2.1. Normativ texnik hujjatlar.
Har bir ommaviy tayyorlash uchun qabul qilingan model uchun buyumning
o‘rtacha razmer, rost va to‘lalikdagi namunasi tikiladi, shu model uchun etalon
andazalar tayyorlanadi, tashqi ko‘rinishining yozuvi beriladi va o‘lchov tabeli, ya’ni
andazalar va tayyor buyumning hamma razmer va rostlarining o‘lchov jadvali
tuziladi.
Modelning texnik yozuviga quyidagilar kiradi:
— modelning tashqi ko‘rinishining yozuvi va rasmi, taklif etiladigan razmer, rost,
to‘laligi, detallar spesifikasiyasi, taklif etiladigan avra, astar, qotirmalik
gazlamalar va furnituralar, buyum tikish texnologiyasi haqida yo‘l-yo‘riqlar.
O‘lchov tabelida andazalar va tayyor buyumning asosiy o‘lchov joylari va
o‘lchov qiymatlari, ishlov berish uchun haqlar va og‘ishlar beriladi.Bu hujjatlar
ishchi andazalarini nazorat qilish va tayyor buyumlarni qabul qilish uchun
ishlatiladi.
Konstruksiya aniq bo‘lgandan keyin andazalar texnik ko‘paytirishga yuboriladi
Andazalarni texnik ko‘paytirish kartondan andazalarni kesish bilan birga AQSH
ning "Multigreyder" asbobida va Germaniyaning "SUZE" qurilmasida elektronhisoblash texnikasi yordamida ba-jariladi.Bunda bir vaqtda 7 xil razmerdagi
andazalar tayyorlanadi.Bir kunlik ishlab chiqarish unumdorligi 250 dona andaza.
Texnik ko‘paytirishni qo‘lda bajarish uchun 18—24 soat kerak bo‘ladi, mashinada
esa 3 soat. "Trud" stanogida esa bir necha operasiyani bajarish mumkin: bir necha
qavat kartonni bir-biriga biriktirish, andazalarni belgilangan chiziqlar bo‘yicha
kesish va andazalarga osib qo‘yish uchun teshiklar o‘yish. Bundan tashqari
andazalarga figurali teshiklar hosil qilish uchun VLO-1, rulondan karton kesib olish
uchun RLZ-2, karton varaqlarini bir-biriga biriktirish uchun 266 kl. mashinalari,
andazalarga tamg‘a qo‘yish uchun KLS-1 stanogi, andazalar tashqi konturlarini
kesish uchun VLN-2, ichki konturlarini kesish uchun VDV-1 mashinalaoini
qo‘llash mumkin.
Andazalar 3 xil bo‘ladi: etalon andazalar, ishchi andazalar va yordamchi
andazalar.
Etalon andazalar model namunasini tayyorlash uchun ishlatiladi.Ish
andazalar 5 ta to‘la komplektda tayyorlanadi.2 tasi eksperimental sexiga gazlama
sarfini aniqlash uchun, 1 tasi tayyorlov syexiga bo‘rlama tayyorlash uchun, 2 tasi
bichish syexiga berilib, ulardan biri nuqsonli gazlamalarni bo‘rlash, yana biri
to‘shama ustiga qo‘yilib, bo‘rlamaning o‘chib ketgan joylarini bo‘rlash uchun
ishlatiladi, lentali bichuv mashinasiga detallarni qirqish uchun beriladi.
Yordamchi andazalar tikuvchilik syexida kiyim detallaridagi bort
burchaklari, cho‘ntak o‘rinlari, vitachkalar va izmalar o‘rnini belgilash uchun
ishlatiladi.
Andazalar qalinligi 0,9—1,2 mm. qattiq pressshpat kartondan tayyorlanib,
atrofiga tunuka qoplanishi mumkin.
Andazalar chetiga tunuka qoplanmagan bo‘lsa ish andazalar sinchiklab
tekshirilgandan keyin, ularning cheti aylantirilib, tamg‘alab chiqiladi.Hamma
andazalarga modelning‘ nomeri, razmeri, rosti yoziladi;Ish va yordamchi andazalar
oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib, tekshirib turiladi. Etalon
andazalarning o‘zi ham yilning har choragida bir marta tabelda ko‘rsatilgan
o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi, chunki, karton qurishi natijasida kirishishi
mumkin. Ular tempe-raturasi 18—20°S, namligi 60—70% bo‘lgan joyda
kronshteynlarda osig‘lik tarzda saqlanishi lozim.
Tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80—90 foizini ularni tikishga sarf
bo‘lgan materiallar qiymati tashkil qiladi.Shuning uchun mahsulot tannarxini
kamaytirishning, ishlab-chiqarish rentabelligini oshirishning eng samarali yo‘li —
mahsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni kamaytirish, rezervlarni
topish va materiallarni tejashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |