61
(er.av. 1114-1076 yy.) unga yana avvalgi qudrati qaytib keladi va bu xalqaro
vaziyatga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmaydi: Xett podsholigi qulaydi, Misr siyosiy
tarqoqlik yo‘liga kiradi, Bobilning janubini xaldey qabilalari to‘ldirib yuboradi.
Ossuriylar jamiyatining yuqori tabaqasini quldorlar sinfi tashkil etib, ular
katta xususiy meros yerlarga, xizmatlari uchun olgan noxususiy yer bo‘laklariga
ega, shohdan tortiqlar va sovg’alar, majburiyatlardan ozodlik olgan, qullarga ega
yirik yer egalari, savdogarlar, kohinlar, mansabdor a'yonlardan iborat edi. O‘rta
assuriy qonunlari aynan “kiborlar” huquqlarini himoya qilar edi. Aholining asosiy
qismi – mayda ishlab chiqaruvchilar sinfi ozod yer egalari-
jamoachilardan tashkil
topgan
edi.Aholisonio`sishibilan,
hunarmandlarningyangivakillaripaydobo`ldi, jamiyatiyerarxiyagaasoslanabordi,
qishloqlarshaharchalargaaylandi.
Er.av. IX asr Ossuriyaning iqtisodiy va harbiy-siyosiy ko‘tarilishi
davri
bo‘lib, uni ko‘pincha “ikkinchi ko‘tarilishi” deb ataydilar. G’arb tadqiqotchilari
asalarida.
Qadimgi Ossuriyaning yuragi bo‘lmish Ashshur va Nineviya shaharlari
Dajla daryosining yuqori oqimida joylashgan. Milloddan avvalgi IX asrga kelib
Ossuriya gárbga tomon kengaytirish siyosatini boshladi va kuchli davlatga
aylandi. Milloddan avvalgi 824-yilda butun O‘rta Yer mamlakatlarini bosib oldi
va o‘lpon to‘lashga majbur qildi. Savdo yo‘llarni o‘z nazoratiga oldi
15
.
Er.av. IX asrning oxiri va 8 asrning birinchi yarmida Ossuriya davlati bir
qator sabablarga ko‘ra yana inqiroz va tushkunlik pallasiga kiradi. Er.av. IX
asrdagi ko‘psonli urushlar, yurishlarda ishtirok etgan mamlakatning oddiy xalq
ommasini ishlab chiqarishdan uzoq vaqtga ajratib qo‘yardi va bu Ossuriyaning
iqtisodini pasayib ketishiga va mayda hunarmandlarning kasodga uchrashiga olib
kelardi. Xalq ommasining nochor holiga tabiiy falokatlar: hosil bo‘lmasligi,
epidemiyalar qo‘shilib, ular mamlakatning ichki siyosiy ahvolini og’irlashtirib,
quyi qatlamlarning qo‘zg’olonini keltirib chiqardilar.
Ossuriyada
ayollar hokimyatni boshqargan, milloddan avvalgi 810-
806yillada qirolicha Shammuramat o‘g’li yosh bo‘lganligi sababli regentya’ni
vaqtinchalik hokimyatni boshqargan
17
.
3
.Ossuriyaning tanazzuliga er.av. VIII asrda yuzaga kelgan xalqaro vaziyat
ham sababchi bo‘ldi. Old Osiyoning podsholiklari ichida birinchi o‘ringa Urartu
ko‘tarildi.
Ma’lum vaqt o‘tgach, istedodli harbiy rahbar Tiglatapalasar davrida Ossuriya
davlati yanada ulkan davlatga aylandi. Tiglatapalasar o‘z qo‘lida hokimiyatni
markazlashtirdi
va
shu
tariqa
imperiyanining
mustahkamlashni
va
kengaytirishning ikkinchi bosqichini boshladi
18
.
15
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.131.
17
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.135.
18
Worlds Together,WorldsApart.W.W. Norton.&COMPANY.New York. London. 2011, р.132.
62
Er.av. 746-745-yillarda taxtga harbiy partiya yordami bilan yangi shoh
Tiglatpalasar III keladi va u davlatning mustahkamlashishiga olib kelgan bir qator
muhim islohotlar o‘tkazadi.
Islohotlardan biri ma'muriy bo‘lib, u mayda yerlarni yiriklashtirib, ularning
viloyat boshliqlari deb nomlangan hokimlarini markaziy hokimiyat tomonidan
nazorat qilinishiga va ularning vazifalarini cheklashga qaratildi.
Tiglatpalasar III ning boshqa islohoti harbiy soha va armiyada o‘tkazildi.
Yirik va ajoyib tashkil etilgan armiyaga ega bo‘lgan, yangi bosib olingan yerlarni
talab qilayotgan harbiy partiyaga suyangan Tiglatpalasar III (er.av. 745-727 yy.)
bosqinchilik siyosatini tikladi.
Tiglatpalasar III er.av. 737-yilga kelib sharqda Midiyaning ba'zi tumanlarida
o‘rnashib olishga, janubda Bobilni keskin kurashda nafaqat yengdi, balki er.av.
729- yilda ushbu muqaddas shaharda taxtga o‘tirishga muyassar bo‘ldi.
Bu barcha muvaffaqiyatlar Ossuriyani Old Osiyoning eng yirik davlatiga
aylantirdi. Uning tarkibiga Mesopotamiya, O‘rta yer dengizi sharqiy sohilining katta
qismi, Midiyaning bir qator viloyatlari kirdi. Tiglatpalasar 3
paytida birinchi marta
xalqlarni osuriylar egallagan bir viloyatdan boshqa viloyatga yoki bevosita Ossuriyaga
tizimli ravishda ko‘chirishni amalga oshirdilar.
Tiglatpalasar III ning vorisi – Salmanasar V (er.av. 727-722 yy.) davrida saroydagi
harbiy partiyaning kuchayishi davom etdi.
Kohinlar va savdogarlarning noroziligi, shuningdek Isroil podsholigi bilan
urushning cho‘zilib ketishi Salmanasar V ning ag’darilishi va sulolaning kichik
vakillaridan biri – Sargon II ning (er.av.722-705 yy.) taxtga kelishiga yordam
berdi.
Sargon II hukmdorligi vaqtida Ossuriya Isroil podsholigini yakson qildi.
Uning qo‘shinlari er.av. 722 yilda uch yillik qamaldan so‘ng hujum bilan uning
poytaxti Samariyani egallaydilar va yakson qiladilar, aholisini esa yangi yerlarga
ko‘chiradilar
Sargon II boshqaruvi yillari Ossuriyaning yangi poytaxti – shohning ajoyib
saroylar, bog’lar va ibodatxonalarga ega qarorgohi
joylashgan Tigrdagi
DurSharrukin shahriga asos solinadi (hozirgi Xorsobodga yaqin).
Sargon II ning o‘g’li – Sinaxxerib (er.av.705-681 yy.) meros sifatida katta,
ammo unchalik tinch bo‘lmagan davlatni oladi. Uning boshqaruvi butunlay
Ossuriya zabt etgan davlatlarning qarshiligini bostirish bilan o‘tadi.
Er.av. 681 yilda u suiqasd tufayli vafot etadi. Uning o‘limidan so‘ng
Sinaxxeribning kichik o‘g’li Asrxaddon (er.av.681-669 yy.) taxtni egallaydi. U
harbiy partiya manfaatlarini savdo-sudxo‘r va kohin doiralari manfaatlari bilan
ustalik bilan birlashtirish orqali mamlakat ichidagi vaziyatni barqarorlashtirishga
muvaffaq bo‘ladi.
Asrxaddon o‘z podsholigining asosiy vazifasi - Misrni bosib olish deb bilar
edi. Er.av. 671 yilda Asarxaddon Misrni bosib oladi va an'anaviy Misr fir'avnlari
unvonlarini qabul qiladi.
63
4.
Ossuriya davlati Nilning birinchi ostonalaridan Kavkaz ortigacha, Eron
yassi tog’liklaridan Kichik Osiyogacha, O‘rta yer dengizidan Fors qo‘ltig’igacha
yoyilgan edi.
Ashshurbanapal (er.av. 669-taxm. 633 yy.) o‘sha davrdagi Ossuriya poytaxti
Nineviyada Qadimgi Sharqdagi 30 000dan ortiq loy
taxtaga yozilgan eng katta
kutubxonani yaratadi.
Ossuriya jamiyatini titratib turgan ijtimoiy ziddiyatlar, siyosiy birlikning
yo‘qligi, ulkan davlatni boshqaruv tizimini tashkil etishdagi xatoliklar, mute
davlatlar va xalqlarning kun sayin kuchayib borayotgan kurashi Ossuriyani
halokatga olib kelgan asosiy sabablardandir.
Hikoya qilinishicha Janubiy-g’arbiy Osiyoda vujudga kelgan Yangi Ossuriya
davlati.“Yangi Ossuriya” podsholigi davri deb atalib er avv. 911-612
yillarni
qamrab olishi ta’kidalangan
16
.
Do'stlaringiz bilan baham: