Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

6.
 
Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar

Yangi Xett davrining xo`jalik va ijtimoiy munosabatlarini tavsiflovchi asosiy 
manba Xett qonunlaridir. Xo`jalikning asosini dehqonchilik, chorvachilik, 
hunarmandchilik (metallurgiya va metallardan mehnat qurollari tayyorlash, 
kulolchilik, quruvchilik ishlari va h.k) tashkil qilgan. Dehqonchilikda sun’iy 
sug`orish sezilarli bo`lmagan. Sun’iy sug`orish inshootlari cheklangan holatda 
barpo qilingan. Xo`jalikda savdo ham muhim o`rin tutgan. Yer egaligi podsho 
yerlari, ibodatxona yerlari, jamoa yerlaridan iborat bo`lgan. Davlat yerlariga 
egalik qilish va foydalanish natural (saxan)va mehnat (lussi) majburiyatlarini 
o`tash bilan bog`langan. Saxan va lussidan ibodatxona yerlari ozod qilingan. 
Podsho xizmatida bo`lgan xususiy kishilarning yerlari, podshodan hadyaga 
olingan yerlar ham saxan va lussi bilan bog`langan majburiyatlardan ozod 
qilinishi mumkin bo`lgan. Davlatning diniy markazlari bo`lgan Arinna, Nerika va 
Siplanda shaharlarining kohinlari, to`quvchilari, xizmatchilari majburiyatlarni 
o`tashdan ozod qilinganlar.
Hunarmandchilikning rivojlangani to`g`risida ma`lumot beradigan qonunlar 
va boshqa hujjatlarda temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga olinadi. 
Mehnat qurollari va harbiy qurol-aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy 
xomashyo dastlab mis, keyinchalik qalay bo`lgan. Temirdan faqat diniy 
marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz miqdorda 
foydalanilgan.
Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh kohin sifatida juda katta 
miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va ibodatxona yerlarida ishlovchilar o`z 
yerlariga biriktiribqo`yilib, turli soliq va majburiyatlarni o`taganlar. Xett davlati 
ma’muriyati qarori bilan ekin yerlari ishlovchilar bilan birga o`z foydasiga soliq
yig`ish huquqi bilan podsho amaldorlari va ibodatxonalar ixtiyoriga berilganlar. 
Ayrim ibodatxonalar umumdavlat soliqlaridan ozod qiluvchi immunitet 
yorliqlarini olgan. Davlat va ibodatxona yerlaridan tashqari, boshqa yerlar xususiy 
mulk bo`lib, oldi-sotdi qilingan.


58
Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo`lingan: soliq to`lovlari va 
boshqa majburiyatlarni o`tovchi (podsho, ibodatxona yoki xususiy shaxs 
foydasiga) kishilar erkin bo`lmagan mavqega ega bo`lib, kamsitilganlar. To`la 
ma’noda erkin kishilar deb zodagonlar, amaldorlar, kohinlar va katta yer egalari 
hisoblanganlar. Xett davlati ma`muriyati tomonidan bosib olgan hududlarni 
boshqarmagan, balki ulardan faqat xiroj olish bilan cheklagan. Qaram hududlar, 
davlatlarni o`z mahalliy hokimlari boshqargan. Lekin ular turli to`lov va 
majburiyatlarni o`tashga majbur bo`lgan. 
 
Shaharlarning aholi yashash markazlari sifatida vujudga kelishi dunyo 
tarixidagi eng uzoqqa cho`zilgan bo`linishni yuzaga keltirdi: shahar va 
qishloqning bo`linishi. Daryo bo`yida joylashgan shaharlarda odamlar 
ixtisoslashgan mehnatga va mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan hayot tarziga 
o`tishdi. Bunga farqli ravishda, qishloq aholisi o`z yerlari bilan qolishdi, 
dehqonchilik va chorvachilik bilan shugùllanishdi, lekin ular donli va chorva 
mahsulotlarini 
shahar 
markazlarida 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotlarga 
ayirboshladilar. Shu sabab ushbu bo`linish ajralishni yuzaga keltirmadi, chunki 
ikkala hayot tarsi o`zaro bog`liq edi. Shahar va qishloqning bo`linishiga 
qaramasdan , ikkala dunyo o`rtasidagi aloqa saqlanib qoldi oilaviy rishtalar, 
savdo, siyosat, va din orqali. Shaharlashuvning rivojlanishi intellektual 
siljishlarga zamin yaratdi. Ulkan siljishlardan biri yozuv tizimining kashf etilishi, 
u odamlarga tovushlar va so`zlarni tasviriy belgilar orqali ifodalash va yozib 
qoldirish imkonini berdi. So`zlar va fikrlarning ramziy belgilar bilan ifodalanishi 
misli ko`rilmagan madaniy inqilob bo`lib, odamlarning muloqot darajasi va 
xotirasini kengaytirdi: ulamolar og`zaki gaplarni, oxir –oqibat esa hattoki daryo 
havzalaridagi yashash hududlari haqidagi dostonlarni ham yozuvga aylantirish 
yo`llarini topishdi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish