3.
Mamlakatimizda hududlar sharoitidan kelib chiqib ijtimoiy muammolarni hal etishga oid aholini tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarur. Mamlakatimiz miqiyosida tadbirkorlikni keng rivojlantirish va Davlat moliyaviy resurslari hisobidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi. Shu maqsadda aholiga mikromoliya xizmatlari va moliyaviy resurslarga, davlat xaridlariga keng yo‘l ochib berildi. Bunday choralar orqali odamlarimizda tadbirkor bo‘lishga ishtiyoq va ishonch ortadi, ular ko‘proq daromad olishga intiladigan bo‘ladi hamda boqimandachilikni kamaytirishga olib keladi.
Bundan tashqari hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, ayniqsa Farg‘ona vodiysida milliy xunarmandchilik yanada rivojlanishiga, tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga xamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratilmokda. Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qizikishini keskin oshirish, ayniksa muhtoj oilalarning xunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, aholi tomorqalari va bush ekin maydonlaridan unumli foydalangan xolda kishlok xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘lik loyixalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmokda. Aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish kabi maqsad va vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”dagi farmoni, 2020 yil 26 martdagi PF-5975-sonli «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2019 yil 13 avgustdagi pf-5780-son “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019 yil 7 martdagi PQ-4231-sonli “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, 2019 yil 7 martdagi PQ-4231-sonli “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda mazkur dissertasiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |