2. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
II asr Rim imperiyasining “oltin davri”
hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta hududga ega edi. Uning chegaralari
shimolda Shotlandiyadan janubga Nil ostonalarigacha, g`arbdan Atlantika
qirg`oqlaridan sharqda Fors qo`ltig`igacha cho`zilgan edi. Quldorlik tizimi o`z
taraqqiyotining yuqori cho`qqisiga chiqdi. Ko`p quldorlik xo`jaliklari bozor
87
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.243.
241
uchun mahsulot ishlab chiqarishga o`tdi. Qullarga nisbatan shafqatsiz zulm
kuchayib ketdi.
Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu yerdagi shahar hayoti o`z
taraqqiyotida yuqori bosqichga ko`tarildi. Eramizning I-II asrlarida O`rtayer
dengizi hududidagi barcha xalqlar tarixda birinchi bor yagona ulkan davlat Rim
imperiyasi tarkibiga kirdilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan alohida davlatlar
o`rtasidagi chegaralar tugatildi. Pul tizimlari ma’lum darajada unifikatsiya qilindi.
Urushlar va dengiz qaroqchiligi tugatildi. Rim imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar. Misr, Suriya, Kichik
Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuqori
darajasiga erishdi. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi iberlar, kel’tlar,
Shimoliy Afrikadagi numidiyaliklar, liviyaliklar, Dunay bo`yidagi pannonlar,
illiriyaliklar, mezlar hali arxaik davrning so`nggi bosqichida edilar.
Rim istilolariga qadar g`arbiy provinsiyalarda qishloq xo`jaligi qoloq bo`lib,
asosan g`alla ekilgan. Yerga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apennin yarim
oroli aholisi qishloq xo`jaligining rivojlangan shaklini g`arbiy provinsiyalarga
olib kirdilar.
Gall vinolari, ispan zaytun moyi Italiya va yunon navlari bilan raqobat qila
boshladi. Imperiya hududida quldorlik xo`jaligi tez rivojlandi. O`rta va yirik
quldor xo`jaliklari (villa) yetakchi o`ringa chiqdi. Quldorlik xo`jaliklarida qul
mehnatidan keng foydalanildi. Barcha provinsiyalarda imperator yer egaligi keng
tarqaldi. Eramizning II asrida imperator yerlari va xususiy katta latufundiyalar
yetakchi yer egaligi shakli edi. G`arbiy provinsiyalarda o`rta quldor pomestelari,
mayda yer egaligi keng tarqaldi. Ayniqsa, kichik yer egaligi Pannoniya,
Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va Fokeyada keng tarqaldi.
Afrika provinsiyalarida quldorlik xo`jaliklarida asosiy ishchi kuchi sifatida
qullar mehnati keng tarqaldi. Misr imperiyaning g`alla ombori edi. Quldorlik
latifundiyalari Galliya va Ispaniyada keng tarqalgan bir paytda Ispaniya va
Afrikaning sharqiy provinsiyalarida kolonlar mehnatiga asoslangan latifundiyalar
keng tarqaldi. Qullarga ish qurollari va chek yerlar ajratib berila boshlandi. Lekin
qul xo`jayinning mulki bo`lib qolaverdi. Qulni mulk (pekuliy) bilan ta’minlash er.
avv. III asrdayoq ma’lum edi. Endilikda bu odatdagi hol bo`lib qoldi. Qul
pekuliydan foydalangan holda o`ziga o`rinbosar sotib olishi mumkin edi.
O`rinbosar qul uning xo`jayiniga ishlab berishi kerak edi. Ozod qo`yilgan qullar
ko`p hollarda tadbirkorlik bilan shug`ullanib, boyib ketar edilar. Ular o`z
xo`jayinlariga zarurat tug`ilganda turli xil xizmatlarni ko`rsatganlar. Misol uchun,
diktator Sullaning ozod qo`yilgan quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli
kishilardan biri bo`lib, hatto, uning oldida senatorlar ham titrabqaltirar edilar.
Ammo ko`pchilik ozod qo`yilgan qullar o`rta darajadagi mulkka ega bo`lib,
hunarmandchilik va savdo bilan shug`ullanar hamda oshxonalarning egalari
edilar. Quldor latifundistlar o`z yerlarini chek yerlarga bo`lib, kolonlarga ijaraga
berganlar.
242
Eramizning II asrida kolonlar o`zlari yetishtirgan bug`doy, tariq, zaytun
moyining 1/3 qismini quldorga berishi kerak edi. Bundan tashqari, kolon
quldorning yerida bir necha kun ishlab berishi kerak edi.
Yerga ishlov berish takomillashdi. G`alla va boshqa ekinlarning yangi
navlari, o`g`itning yangi navlari joriy qilina boshlandi. Qishloq xo`jaligi
takomillashdi. G`alla latifuniyalarida g`allani yig`adigan mexanizm, g`ildirakli
plug, suv tegirmoni kashf etildi. Provinsiyalarda shaharlar va shahar aholisining
o`sishi, qishloq xo`jalik mahsulotlarining Italiya va imperiyaning boshqa
viloyatlariga chiqarish imkoniyatining paydo bo`lishi provinsiya qishloq
xo`jaligida yerdan unumli foydalanish va tovar xo`jaligining kirib kelishi uchun
shart-sharoit yaratdi.
Quldor xo`jaligi endilikda bozor bilan yanada yaqin bog`landi. Qishloq
xo`jaligida
tovar
munosabatlarining
rivojlanishi
latifundiyalarda
hunarmandchilikni vujudga keltirdi. Latifundiyalar egalari kulolchilik,
to`quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi hunarmandchilik ustaxonalarini
ochdilar. Ba’zi gall latifundiyalarida konlardan temir rudasi qazib olinib, metall
ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Eramizning I asrlarida qishloq xo`jaligi bilan
birga, hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim hunarmandchiligi uchun
Ispaniyadagi qo`rg`oshin va mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari,
Norika, Dalmatsiya, Kilikiya va Kappadokiyaning boy temir konlari xomashyoni
yetkazib berib turar edi. Ayniqsa, temir rudasini qazib chiqarish keng yo`lga
qo`yildi.
Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va Ispaniya, Kappadokiya va
sharqda qazib chiqarildi. Barcha konlar imperatorning mulklari bo`lib, ko`pincha
ijaraga berilar edi. Hunarmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng
foydalanish imkoniyatini berdi. Agar o`tgan asrlarda hunarmandchilik
ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo`lsa, eramizning II asrida
ularning soni 50 taga yetdi.
Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mehnat taqsimotining o`sishi
uning iqtisoslashuvini o`sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin
mehnat yetakchi rol o`ynar edi. Tog`-kon ishlarida, qurilish, tosh konlari, marmar
konlarida qul mehnatidan keng foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng og`ir mehnat
qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik taraqqiyoti oshpazlik, g`isht kuydirish
kabi yangi sohalarning paydo bo`lishiga olib keldi. Qurilishda betondan
foydalanish keng tarqaldi. Eramizning II asrida provinsiyalarda hunarmandchilik
ayniqasa yuksaldi.
Bir qancha provinsiyalar o`z mahsulotlarini boshqa provinsiyalarga,
shuningdek, Italiyaga eksport qila boshladilar. Ayniqsa, gall shaharlari nihoyatda
rivojlandi. Gall hunarmandlarining kanop gazlamalari, jun yopingichlar va
kulolchilik mahsulotlari g`árbiy provinsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya
shaharlari esa, zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari, rangli shisha va
gazlamalarni ishlab chiqaradigan asosiy markazlarga aylandi.
243
Eramizning II asrida hunarmandchilik markazlari yarim oroldan Shimoliy
Italiyaga ko`çhdi. Puteola, Kapuya, Arretsiya kabi an`ánaviy hunarmandchilik
markazlari tushkunlikka uchradi. Ularning o`rniga gall provinsiyalari, Norika va
Dalmatsiyaning temir konlariga yaqin Milan, Akvileya va boshqa
hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa, Akvileya shahri metall
buyumlar va qurol-yarog`, shisha, zargarlik buyumlari, cherepitsa ishlab
chiqaradigan yirik hunarmandchilik markaziga aylandi.
Eramizning I-II asrlarida barcha provinsiyalarda savdo aloqalari keng
rivojlandi. Italiya savdogarlari Ispaniya, Suriya, Dakiya, Misr, Mavritaniya va
Britaniyaga kirib bordilar. Gall kema egalari, savdogarlari Italiya, Reyn
viloyatlari va ispan provinsiyalari bilan faol savdo qildilar. Palmira savdogarlari
Dakiya va Misrga kirib bordilar. Shaharlarda ko`plab savdo do`konlari va
omborxonalar qurila boshlandi.
Eramizning II asrida Rimda ulkan besh qavatli Trayan bozori qurildi. Savdo-
sotiqning
rivojlanishi
provinsiyaning
mahsulot
ishlab
chiqarishining
ixtisoslashuviga olib keldi. Ispaniya zaytun moyi va vino, Galliya vino, shisha
idishlari, jun mahsulotlari, Misr g`alla, papirus, granit, shisha buyumlari, Suriya
vino, zarbof gazlamalar va zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
edi.
Savdogar va hunarmandlar kollegiyalarga birlashdi. Savdo taraqqiyoti
sarroflik va sudxo`rlikning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Tashqi savdo rimliklar
uchu foydali edi. Rim imperiyasi Qora dengiz hududlari, Sharqiy Yevropa, Eron,
O`rta Osiyo va Hindiston bilan muntazam savdo aloqalarini o`rnatdi.
Rim 60-70 mln obyeklariga hukmronlik qilgan buyuk davlat bo‘lgan. Rim
imperiyasi o‘zining cho‘qqisiga yetgan davrda tog’li hududlarni ham bosib olgan,
bu hozirgi Shotlandiyadan zamonaviy Misr va Sudanning bir qismidagi Nil
daryosining quyi oqimigacha, shuningdek, Atlantika sohillaridagi Shimoliy
Afrikadan Yevroosiyoning ichki cho‘llari chegaralaridagi Ukraina va
Kavkazgacha yetib borgan
88
.
Eramizning II asrida Sharqdan 3 savdo yo`li O`rtayer dengizi qirg`oqlariga
borar edi:
1.
Petra-Transiordaniya-Damashq-O`rtayer dengizi; 2.
Frot–Palmira-Damashq-O`rtayer dengizi;
3.
Hindiston-Arabiston-Iskandariya.
Afrika provinsiyalaridan Rim savdogarlari Efiopiya, Mavritaniya va hatto,
Markaziy Afrikagacha kirib bordilar. Imperiya davrida yangi tanga “aureus” zarb
qilina boshlandi. O`ng tomonida hukmdor-imperator tasviri tushirilgan edi. Rim
tilla tangasi yuqori baholanar edi. Ko`p tarqalgan Rim tangalaridan biri kumush
denariy edi. Eramizning I asrida denariy sof kumushdan, eramizning II asrining
oxiridan esa, mis qo`shib, tarkibida 50% kumush bilan zarb qilina boshlandi. Mis
tanga asosan mahalliy muomilada foydalanilar edi. Mayda savdoda asosan mis
tanga sestersiy (4 ass) va dupandiy (2 ass) ishlatilar edi.
88
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.261.
244
Eramizning I-II asrlarida Rim jamiyati quldorlik jamiyati edi. Uning asosiy
qatlamlari qullar va quldorlar bo`lib, ulardan tashqari mayda ishlab
chiqaruvchilar, kichik chek yerlarning egalari yoki ijarachilar, kichik
hunarmandchilik ustaxonalari egalari, mayda savdogarlardan iborat edi.
Tabaqalar o`rtasida kuchli ijtimoiy ziddiyatlar mavjud edi. Jamiyatda asosiy
ishlab chiqaruvchi kuchlar qullar edi. Eramizning I-II asrlarigacha quldorlik
xo`jaliklarida qullarga bo`lgan ehtiyoj urushlar natijasida qondirilgan edi.
Eramizning II asrida istilochilik urushlarining nihoyasiga yetishi qullar oqimining
Rimga kelishini keskin kamaytirdi. Lekin quldorlik xo`jaliklarida qul mehnatiga
ehtiyoj juda kuchli edi. Bu hol qullar narxining keskin o`sishiga olib keldi.
Qul mehnatininng unumdorligidan manfaatdor quldorlar qullarning maishiy
turmush sharoitini o`zgartirishga majbur bo`ldilar. Qishloq pomestelari va
shaharlarda qul cho`rilar soni o`sib bordi. Qullarga oila qurishga ruxsat berildi va
ular rag`batlantirildi.
Qullikda tug`ilgan bolalar (ular vernlar deb atalgan) biror-bir hunarga
o`rgatilgan. Bunday qulning narxi qul bozorlarida yuqori edi. Qullarning oila
qurishini rag`batlantirgan quldorlar qul oilasi uchun chek yer, mehnat qurollari,
kulba, kichikroq do`kon va bir necha qoramol ajratar edilar. Quldor tomonidan
ajratilgan bunday mulk “pekuliy” deb atalgan. Eramizning I-II asrlarida pekuliy
keng tarqaldi. Quldor sovg`a qilgan yerini istalgan paytida tortib olishi mumkin
edi. Qullarning huquqiy holati ham o`zgardi. Imperator Adrian qullarni sababsiz
o`ldirishni ta`qiqladi. Eramizning II asrida yerni ijaraga berish va kolonat keng
tarqaldi.
Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo`lib, yer egasidan shartnoma muddati
tugagandan so`ng, ketishi mumkin edi. Shartnoma odatda 5 yil muddatga tuzilgan.
Kolon 5 yil davomida qarz va boshqa turli majburiyatlar ostida qolib, huquqiy
jihatdan o`z yeridan ketishi mumkin emas edi. U noiloj bu yerda uzoq muddat
ishlagan. Erkin, o`z yerini yo`qotgan dehqon, batrak va ozod qo`yilgan qul, yerga
ishlashga qaytgan shahar plebeyi kolonga aylanishi mumkin edi. Yerga
biriktirilgan qullar ham kolonga aylanar edilar. Kolonatning yana bir manbasi
chegara provinsiyalarda asir olingan, yerga joylashtirilgan varvarlar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |