Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

5.
 
Karfagenning siyosiy tuzumi. Karfagenning siyosiy tuzumi eng boy 
Karfagen oilalarining tor guruhi manfaatlarining aks ettiradigan oligarxiya edi. 
Karfagenda er. avv. V-IV asrlarda oliy fuqarolik hokimiyati vakolati bir yil 
muddatga saylanadigan oliy mansabdor-ikki sufet qo`lida bo`lgan. Barcha davlat 
ishlarini 30 lar kengashi va 300 a’zodan iborat oqsoqollar kengashi hal qilgan. 
Oliy nazorat organi 104 lar kengashi bo`lib, u sudyalik vazifalarini ham bajargan. 
Karfagenning xalq yig`ini ahyon-ahyonda chaqirilgan. U siyosiy hayotga sezilarli 
ahamiyatga ega emas edi. Biror-bir zodagon oilaning hokimiyatni bosib olishiga 
yo`l qo`ymaslik uchun kengashlarda qatnashadigan oligarxlar doimiy ravishda 
bir-birlari bilan raqobat qildilar. Karfagenning ichki siyosiy hayoti tarixi 
hokimiyatni bosib olish uchun oliy tabaqa zodagon guruhlari o`rtasidagi doimiy 
kurashdan iborat edi. Er. avv. VI asr o`rtalarida dastlab lashkarboshi Malx 
Karfagenda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Keyin esa, zodagon Magon oilasi qariyb 
50 yil davomida hokimiyat tepasida turdi.
Er. avv. V asr o`rtalaridagina Karfagen oligarxiyasi Magon oilasining 
hukmronligidan qutulib, yana o`z hokimiyatini qayta tiklay oldi. Er. avv. V asr 
ikkinchi yarmidan-III asr o`rtalarigacha Karfagen O`rtayer dengizining 
g`arbidagi eng qudratli davlat bo`lib, uning qudratini asosi yuqori rivojlangan 
iqtisodiyot, dinamik ijtimoiy tuzilish, oligarxiyaning barqaror tizimi edi. 
Karfagenning boy savdogar-hunarmandlari va kema egalari O`rtayer dengizi 
g`arbi va Shimoliy Afrikada faol tashqi savdo bilan shug`ullandilar. Ahmoniylar 
Eroni va Rim bilan bir necha savdo shartnomalari tuzildi. Ammo er. avv. III 
asrning 60-yillariga kelib, Karfagen G`arbiy O`rtayer dengizi havzasida 
hukmronlik uchun Rim bilan keskin kurashga kirishdi.
Er. avv. III-II asr o`rtalarida Rim-Karfagen o`rtasidagi uch urush (Puni 
urushlari)lar natijasida Karfagen batamom tor-mor qilinib, uning hududi Rim 
Respublikasining Afrika provinsiyasiga aylantirildi (er. avv. 146- yil).

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish