Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

2.
 
Davlatchilikni sakllanishi 
Qadimgi Xett podsholigi (er. avv. XVIII-er. avv. XVI asrlar). Er. avv. 
XXXVIII asrlarda Kichik Osiyoda ashshurlik savdogarlar bir necha savdo 
koloniyalarini barpo qiladilar. Bu savdo koloniyalari orqali xalqaro savdo olib 
boriladi. Eng avvalo, metallar va yuqori sifatli gazlamalar savdosi amalga 
oshiriladi. Bu davrda Sharqiy Kichik Osiyoda xett qabilalari boshqa mahalliy tub 
joy aholini assimilyatsiya qiladilar.
Kichik Osiyodagi Nesa (Kanes), Burusxan, Kussar va Xattusi kabi 
shaharlarni o`z ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela boshlaydi. Kichik
Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi er. avv. XVIII asrning
birinchi yarmida yuz beradi. Viloyatlarning birini hokimi Anitta Nesa shahrini 
markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi Tuz ko`ligacha bo`lgan 
hududlarni egallab, bepoyon davlatni barpo qiladi.
Qadimgi Xett davlatida urug`-jamoa qoldiqlari hali kuchli bo`lgan. Xett 
podsholari o`z hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. 
Qurol ko`tarishga qobiliyatli bo`lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan
«pankus» deb ataladigan yig`ilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar 
davlat boshqaruvida faol qatnashib, o`zlarining kuchli tayanchi bo`lgan 
zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali xalq yig`iniga boshchilik qilganlar. 
Zodagonlardan tashqari, davlat boshqaruvida podsho oilasi: aka-ukalari va 
boshqa qarindoshlari muhim rol o`ynaganlar.
Qadimgi Xett an’anasiga ko`ra, podshoning vorisi podsho oilasidan 
tanlangan. 
Ko`pincha 
voris 
tanlashda 
podshoning 
jiyanlari, 
uning
opasingillarining o`g`illariga imtiyoz berilgan. Odatga ko`ra, davlatni ikki 
hukmdor: podsho va malika boshqargan. Agar podsho vafot etsa, malika o`z 
unvonini yangi podsho hukmronligi davrida ham saqlab qolgan. Yangi 
podshoning rafiqasi malika bo`lish uchun, sobiq podshoning bevasi-malikaning 
o`limini kutib turgan. Anita vafotidan keyin, er. avv. XVII asr oxirida boshqa Xett 
urug`i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoschilarining birlashtiruvchi 
siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna ( yoki Tabarna, er. vv. 1675-1650 
yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, 
Tavr tog` tizmasining shimoliy qismini egallaydi va Shimoliy Qora dengizga 
chiqadi. Xett davlati chegaralarini “dengizdandengizgacha” kengaytirdi. Uning 
ichki va tashqi siyosatidan kuchli ta`sirlangan va tan bergan keyingi vorislari 
14
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.77.


54
Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o`zlariga unvon sifatida qabul 
qildilar.
Labarna mavjud Xett an’analariga zid ravishda o`g`li Xattusilini o`z vorisi 
deb e’lon qiladi. Xattusili I (er. avv. 1650-1625-yillar atrofida) poytaxtni 
xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko`chiradi (Shu voqeadan keyin, davlat 
rasmiy ravishda “Xatti” zamonaviy fanda “Xett” deb atala boshlanadi).
Uning vorisi Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett
podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga
boradigan yo`ldagi asosiy savdo markazi bo`lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa 
shahrini bosib oladi. Mursili I er. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, 
Xammurapi sulolasini tugatadi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga 
keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt 
vorisligiga ko`pgina da’vogarlar bo`lishiga imkoniyat beradigan an’analarni 
saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni bo`ladi. Xett 
hukmron tabaqalari ichida o`zaro kelishmovchiliklar boshlanadi.
O`zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (er. avv. 1530-1500 yillar atrofida) 
chek qo`yadi. Uning davrida faqat podshoning o`g`li taxtga chiqish huquqiga ega 
bo`ladi. Agar podshoning o`g`illari bo`lmasa, uning singlisining o`g`li va eng 
so`nggida podshoning kuyovlari taxtga davogar bo`lish qoidasi o`rnatiladi.
Taxt vorisligining bunday tartibi qat’iy bo`lib, zodagonlar kengashi «pankus»ning 
taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» 
o`z huquqini saqlab qoladi. Pankusning yuqori pog`onasi bo`lgan «tuliya» hal 
qiluvchi rol o`ynaydi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi bo`lgan 
zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati bilan uning biror a’zosiga 
podsho tomonidan o`lim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini 
ta’qib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. 
Tadqiqotchilar, bu davrni (er. avv. XVIIII- er. avv. XVI asrlar) qadimgi Xett 
podsholigi davri deb hisoblaydilar.
Telepin va uning o`g`li hukmronligidan so`ng, Xett davlatining tushkunlik
davri boshlanadi. Bu davr O`rta Xett podsholigi davri (er. avv. XV asr ) deb nom 
oladi. Bu davrda Xett podsholigining ahvoli yana og`irlashadi. Bir asr davomida
Xett davlati va jamiyati go`yoki tushkunlikni boshdan kechiradi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish